Lilias Eveline Armstrong (1882-yil 29-sentyabr, Pendlebury, Lancashire, Angliya — 1937-yil 9-dekabr, Shimoliy Finchley, Middlesex, Birlashgan Qirollik) — angliyalik fonetik olima.
London universiteti kollejidagi faoliyati davomida kitobxon darajasiga erishgan. Armstrong ingliz tilidagi intonatsiyalar, shu bilan birga, somali va kikuyu tillarining fonetikasi hamda ohangiga oid bir qancha ishlari bilan mashhur. Ida C. Ward bilan hamkorlikda yozilgan ingliz tili intonatsiyasi haqidagi kitobi 50 yil davomida toʻxtovsiz tarzda nashr etilgan. U, shuningdek, somali va kikuyu tillarida ohangning batafsil tavsiflari ustida ishlagan dastlabki olimalardan biri hisoblanadi.
Lilias E. Armstrong | |
---|---|
Tavalludi | Lilias Eveline Armstrong 29-sentyabr 1882-yil Pendlebury, Lancashire, Angliya |
Vafoti | 9-dekabr 1937-yil (55 yoshda) Shimoliy Finchley, Middlesex, Angliya |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Kasbi | Fonetik tilshunos |
Turmush oʻrtogʻi | Simon Charles Boyanus (24.09.1926 — 9.12.1937) |
Armstrong Shimoliy Angliyada oʻsib ulgʻaygan. Lids universiteti bakalavriatini tamomlagan. U yerda fransuz va lotin tillari boʻyicha tahsil olgan. Bir muncha vaqt davomida London chekkasidagi boshlangʻich maktabda fransuz tilidan dars bergan. Biroq, keyinchalik, Daniel Jones boshchiligida London universiteti kolleji fonetika fakultetida ishlay boshlaydi. Koʻzga koʻringan eng mashhur asarlari 1926-yilda Ward bilan hamkorlikda yozilgan „A Handbook of English Intonation“ (Ingliz tili intonatsiyasi boʻyicha qoʻllanma), 1934-yilda nashr etilgan „The Phonetic Structure of Somali“ (Somalining fonetik tuzilishi) kitobi hamda vafot etganidan soʻng (1937-yil, 55 yoshida, insult sababli), 1940-yilda nashr etilgan „The Phonetic and Tonal Structure of Kikuyu“ (Kikuyu tilining fonetik va tonal tuzilishi) kitoblari boʻlgan.
Xalqaro fonetika assotsiatsiyasining Le Maître Phonétique jurnalining muharriri sifatida oʻn yildan koʻproq vaqt davomida faoliyat olib borgan. O‘z karyerasi davomida o‘quv davridan tashqari yozgi taʼtil davomida ham dars oʻtganligi uchun koʻplab maqtovlarga sazovor bo‘lgan. Jones oʻzining nekrologida Armstrong „dunyodagi eng yaxshi fonetiklardan biri“, deya qayd etgan.
Lilias Eveline Armstrong 1882-yilning 29-sentyabr sanasida Pendlebury (Lancashire) shahrida erkin metodistlar vaziri James William Armstrong hamda Mary Elizabeth Armstrong (qizlik familyasi: Hunter)lar oilasida tavallud topgan. Uning nutqida tarbiyasi tasirida yuzaga kelgan ingliz tili shimoliy shevasining baʼzi xususiyatlari oʻzini namoyon qilgan. Armstrong Lids universitetida fransuz va lotin tillarini oʻrgangan. U, shuningdek, qirollik akademiyasi olimalaridan biri boʻlgan. 1906-yilda oliygohning oʻqituvchilik boʻyicha bakalavriatini tamomlagan.
Universitetni tamomlagandan soʻng, bir necha yil davomida East Ham tumanidagi maktabda fransuz tilidan dars bergan. Faoliyati davomida bir qancha muvaffaqiyatlarga erishdi. U yerni 1918-yilda tark etgunga qadar ishlagan, hattoki direktor lavozimiga ham koʻtarilgan. Katta yordamchi boʻlib ishlagan paytlarida fransuz tili talaffuzini oʻrgatish boʻyicha mahoratini yaxshilash maqsadida universitet kollejining fonetika boʻlimida kechki payt fonetikani oʻrganishni boshlagan. Armstrong 1917-yilda fransuz tili fonetikasi boʻyicha, keyingi yil esa ingliz tili fonetikasi boʻyicha imtiyozli diplomni qoʻlga kiritdi.
Armstrong ilk marta 1917-yilda Daniel Jonesning missionerlar uchun moʻljallangan yozgi kursida fonetikadan dars bergan. Bundan oldin Jones uni London universitet kollejining fonetika boʻlimida toʻliq ish vaqti bilan biror lavozimga tayinlashni rejalashtirib yurgan edi. London graflik kengashi oktyabr oyida kafedra uchun byudjetni oshirishga qarshi qaror qabul qilganda, Jonesning rejalari vaqtincha toʻxtab qoldi. Biroq, 1917-yil noyabrda Armstrong vaqtinchalik (1918-yil fevral oyida rasman), yarim ish kuni vaqti hisobida maʼruzachi sifatida ishga qabul qilinish boʻyicha nomzod qilib koʻrsatildi.
— Includes audio sample of Armstrong from gramophone records accompanying Handbook of English Intonation.
— Includes a photograph of Jones and Armstrong at the 1919 UCL Summer Course in English Phonetics.
— Includes audio of Armstrong and Firth’s dialogue „At the Chemistʼs“ for English Spoken Here.
— Includes audio sample of Armstrong from gramophone records accompanying Handbook of English Intonation with the corresponding page in the book.
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Lilias Armstrong, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.