Natalie Portman

Natalie Portman (Neta-Lee Hershlag; ivritcha: נטע-לי הרשלג; 1981-yil 9-iyunda tugʻilgan) AQSh va Isroil fuqaroligidagi aktrisa, film produser, ssenariynavis va rejissordir.

U bir karra Akademiya (Oscar) mukofoti va ikki karra Oltin globus mukofoti sohibasi hisoblanadi.

Natalie Portman
Natalie Portman
Portman 2019-yilgi San Diego Comic-Conda
Tavalludi
Neta-Lee Hershlag

9-iyun 1981-yil (1981-06-09) (42 yosh)
Quddus, Isroil
(hozirgi yashash joyi: Los Anjeles, Kaliforniya, AQSh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Isroil bayrogʻi Isroil
Kasbi
Faoliyat yillari 1994—hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Benjamin Millepied (turm. 2012)
Bolalari 2
Mukofotlari Toʻliq roʻyxat

Natalie Portman aktrisa oʻlaroq ilk faoliyatini Luc Besson tomonidan suratga olingan Léon: The Professional (1994) nomli filmida yosh Mathilda roli bilan boshlagan. Keyinchalik u Yulduzlar jangi prikvel trilogiyasiga mansub bir nechta filmlarda, jumladan, Yulduzlar jangi Epizod I: Sirli tahdid (1999), Yulduzlar jangi: Epizod II – Klonlar hujumi (2002) va Yulduzlar jangi: Epizod III – Sithlar qasosi (2005) filmlarida rol oʻynaydi. Keyin esa bir qator boshqa filmlarda, jumladan Evey Hammond rolini V for Vendetta (2006) filmida, Anne Boleyn rolini The Other Boleyn Girl (2008) filmida jonlantirgan. Portman 2011-yilda Ashton Kutcher bilan birgalikda romantik sahnalarga boy boʻlgan Hech qanday shartsiz nomli komedik filmida Emma Kurtzman rolini ijro etdi. Shundan soʻng esa Jane Foster rolini Marvel kinematografiya koinoti filmlari sirasiga mansub Thor (2011) va Thor: Zulmat dunyosi (2013), Jacqueline Kennedy rolini Jackie (2016) kabi filmlarda gavdalantirgandir.

Portmanning rejissorlik debyutiga Eve (2008) nomli qisqa hajmli film va A Tale of Love and Darkness (2015) nomli biografik dramasi kiradi. 2008-yilda u Cannes film festivalining eng yosh hakam aʼzosi lavozimiga tayinlangan. Portman, shuningdek, jonivorlar huquqlari himoyachisi hamdir. U 4-avgust 2012-yilda raqqos va koreograf Benjamin Millepied bilan turmush qurgan va hozirda ikki farzandi bor.

Hayoti

Ilk yillari

Natalie Portman 1981-yil 9-iyunda Quddusda shifokor va aktrisa oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi asli yahudiy boʻlishib, Natalie tugʻilishidan oldin Moldovadan Isroilga kelgan. Onasi uy bekasi boʻlgan. Hozirda uning agenti sifatida ishlaydi. Nataliening buva va buvisi Bernice (qizlik familiyasi Hurwitz) va Arthur Stevens. Portman 3 yoshga toʻlganda u va uning oilasi Vashingtonga koʻchib kelgan.

Taʼlim

Natalie Portman Vashingtondagi Charles E. Smith Jewish Day maktabiga tashrif buyuradi. Keyinchalik Long Islandaʼdagi Jewish Elementary Schoolʼda ivrit tilida gapirishni oʻrganadi. 1999-yilda Syosset High Schoolʼni bitirdi.

New Yorkdagi American Theater Dance Workshopʼda balet va zamonaviy raqsni oʻrganadi va Usdan Centerʼda ijodiy va sahna sanʼati saboqlari bilan tanishadi.

2003-yilda Harvard universitetining psixologiya fakultetini tamomlagan. U Harvarddagi talaba boʻlganida, universitetning talabalar gazetasi boʻlgan Harvard Crimsonʼga, Isroilning falastinliklarga nisbatan munosabati haqida maktub yuborgan.

Faoliyati

Ilk ishlari: 1992—2003

Natalie Portman ilk ishini 10-yoshda bolalar modeli sifatida boshlagan. U ilk aktrisalik debutini 1993-yilda Luc Besson'ning Léon: The Professional nomli filmida yosh Mathilda roli bilan boshlagan. U ushbu filmda mashhur aktyor Jean Reno bilan birgalikda rol oʻynagan. Uning ilk roli juda omadli keldi. Léon: The Professional filmi 1994-yilda chiqarildi.

Keyinchalik Natalie Portman 1990’larda Heat, Everyone Says I Love You, Mars Attacks!, Beautiful Girls va The Diary of Anne Frank filmlarida rol oʻynadi. U hattoki Yulduzlar jangi prikvel trilogiyasida bir nechta filmlarda rol oʻynagan. Jumladan, Yulduzlar jangi Epizod I: Sirli tahdid (1999), Yulduzlar jangi: Epizod II – Klonlar hujumi (2002) va Yulduzlar jangi: Epizod III – Sithlar qasosi (2005) filmlarda rol oʻynadi.

Natalie Portman 
Portman Free Zone filmida, 2005

Portman 2001-yilda ishlangan Zoolander nomli komediya filmida kameo rolda koʻrinish beradi. Bundan tashqari, 2003-yilda ishlangam Cold Mountain drama filmida ham rol oʻynaydi.

2004-2009

2004-yilda Portman Garden State va Closer filmlarida rol ijro etadi. Portmanʼga Closer filmidagi Alice roli uchun Akademiya Mukofotining Eng Yaxshi Aktrisa nominatsiyasi beriladi. Keyin u Star Wars prikveli boʻlgan Yulduzlar jangi: Epizod III – Sithlar qasosi filmida rol oʻynaydi. Ushbu film premyerasi 19-may 2005’da boʻlib oʻtdi va shu yilning eng yuqori daromadli domestic filmi boʻldi. Yana u 2005-yilda Free Zone, 2006-yilda Saturday Night Live filmlarida rol oʻynadi.

Natalie Portman 
2009-yil Toronto Xalqaro Film Festivalida

Keyin esa Natalie Portman Evey Hammond rolini V for Vendetta (2006) filmida, Anne Boleyn rolini The Other Boleyn Girl (2008) filmida oʻynadi. Shuningdek, The Other Boleyn Girl filmida Scarlett Johansson rol oʻynagan. Portman yana The Simpsons'ning 18-faslida Bart Simpsonʼning yaqin qiz doʻsti Darcyʼga ovoz bergan.

2010—bugun

Natalie Portman 
83chi Akademiya Mukofotida, 2011

Portman Darren Aronofsky'ning 2010-yilda ishlangan Black Swan nomli filmida yosh balerina rolini oʻynaydi.

Ushbu filmdan soʻng shu yili Portmanga romantika komediya janridagi Hech qanday shartsiz filmiga taklif tushadi. Ushbu filmda ikki asosiy qahramon boʻlib, ular Emma Kurtzman va Adam Franklin. Emma rolini Natalie Portman, Adam rolini esa Ashton Kutcher oʻynashga rozi boʻlishadi. Ushbu film muxlislar tomonidan yaxshi kutib olinadi. Undan keyin David Gordon Green'ning Your Highness filmida rol oʻynaydi. Shu yili Marvel kinematografiya koinoti filmlariga mansub Kenneth Branagh'ning Thor filmi premyerasi boʻlib oʻtadi. Portman ushbu filmda Jane Foster rolini oʻynagan. U MKKʼning yuqoridagi filmdan tashqari, uning davomi boʻlgan Thor: Zulmat dunyosi filmida va Avengers: Endgame filmida kameo rolda oʻynaydi.

Filmografiyasi

Manbalar

Qoʻshimcha

  • Dickerson, James L.. Natalie Portman: Queen of Hearts. ECW Press, 2002. ISBN 9781550224924. 
  • Dickerson, James L.. Natalie Portman's Stark Reality: A Biography. Sartoris Literary Group, 2012. ISBN 9780985513597. 

Havolalar

Tags:

Natalie Portman HayotiNatalie Portman FaoliyatiNatalie Portman FilmografiyasiNatalie Portman ManbalarNatalie Portman QoʻshimchaNatalie Portman HavolalarNatalie PortmanAQShAktrisaFilm produserIsroilIvrit tiliOltin globusOscarRejissorSsenariynavis

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

MakroiqtisodiyotAvtomobilSiydik ajratishBiologiyaNutqQohira xalqaro aeroportiSaudiya ArabistoniBuyraktosh kasalligiTinch okeaniZulfiyaYorugʻlikBuxoroIdrokBozor iqtisodiyotiga oʻtishFiqhMetrologiyaKonstantin UshinskiyDemokratiyaSpirtlarYoʻl belgilariOʻzbekistonda taʼlimStandartQoraqalpogʻistonTermodinamikaning birinchi qonuniKasb kasalliklariUrush davridagi jinsiy zoʻravonlikKasrGap boʻlaklariTojikistonAntiseptikaGandbolTermodinamikaSomoniylar davlatiAntonimlarTurkiston muxtoriyatiTanqidiy fikrlashZardushtiylikMehnatTahajjud namoziOrol dengiziFermentlarMantiqiy amallarQon yaratilishiGlukozaKislorodBachadonAbu Bakr SiddiqYalpi talabQitʼaYalpi milliy mahsulotIchki sekretsiyaForobiyOt (soʻz turkumi)BiosferaXalqaro terrorizmKoʻzMehnat gigiyenasiOʻzbek lotin alifbosiOʻqituvchiBotulizmMetodologiyaOvqatdan zaharlanishDunyoning ishlariMateriyaKasbIlmiy tadqiqotToshkentSanoq sistemasiLeykotsitlarIjtimoiy tarmoqOdamFeʼlEritmalarMadaniyatToʻlqinlarKorrupsiyaShaxmatCristiano RonaldoParonimlar🡆 More