Film Muzlik Davri

Muzlik davri (inglizcha: Ice Age) – 2002-yilda ekranlarga chiqarilgan AQSh kompyuterli animatsion filmi; Muzlik davri franshizasidagi birinchi film.

Blue Sky Studios studiyasi tomonidan ishlangan, 20th Century Fox kinokompaniyasi tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Chris Wedge rejissyorlik qilgan. Film bosh qahramonlariga Ray Romano, John Leguizamo, Denis Leary, Goran Višnjić va Jack Black ovoz bergan.

Muzlik davri
Ice Age
Film Muzlik Davri
Film posteri
Rejissyor(lar) Chris Wedge
Prodyuser(lar) Lori Forte
Ssenariynavis(lar) Michael Berg
Michael J. Wilson
Peter Ackerman
Rollarda
  • Ray Romano
  • John Leguizamo
  • Denis Leary
Bastakor(lar) David Newman
Muharrir(lar) John Carnochan
Studiya(lar) Blue Sky Studios
20th Century Fox Animation
Distribyutor 20th Century Fox
Chiqarilgan sanasi
  • 15-mart, 2002-yil(2002-03-15) (AQSh)
Davomiyligi 81 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $59 million
Daromadi $383,2 million
Keyingi film Muzlik davri: Jazirama issiq

Mazmuni

Film voqealari muzlik davrida sodir boʻladi. Havolar sovishni boshlagani ortidan butun hayvonlar janubga migratsiya qilishni boshlaydi. Sid ismli besoʻnaqay yalqov ikki karkidon hujumiga uchraganda, Manny ismli serjun mamont uni qutqarib qoladi. Ayni zamonda Soto ismli qilich tishli yoʻlbarslar toʻdasi yoʻlboshchisi birodarlarining oʻlimi uchun odamlar qabilasidan oʻch olishni istab, qabila yetakchisining oʻgʻli – Roshan ismli goʻdakni oʻgʻirlashni maqsad qiladi. Diego Roshan va uning onasini qoʻldan chiqarganda, Soto unga goʻdaksiz toʻdaga qaytmasligini aytadi. Sid va Manny daryo boʻyida Roshan va uning jarohatlangan onasini topib olishadi. Roshanning onasi oʻlimidan oldin ularga oʻgʻlini ishonib topshiradi. Diego Sid va Mannyga goʻdakni uyiga qaytarishda yordamlashishini aytadi, ammo uning asl rejasi Roshan va Mannyni Sotoning yoniga olib borish boʻladi. Shunday qilib, uchovlon sayohatga yoʻl olishadi. Manny va Sid bilan yaqin doʻst boʻlib qolgan Diego ularni Soto qoʻygan pistirma haqida ogohlantiradi. Uchovlon pistirmaga yoʻliqqanda, Sotoning toʻdasiga pand beradi, ammo Diego Mannyni qutqarayotib jarohat oladi. Manny va Sid Roshanni odamlar qabilasiga qaytaradi. Pirovardida Manny, Sid va Diego boshqa hayvonlar bilan janubga migratsiya qiladi.

Ovoz berganlar

  • Ray Romano – Manny (mamont)
  • John Leguizamo – Sid (yalqov)
  • Denis Leary – Diego (qilich tishli yoʻlbars)
  • Chris Wedge – Scrat (olmaxon)
  • Goran Višnjić – Soto
  • Diedrich Bader – Oscar
  • Alan Tudyk – Lenny
  • Stephen Root – Frank
  • Jane Krakowski – Rachel
  • Lorri Bagley – Jennifer
  • Kristen Johnston – Sylvia
  • Tara Strong – Roshan

Manbalar

Havolalar


Tags:

Film Muzlik Davri MazmuniFilm Muzlik Davri Ovoz berganlarFilm Muzlik Davri ManbalarFilm Muzlik Davri HavolalarFilm Muzlik Davri2002-yil filmlari20th Century FoxAQShAnimatsion filmBlue Sky StudiosIngliz tiliJack BlackKompyuterli animatsiya

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

GerontologiyaKlaster metodiLeksikografiyaZilzilaToʻqimaOʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligiJanubiy AmerikaIshlab chiqarish harajatlariOʻlchash asboblariKriptovalyutaYevropa davlatlari roʻyxatiMercedes-BenzLisaLeykotsitlarLexUzBirlashgan QirollikTemir yoʻl transportiIslom mazhabchiligiMatematikaOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiHuquqBosh SahifaSanʼatAxborot jamiyatiShaxsTibbiyot deontologiyasiProteinlarInduktivlikUrush davridagi jinsiy zoʻravonlikPedagogikaMaktabgacha taʼlimMantiqSinonimlarMetodologiyaIjtimoiy himoyaErtakDasturiy taʼminotGoogle TarjimonAxborot xavfsizligiAxborotGerontopsixologiyaOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiTermodinamikaQonNamangan viloyatiFutbolXaritaArab alifbosiSoʻmOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariSugʻurtaAntibiotiklarObrazDaryoParazitologiyaEva ElfieVirusli gepatitKoʻzLipidlarIboraSamarqandQozogʻistonSumalakYozJarrohlikLimfa sistemasiAseptikaMoʻgʻullar davlatiMirzo UlugʻbekOʻzbekistonda paxta ishiRivojlanishKuydirgiReklamaUygʻonish davriNafasGʻarb falsafasiIslomKompozitsiya🡆 More