Klaus Shvab

Klaus Martin Shvab (1938-yil 30-martda tugʻilgan) – nemis muhandisi, iqtisodchisi va Jahon Iqtisodiy Forumi (WEF) asoschisi.

1971-yilda tashkilotga asos solganidan beri WEF raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Yoshlik yillari va taʼlimi

Shvab Ravensburg shahrida Eugen Vilgelm Shvab va Erika Epprextlar oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi Uchinchi Reyx davrida otasi Escher Wyss AG sanoat kompaniyasida direktor lavozimini egallashi uchun Shveytsariyadan Germaniyaga koʻchib oʻtishgan. Shvabning oilasi gestapo tomonidan doimiy kuzatuvda boʻlgan. 1944-yilda uning onasi (Syurixdan boʻlgan) omma oldida shveytsarcha aksent bilan gapirgani uchun gestapo tomonidan soʻroq qilingan.

Shvab 1 va 2-sinflarda Shveytsariyaning Au ZH shahridagi Vadensvil tumanida joylashgan boshlangʻich maktabda oʻqigan.

1961-yilda u Tsyurixdagi Shveytsariya Federal Texnologiya Institutini muhandis-mexanik sifatida tamomladi va Der längerfristige Exportkredit als betriebswirtschaftliches Problem des Maschinenbaues (Uzoq muddatli eksport krediti mexanika sohasida biznes muammosi sifatida) muhandislik) muhandislik fanlari doktori ilmiy darajasini egalladi. U, shuningdek, Fribourg universitetida iqtisod fanlari doktori, va Garvard universiteti qoshidagi Jon F. Kennedi hukumat maktabida Davlat boshqaruvi boʻyicha magistr unvoniga sazovor boʻlgan. Garvardda oʻqish paytida Shvab sobiq Milliy xavfsizlik maslahatchisi va Davlat kotibi Genri Kissinjerga shogird tushdi.

Karyerasi

Shvab 1972-yildan 2003-yilgacha Jeneva universitetida biznes siyosati boʻyicha professor boʻlib ishlagan va shundan beri faxriy professor lavozimini egallab keladi. Shvab va uning rafiqasi Hilde 1998-yilda Shvab ijtimoiy tadbirkorlik fondiga asos soldilar.

Jahon Iqtisodiy Forumi

Klaus Shvab 
Shvab (oʻngdan birinchi) 1971-yilda Davosda Yevropa menejmenti forumini ochib berish jarayonidan.

1971-yilda Shvab Yevropa Menejment Forumiga asos soldi va 1987-yilda Jahon Iqtisodiy Forumi deb qayta nomlandi.

2003-yilda Shvab Xose Mariya Figueresni WEFning bosh direktori, oʻzining vorisi etib tayinladi. 2004-yil oktabr oyida Figueres Forumda ishlagan vaqtida Fransiyaning Alcatel telekommunikatsiya firmasidan 900 000 AQSH dollaridan koʻproq pul olgani uchun isteʼfoga chiqdi. 2006-yilda Transparency International oʻzining Global Korrupsiya hisobotida ham bu hodisani taʼkidlagan.

Shvab 2011-yilda WEF doirasida „mahalliy, mintaqaviy va global kun tartibini shakllantirish“ maqsadida yoshlar bilan ishlash uchun Global Shapers hamjamiyatiga asos solgan.

2015-yilda WEF Shveytsariya hukumati tomonidan „xalqaro organ“ sifatida rasman tan olingan.

Nashrlar

Maqolalar

Kitoblar

Manbalar

Tags:

Klaus Shvab Yoshlik yillari va taʼlimiKlaus Shvab KaryerasiKlaus Shvab NashrlarKlaus Shvab ManbalarKlaus ShvabJahon iqtisodiy forumiMuhandis

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

ImmunitetShifokorMicrosoft ExcelFarhod va ShirinGimnastikaSuv resurslariOt (hayvon)Real Madrid CFIslom mazhabchiligiXorazm Maʼmun akademiyasiOkeanLugʻatBuyuk Britaniyaning taʼlim tizimiForobiyQoraxoniylar davlatiAmerika Qoʻshma ShtatlariXavfsizlik texnikasiRavishOʻzgarmas tokKompetensiyaLeksikologiyaTuzlarBronxitRentaPulSurxondaryo viloyatiYorugʻlik interferensiyasiKonusInfeksion kasalliklarMerkantilizmElektron hukumatSaturnNevrologiyaAtomQunut duosiTeriKosmonavtikaNatriySohibqiron (sheʼriy drama)Arab xalifaligiPIRLSAseptikaJadidchilikGormonlarMaqolTillar tasnifiHomilaKoʻp nuqtaSteve JobsDaryoOʻzbekiston viloyatlariQarilikYalligʻlanishIqbol MirzoOʻtkir HoshimovNeftMiokard infarktiSunʼiy intellektSingapurElektromagnit toʻlqinlarDominoMarkaziy OsiyoKoreya RespublikasiOʻrta OsiyoFurqatYurak-qon tomir kasalliklariIchan qalʼaProtsessorVenera (sayyora)Shimoliy AmerikaPolisaxaridlarAdabiy tilSezgiOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiYaponiyaMototsiklKesimDaromad🡆 More