Lope De Vega

VEGA KARPO (Vega Carpio) Lope Feliks de (1562.25.11 — Madrid — 1635.27.8) — ispan dramaturgi.

Uygʻonish davrining yirik vakili. 2000 dan ortiq pyesa, 20 ta poema va lirik sheʼrlar muallifi. "Arkadiya" (1598) diniy, "Oʻz yurtida sargardon" (1604) ishqiy mojarolar mavzuidagi, "Doroteya" (1632) suhbat tarzidagi romanlari bor. "Bizning davrimizda yangi sanʼat komediyalar yaratadi" sheʼriy traktatida (1609) V. K. Uygʻonish davri dramalarining asosiy yoʻnalishlarini tasvirlaydi. V. K. pesalarining koʻpchiligi oʻz vatani va b. mamlakatlar tarixidan olingan ijtimoiy-siyosiy mavzularda. "Fuente Ovexuna" (1619), "Begunohlar qoni" (1623), "Sevilya yulduzi" (1623), "Jazo qasos emas" (1635) va b. pesalarida mustabid podsho hokimiyati tanqid qilinadi. "Graf Fernan Gonsales yoki Kastiliyaning ozod etilishi" (1625), "Kastiliya sudyalari" (1618), "Kordovalik dongdor Pedro Karbonero" (1603) va b.da tarixiy voqea-hodisalar xalq qahramonlik dramalariga aylangan. V.K.ning "It oʻzi ham yemas, otga ham bermas" (1618), "Xetaflik dehqon qizi" (1620), "Koʻza koʻtargan qiz" (1627), "Raqs oʻqituvchisi" (1593), "Oʻz sevgilisining quli" (1627—47) kabi komediyalari makkorlik, sevgi mashmashalari haqidagi komediyalardir. V. K. pesalari Uygʻonish davri ispan dramaturgiyasining mumtoz namunalaridir.

Manbalar


Tags:

MadridPoemaPyesaUygʻonish davri

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Saida MirziyoyevaPsixologiya tarixiFIFA Jahon Chempionati 2022TurkiyaQuyoshAseptikaIshlab chiqarishni tashkil etishJizzax viloyatiOrol dengiziPublitsistikaQitʼaAnatomiyaUmmon SultonligiJismoniy tarbiyaKanadaKartoshkaSomoniylar davlatiToʻldiruvchiTaqrizYengil atletikaGerontologiyaKonfessiyaChigirtkaOʻrta OsiyoAromatik uglevodorodInternetHikoyaAxborot texnologiyalariKreditMashinaAhmad YassaviyKoreya RespublikasiRevmatizmMurakkab efirlarKonfliktRejalashtirishQoʻshma soʻzlarOʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiNutqMisrSaudiya ArabistoniUygʻonish davriDinning funksiyalariVeb-sahifaXalqaro huquqLenta.ruBronxial astmaDavlatlar boshqaruv shakllari roʻyxatiHasharotlarIrsiy kasalliklarBemorni parvarish qilishKorrupsiyaShanxay hamkorlik tashkilotiHadisInfeksion kasalliklarYalpi ichki mahsulotOt (soʻz turkumi)QushlarSuyak sinishiMemuarNafasSuvni tozalashAllohning 99 nomiNavroʻzDaun sindromiOrganik kimyoQoʻqon xonligiIntonatsiyaBuyuk Ipak yoʻliBokuGʻuslFaoliyatTuron (teatr)Oʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariTemir yoʻl transportiAyiqlarSohibqiron (sheʼriy drama)Global muammolarStol tennisi🡆 More