Koma (qadimgi yunoncha: kota — chuqur uyqu) — komatoz holat boʻlib, hayotga xavf tugʻdiruvchi holatdir.
Markaziy asab tizimi faoliyatining izdan chiqishi, butunlay hushdan ketish, tashki taʼsirlarga javob bermaslik va organizmning hayot uchun muhim funksiyalari boshqarilishining buzilishi bilan ifodalanadi. Odatda, Komadan oldin koma oldi holati kuzatiladi, bunda nafas olish va tomirlar tonusi oʻzgaradi, puls sekinlashadi, issiqlikni idora etish (termoregulyasiya) buziladi. Markaziy nerv sistemasi kasalliklari (insult, miya oʻsmasi, bosh miyaga qon quyilishi, miya koʻpchishi va boshqa jarohatlar), baʼzi yuqumli kasalliklar (infeksion meningit, ensefalit), shuningdek, buyrak va jigar kasalliklarida turli zaharlarnishlar (doridan, alkogoldan) Komaga sabab boʻladi. Komaning qanday yuzaga kelishidan qatʼi nazar, uning asosida bosh miya poʻstlogʻi faoliyatining buzilishi (bosh miyada qon hamda orqa miya suyuqligi aylanishining buzilishi, miya ichki bosimining koʻtarilishi, minerallar va kislota-ishqor muvozanatining aynishi va boshqa pa-tologik jarayonlar yotadi. Koma holati turli kasalliklarning oʻziga xos alomatlari bilan kechadi.
Koma | |
---|---|
Simptom | |
KXK-10 | R40.2 |
KXK-9 | 780.01 |
DiseasesDB | [1] |
Komaning quyidagi turlari mavjud:
Lekin „Koma“ termini aksari qandli diabet oqibatida kelib chiqadigan ogʻir holatni ifodalash uchun ishlatiladi (diabetik Koma). Ogʻir Koma terminal holat hisoblanadi. Davo Komaga sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat. Koma xolatidagi bemor darhol kasalxonaga yotqiziladi va zudlik bilan tegishli davo choralari koʻriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Koma, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.