Kartoshka Fri

Kartoshka fri (kartoshka + fransuzcha: frite — qovurilgan) — frityurda qovurilgan kartoshka qalamchalari.

Alohida taom yoki ikkinchi taom uchun garnir sifatida qoʻllaniladi. Umumiy ovqatlanish joylarida mashhur tezpishar taomdir.

Kartoshka Fri
Umumiy ovqatlanish joylaridagi sanoat frityurnitsalarida kartoshka-fri tayyorlash

Tayyorlash texnologiyasi

Frityurda hayvon yoki oʻsimlik yogʻi (yoki ularning aralashmasi teng nisbatda) ishlatiladi. Kartoshka va yogʻning nisbati 1:4 ni tashkil qiladi. Pishirishning birinchi bosqichida kartoshka archiladi va 10x10 dan 12x12 mm gacha oʻlchamda qalamchasimon toʻgʻraladi. Sirtidan kraxmalni yoʻqotish uchun suvda yuviladi. Keyin kartoshkani bir yoki ikki bosqichda qovurish mumkin. Oshpazlar odatda ikki marta qovurish usuli eng yaxshi natija beradi, deb hisoblaydi. Yangi qazilgan kartoshkaning suvi juda koʻp boʻlishi mumkin, bu esa yangi kartoshka yaxshi qovurilmaydi, degani. Shuning uchun maʼlum muddat saqlangan kartoshka maʼqulroq koʻriladi.

145-150 °C haroratda 1,5-2 daqiqa davomida qovurib olinadi. Qalamchalar rangi oqdan sargʻish ranggacha boʻladi. Qovurilgan kartoshkadan ortiqcha yogʻ silqishi uchun toʻr yoki teshikli stol ustiga qoʻyiladi va metall yoki yogʻoch qutilarga joylanadi.

Ikkinchi bosqichda kartoshka bevosita isteʼmoldan oldin 4-5 daqiqa davomida 175-180 °C da qovuriladi yoki pechda 10-15 daqiqa davomida 175-180 °C da toblab pishirib tayyor holga keltiriladi. Saqlash va sotish muddati 2 sutkadan ortiq emas.

Bir martada tayyorlash: toʻgʻralgan kartoshka yuviladi va salfetkada quritiladi. Usti qizargunga qadar 8-10 daqiqa davomida qovuriladi. Elakka yoki suzgichga (ortiqcha yogʻni oqizib yuborish uchun) solinadi va tuz sepiladi.

Dunyoning turli mamlakatlarida

Ikki bosqichda qovurilgan kartoshka fri, asosan, sanoat sharoitida ishlab chiqariladi: birinchi qovurishdan keyin ular muzlatilgan holda saqlanadi va bevosita tayyorlash joylariga yetkazib beriladi. Dunyodagi eng yirik kartoshka fri ishlab chiqaruvchilari:

  1. Kartoshka Fri  Kanada
  2. Kartoshka Fri  AQSh Lamb Weston i eyo filiali i dochernie predpriyatiya v Kitae, Yevrope i t. d.
  3. Kartoshka Fri  AQSh J.R. Simplot Company (osnovatel — D. R. Simplot)
  4. Kartoshka Fri  Niderlandiya Aviko
  5. Kartoshka Fri  Niderlandiya Farm Frites International

Lotin Amerikasi

Lotin Amerikasi kartoshkaning kelib chiqish, joyi boʻlib, kartoshka fri haqida eng qadimgi manbalar Lotin Amerikasi bilan bogʻliq. Birinchi hujjatlashtirilgan ishlardan biri chililik kriollo Fransisko Nunes de Pineda y Baskunyanning Cautiverio feliz (1673) asarida eslangan boʻlib, u Mapuche ayollari 1629-yilgi Rojdestvoda kechki ovqat uchun „qovurilgan va dimlangan kartoshka“ tayyorlaganliklarini aytadi.

Hozirgi vaqtda kartoshka fri Lotin Amerikasi oshxonasida odatiy garnir yoki Perudagi salchipapa yo Chilidagi chorrillana kabi kattaroq taomlarning bir qismidir.

Yana qarang

  • Qovurilgan kartoshka
  • Kartoshka fri muzeyi

Manbalar

Adabiyotlar

  • „Картофель жареный“,Товарный словарь. Том 9. М.: Госторгиздат, 1961. 
  • „Картофель (картофель жареный)“,Краткая энциклопедия домашнего хозяйства. Том 1. М.: Большая советская энциклопедия, 1959 — 246—247 bet. 

Tags:

Kartoshka Fri Tayyorlash texnologiyasiKartoshka Fri Dunyoning turli mamlakatlaridaKartoshka Fri Yana qarangKartoshka Fri ManbalarKartoshka Fri AdabiyotlarKartoshka FriFransuz tiliKartoshka

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Radioaktiv parchalanishKanadaRezus-faktorDunyoqarashIqtisodiy oʻsishJinsiy hayotMantiq falsafasiGepatit B viruslariSkeletEtikaMarkaziy OsiyoBrutsellyozBogʻlovchiRossiyadagi ta'limPestitsidlarFermentlarUchburchakMenejmentBaliqlarSonlar roʻyxatiChala tugʻilgan bolaIslom KarimovGeometrik optikaIslomTurizmMotiv (psixologiyada)Buxoro amirligiDavlatlar pul birliklari roʻyxatiAbbosbek FayzullayevHolOvqatdan zaharlanishKoordinatsion birikmalarHavoBjangiBuyuk Britaniyaning taʼlim tizimiRus tiliTrombotsitlarGepatit AIjtimoiy psixologiyaLeksikologiyaAbdulhamid ChoʻlponKlinik qon tahliliXamsaIjtimoiy tarmoqXalq ijodiMehrobdan chayonMetodologiyaJanubiy Koreyada taʼlimAfrosiyobKubOptimizmAtmosferaKonsepsiyaKoʻkyoʻtalBosh miya nervlariAsr namoziAl-XorazmiyUygʻonish davriMadaniyatUnli tovushlarElon MuskOrfoepiyaSterilizatsiya (mikrobiologiya)Jinsiy aʼzolarPoʻlatJahongir OrtiqxoʻjayevOksidlanish-qaytarilish reaksiyalariSabzavotchilikOlmoshUNESCOIqtisodiyotOilaIjtimoiy ishAmir TemurSabzavot ekinlariMuhammad YusufMehnat tarbiyasiBuxoro xonligiQissa🡆 More