Miles Teller

Miles Teller (1987-yil, 20-fevralda tugʻilgan) amerikalik aktyor.

U oʻzining badiiy filmdagi debyutini Rabbit Hole (2010 film) dramasida qilgan va kattalar uchun moʻljallangan The Spectacular Now (2013), „Divergent“ film trilogiyasidagi (2014-2016) Shailene Woodley bilan oʻynagan bosh roli uchun eʼtirofga sazovor boʻlgan. Uning „Whiplash“ (2014) dramasidagi bosh roli uning katta yutugʻi boʻlib xizmat qildi va uni maqtovga sazovor boʻldi. Keyinchalik u superqahramonlar boʻlgan film „Qoyilmaqom toʻrtlik“ (2015) and biografik film „War Dogs“ (2016) orqali yulduzlikka koʻtarildi.

Miles Teller
Miles Teller
Teller in 2022
Tavalludi 20-fevral 1987-yil (1987-02-20) (37 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 2004-yildan bugungi kungacha
Turmush oʻrtogʻi
Keleigh Sperry (turm. 2019)
}

Teller „Top Gun: Maverick“ (2022) mashhur jangovar filmida bosh rolni ijro etib, dunyo miqyosida muvaffaqiyat qozondi. Televizorda u Amazon Prime Video kriminal dramasi „Too Old to Die Young“ (2019) va Paramount+dagi „The Offer“ mini-serialida rol oʻynagan (2022).

Hayotining boshlangʻich davri

Teller Pennsylvaniada tugʻilgan. Otasi Michael, atom elektr stansiyasi muhandisi va onasi Merry, koʻchmas mulk boʻyicha agent. Uning ikkita opasi bor: Erin and Dana. Uning otasi tomonidan bobosi rus-yahudiylar naslidan edi va shuningdek, uning avlodlari ingliz-amerikan and irland-amerikanlarni ham oʻz ichiga oladi. 12 yoshida oilasi Citrus County, Florida ga koʻchishidan oldin Teller bolaligini Pennsylvania va Delawareda oʻtkazadi. U ulgʻashish mobaynida aktyorlik bilan shugʻullanib borgan, oʻrta maktabi drama klubining prezidenti boʻlgan va alto saksafon, baraban, pianino va gitara chala olgan.

Shuningdek, u beysbolni yaxshi oʻynagan va professional boʻlishni orzu qilgan. U Lecanto, Floridadagi Lecanto High Schoolni bitirgan .

Keyinchalik, u New York University Tisch School of the Arts maktabiga boradi; u yerda, Lee Strasberg Theatre and Film Instituteda u aktyorlik va Stonestreet Studios bilan sahna harakatlarni oʻrganadi. U 2009-yil drama boʻyicha bakalavrlik (BFA) ni yoqlaydi.

2007-yil Teller 80 mph (130 km/h) tezlikda ketayotgan va boshqaruvni yoʻqotgan bir mashinaning yoʻlovchilari orasida boʻlgan va u mashina sakkiz martta agʻradilgan. Uning yuzida bu halokatdan koʻplab chandiqlar qolgan.

Ijodi

Miles Teller 
Teller, San Diego Comic-Con, 2015-yil
Miles Teller 
Teller Divergent film premyerasida, 2014-yil mart

Teller 2004-2010-yillar mobaynida qisqa filmlarda paydo boʻladi. 2009-yilda Tisch School of the Artsni bitirganidan soʻng u oʻzining asosiy, debyut kinosini Nikol Kidman uni rol uchun tanlagan „Rabbit Hole“ (2010) filmida qildi. Teller oʻrta maktabda „Footloose“ musiqiy sahna koʻrinishida rol oʻynagan va keyinchalik, 2011-yilda qayta shu nomda yaratilgan „Footloose“ filmida ham paydo boʻladi. 2013-yilda u Shailene Woodley bilan birgalikda „21 & Over“ va „The Spectacular Now“ filmlarida roʻl ijro etadi. Soʻng Damien Chazellening ikkinchi filmi „Whiplash“da (2014) Teller oʻzining qoʻpol jaz oʻqituvchisini (J. K. Simmons) hayratda qoldirmoqchi boʻlgan barabanchi rolini oʻynaydi va bu uni "Gotham Independent Film Award for Best Actor", "Satellite Award for Best Actor – Motion Picture", "BAFTA Rising Star Award" yutuqlari nomzodlari orasiga kirishiga sababchi boʻladi.

Teller Divergent filmidagi (2014) va uning davomlari Insurgent (2015) hamda Allegiantdagi (2016) Peter Hayes roli orqali yanada taniladi. Shuningdek, „Qoyilmaqom toʻrtlik“ filmidagi „Mister Fantastic“(2015) va „War Dogs“ filmida qurol sotuvchisi Devid Pakuzni oʻynaydi (2016). U 5 oy davomida „Bleed for This“ biografik filmidagi bokschi Vinny Paz rolini shakllantirish uchun mashq qiladi (2016).

2017-yilda u inson biografiyasiga asoslangan „Only the Brave“ va „Thank You for Your Service“ filmlarida roʻl oʻynadi. 2020-yil noyabrda Tellerning „The Fence“ nomli siyosiy satirada rol oʻynashi eʼlon qilindi. 2021-yil sentyabrda Teller produser Albert S. Ruddy rolini oʻynashi kerak boʻlgan „Choʻqintirgan ota“ filmi yaratilishi haqidagi „The Offer“, „Paramount+“ mini-seriallaridagi suratga olish jarayonlari Covid tufayli vaqtinchalikka toʻxtagani aytiladi. Mini-seriallar 2022-yilning aprelidan iyunigacha davom etadi. 2021-yil noyabrda u Taylor Swiftning Blake Lively rejissorlik qilgan „I Bet You Think About Me“ musiqasi klipida paydo boʻladi.

2022-yil Top Gun: Maverick filmida rol oʻynadi. U dastlab Tom Kruz bilan bir qatorda yirik filmda suratga tushishi mumkin boʻlgan muvaffaqiyat va eʼtibordan qoʻrqqanligi sababli rolni qabul qilishda ikkilangan edi. Keyin uni bu taklifni qabul qilishiga va u rol uchun juda mos ekanligiga Kruzning oʻzi ishontiradi. 2022-yil mayda Miles Tellerning taʼkidlashicha, u oʻz personajiga bagʻishlangan keyingi filmni studiyaga taqdim etgan. Aktyor bu filmni "Top Gun:Rooster" deb atagan. Oʻsha yilning iyuliga kelib, u Tom Kruz bilan davomiy film boʻyicha munozaralar olib borayotganini aytdi. Mashhurlik va qoʻllab-quvvatlashga kelsak, Teller bu tajriba ajoyib boʻlganini aytadi va „men hayotimda hech qachon bunday narsani boshdan kechirmaganman“ deydi. Teller 2022-yilda Saturday Night Live koʻrsatuvining 48-mavsumining ochilishida oʻzining boshlovchilik debyutini qildi va 2023-yilda „Super Bowl LVII“ telekoʻrsatuvida Teller, uning rafiqasi va ularning iti Bud Light reklama roligida rol oʻynashadi va ular unda mijozlarga xizmat koʻrsatish vakilining ular bilan gaplashishini qoʻyilgan musiqa ostida raqsga tushib kutish bilan vaqt oʻtkazishadi .

Shaxsiy hayot

Miles Teller 
Teller in 2014

2013-yildan beri u model Keleigh Sperry bilan yaqin munosabatda boʻlgan. Ular 2017-yil 20-avgustda Janubiy Afrikadagi „Madikwe Game Reserve“ hududiga boʻlgan sayohatda birga boʻlishadi. 2019-yil 1-sentyabrda Maui, Hawaiida turmush qurishadi.

Kino sanoati

Film

Yili Nomi Roli Qaydlar
2010 Rabbit Hole Jason
2011 Footloose Willard Hewitt
2012 Project X Miles (College Jock)
2013 The Spectacular Now Sutter Keely
21 & Over Miller
2014 Whiplash Andrew Neiman
That Awkward Moment Daniel
Divergent Peter Hayes
Two Night Stand Alec
2015 The Divergent Series: Insurgent Peter Hayes
Fantastik toʻrtlik Reed Richards / Mister Fantastic
2016 The Divergent Series: Allegiant Peter Hayes
Get a Job Will Davis
War Dogs David Packouz
Bleed for This Vinny Pazienza
2017 Only the Brave Brendan „Donut“ McDonough
Thank You for Your Service Adam Schumann
2022 Top Gun: Maverick Bradley „Rooster“ Bradshaw
Spiderhead Jeff
2024 The Ark and the Aardvark Gilbert Yaratilish jarayonida
TBA The Gorge Levi Filmga olinmoqda

Televideniya

Yili Nomi Roli Qaydlar
2009 The Unusuals James Boorland Epizod: „Boorland Day“
2019 Too Old to Die Young Martin Jones Mini-seriyalar; 10 epizod
2022 The Offer Albert S. Ruddy Mini-seriyalar; 10 epizod
2022 Saturday Night Live Himself (host) Epizod: „Miles Teller/Kendrick Lamar“

Qisqa filmlar

Yili Nomi Roli Qaydlar
2004 Moonlighters Miles
2007 A Very Specific Recipe Lee
2008 The Musicians Miguel
2010 The Track Meet Andrew

Musiqa kliplari

Yili Nomi Roli Sanʼatkor Qaydlar
2021 I Bet You Think About Me Groom Taylor Swift Chris Stapleton rolida Blake Lively rejissorlik qilgan

Mukofotlar va nominatsiyalar

Yili Mukofot Kategoriya Mehnati Natija
2011 Chlotrudis mukofotlari Eng zoʻr yordamchi aktyor Rabbit Hole Nominatsiya
2013 Sundance Film Festivali Special Jury Prize, dramatik aktyorlik uchun (Shailene Woodley bilan birgalikda) The Spectacular Now Yutuq
Indiana Film Journalistlar Assotsatsiyasi Eng zoʻr aktryor Nominatsiya
MTV Movie mukofoti Eng zoʻr boʻsa (Shailene Woodley bilan birgalikda) Nominatsiya
Eng zoʻr muvaffaqiyatli ijro Nominatsiya
Napa Vodiysi Film Festivali Rising Star mukofoti (Dianna Agron bilan birgalikda) Tellerning oʻzi Yutuq
2014 Chlotrudis mukofotlari Eng zoʻr aktyor The Spectacular Now Nominatsiya
CinEuphoria mukofotlari Eng zoʻr yordamchi aktyor – Xalqaro musobaqa Rabbit Hole Nominatsiya
Georgia kino tanqidchilari uyushmasi Muvaffaqiyat mukofoti 21 & Over
The Spectacular Now
Nominatsiya
BAFTA Rising Star mukofoti Whiplash Nominatsiya
Gotham Independent Film mukofotlari Eng zoʻr aktyor Nominatsiya
MTV Movie mukofotlari Eng zoʻr erkak ijrosi Nominatsiya
#WTF lahzasi Nominatsiya
Eng zoʻr musiqa lahzasi Nominatsiya
Satellite mukofotlari Eng zoʻr aktyor Nominatsiya
Golden Schmoes mukofotlari Yilning eng muvaffaqiyatli ijrosi Nominatsiya
2015 CinemaCon mukofoti Ansambl mukofoti (Kate Mara, Michael B. Jordan, and Jamie Bell bilan birgalikda) Fantastic Four Yutuq
Teen Choice mukofotlari Teen Choice mukofoti, Choice Movie sahna oʻgʻriligi uchun The Divergent Series: Insurgent Nominatsiya
Chlotrudis mukofotlari Eng zoʻr aktyor Whiplash Nominatsiya
Gold Derby mukofotlari Muvaffaqiyatli ijrochi Nominatsiya
2016 Golden Raspberry mukofotlari Eng yomon ekran kombinatsiyasi (Kate Mara, Michael B. Jordan, and Jamie Bell bilan birgalikda) Fantastic Four Nominatsiya
Indiana Film Journalistlar assotsatsiyasi Eng zoʻr aktyor Bleed for This Nominatsiya
Teen Choice mukofotlari Teen Choice mukofoti, Choice Movie sahna oʻgʻriligi uchun The Divergent Series: Allegiant Nominatsiya
2022 Hollywood Tanqidchilar Assotsatsiyasi Midseason Film mukofoti Eng zoʻr yordamchi aktyor Top Gun: Maverick Nominatsiya
Peopleʼs Choice mukofotlari 2022-yilning Erkak kino yulduzi Nominatsiya

Manbalar

Tashqi havolalar

Tags:

Miles Teller Hayotining boshlangʻich davriMiles Teller IjodiMiles Teller Shaxsiy hayotMiles Teller Kino sanoatiMiles Teller Mukofotlar va nominatsiyalarMiles Teller ManbalarMiles Teller Tashqi havolalarMiles TellerDivergentQoyilmaqom toʻrtlikShailene Woodley

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

PsixikaInternetHello world pythonAntiseptikaCristiano RonaldoTalab va taklifTIMSSQon bosimiEfirlarMilliy tilEkstremizmSuv havzasiMetallarFarhod va ShirinElektr maydonInfeksion kasalliklarReklamaKompyuterMalayziyaMoliya tizimiIvan PavlovLionel MessiGʻaznaviylar davlatiRadioaktiv parchalanishKesimBritaniya imperiyasiYordamchi soʻzlarNeftPoʻlatAseptikaMissionerlikOkeanGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqLitosferaBirlashgan Arab AmirliklariDinBogʻlovchiIjtimoiy tarmoqKonstitutsiyaOltinAlisher NavoiySoliqYandexMehnatIqtisodiy oʻsishAtomMuqimiyOlmoshOʻpkaTransportDielektriklarYulduzSuyuqlikKreditDunyoning ishlariMehrobdan chayonPsixologiya tarixiUyushiq boʻlaklarPsixologiyaOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiKelishikOʻzbekistondagi muzeylarMatnYerStressIjro etuvchi hokimiyatMadaniyatShokGermaniyaFutbol tarixiNevrologiyaTabiatni muhofaza qilishKimyoviy elementlar davriy sistemasiQon aylanishiSuyak sinishiMDHHavoning ifloslanishiSugʻurta🡆 More