Jordan Larsson

Carl Henrik Jordan Larsson (talaffuzi: Karl Henrik Jordan Larsson; 1997-yil 20-iyunda Janubiy Kareyada tugʻilgan) — shved futbolchisi, „Schalke 04“ futbol klubi va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi.

Jordan Larsson
Jordan Larsson
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Carl Henrik Jordan Larsson
Tavallud sanasi 20-iyun 1997-yil (1997-06-20) (26 yosh)
Tavallud joyi Rotterdam,Niderlandiya
Boʻyi 1.75 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Schalke 04
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2006 Barcelona
2006—2012 Högaborgs BK
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2014 Högaborgs BK (12)
2014—2016 Helsingborgs IF (10)
2017—2018 NEC (4)
2018—2019 IFK Norrköping (12)
2019—2022 Spartak Moscow (22)
2022 → AIK (ijara) (3)
2022— Schalke 04 (0)
Milliy terma jamoa
2012—2014 Shvetsiya U17 15 (2)
2014—2016 Shvetsiya U19 15 (1)
2016—2018 Shvetsiya U21 14 (2)
2018— Shvetsiya (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(18-oktyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

Uning otasi Henrik oʻgʻlining ismini mashhur basketbolchi Maykl Jordan sharafiga Jordan deb nomlagan. U futbol oʻynashni otasi 2004-yildan 2006-yilgacha oʻynagan Ispaniyaning „Barcelona“ futbol klubi akademiyasida boshlagan. 2006-yilda otasi bilan birga „Barcelona“ futbol klubinini tark etib, vataniga koʻchib ketgan. 2014-yilning yanvarida „Manchester United“ futbol klubi Jordan Larssonga qiziqish bildirgan.

2019-yil 2-avgustda u Moskvaning „Spartak“ futbol klubi futbolchisiga aylangan. Transfer summasi 4 million yevro boʻlib, shartnoma 4 yilga imzolangan. Jordan Larsson „Spartak“ futbol klubi tarixida Kim Kalstryomdan keyin ikkinchi shved futbolchisiga aylangan.

2022-yil 5-avgustda erkin agent sifatida Germaniyaning „Schalke 04“ futbol klubiga oʻtgan va 2025-yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan. Yangi klubida Jordan Larsson 7-raqam ostida oʻynay boshlagan.

Xalqaro faoliyati

2012-yildan beri Jordan Larsson Shvetsiyaning oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarida toʻp suradi. 2016-yilda u Rio-de-Janeyro Olimpiadasi ishtirokchilarining dastlabki roʻyxatiga kiritilgan, biroq oʻz klubining qarshiliklari tufayli u turnirda ishtirok etmagan va uning oʻrnini Valmira Berisha egallagan.

2018-yilning 7-yanvarida u Shvetsiya terma jamoasi safida Estoniya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. 2020-yil 9-yanvar kuni Jordan Larsson Shvetsiya terma jamoasi safidagi ilk golini Moldova terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:0) kiritgan.

2021-yil 18-may kuni Jordan Larsson terma jamoadan Yevro-2020 turnirida ishtirok etish uchun taklif olgan.

Shaxsiy hayoti

Jordan Larssonning otasi Henrik Shvetsiya terma jamoasi safida 106 oʻyin oʻtkazgan va 37 gol urgan mashhur futbolchi boʻlib, tarixdagi eng yaxshi shvetsiyalik futbolchilardan biri hisoblanagan.

2021-yil 27-iyulda Jordan Larsson oʻgʻil farzandli boʻlgan.

Statistikasi

Jamoa Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
Högaborgs BK Jordan Larsson  Shvetsiya 2012—2014 43 12
Helsingborgs IF Jordan Larsson  Shvetsiya 2014—2016 71 18
NEC Nimega Jordan Larsson  Niderlandiya 2017 24 4
IFK Norrköping Jordan Larsson  Shvetsiya 2018—2019 51 19
F. C. Spartak de Moscú Jordan Larsson  Rossiya 2019—2022 83 27
AIK Fotboll Jordan Larsson  Shvetsiya 2022 11 3
F. C. Schalke 04 Jordan Larsson  Germaniya 2022 10 0

Manbalar

Tags:

Jordan Larsson Klublardagi faoliyatiJordan Larsson Xalqaro faoliyatiJordan Larsson Shaxsiy hayotiJordan Larsson StatistikasiJordan Larsson ManbalarJordan Larsson

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

AflotunElektrolizTushunchaOʻzbekiston Mustaqilligi kuniGloballashuvIrsiy kasalliklarOʻzbekiston Respublikasining KonstitutsiyasiMisrFalsafiy antropologiyaBolalar adabiyotiSuvni tozalashNarkozOlmaBahorUslubKoʻzLeykotsitlarMaʼlumotlar bazasiReabilitatsiyaLionel MessiTadbirkorlikIvan PavlovBezgakMatnZaxmGidroelektr stansiyaAbdulla AvloniyOmmaviy madaniyatMinorai KalonIshlab chiqarishNuklein kislotalarQon guruhlariRahmat FayziyEtikaGerontopsixologiyaBozorOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiIntegratsiyaXivaMicrosoft WordRossiyaJismoniy tarbiyaSimmetriyaIvan KrilovFacebookBoʻlinish alomatlariRassomlik sanʼatiQon aylanishiBozor iqtisodiyoti modellariSanitariyaProteinlarGektarTemir yoʻl transportiCristiano RonaldoTurar joyOrol dengiziQobiliyatModal soʻzlarTojikistonKimyoviy elementlar davriy sistemasiMehnat tarbiyasiMuhammad YusufMustaqillikIchki sekretsiya bezlariKushon podsholigiXromosomalarPaleolitIngliz tiliLipidlarFosforOscar WildeSaid OlimxonAxloqEmbriologiyaAmir TemurMetodologiyaAvestoKoʻmakchi🡆 More