Jennifer Jacobs

Jennifer Jacobs — amerikalik jurnalist, hozirda Bloomberg News axborot agentligining Oq uydagi katta muxbiri.

Jennifer Jacobs
Tavalludi
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Jurnalist
Faoliyat yillari 1993-yildan hozirgacha

Yoshlik davri va taʼlim

Jeykobs 1993 yilda Ayova shtati universitetida ingliz tili va adabiyoti boʻyicha bakalavr darajasini olgan. 

Karyera

Jeykobs oʻzining jurnalist sifatidagi faoliyatini 1993 yilda The Waterloo-Cedar Falls Courier gazetasida oddiy muxbir sifatida boshlagan, u yerda kundalik yangiliklar va shahar hukumati haqida xabarlar bilan shugʻullangan, 1999 yilda esa Sirakuzadagi The Post-Standard gazetasida muxbir sifatida ish boshlaydi.

Jeykobs 2004-yilda The Des Moines Register gazetasida siyosiy muxbir boʻladi va Ayova shtatining qonun chiqaruvchi organi va shtat hukumati faoliyatini yorita boshladi. 2011-yilda esa Ayova shtatidagi kokuslardan (Saylovlar arafasida boʻladigan ommaviy muhokama jarayoni) keyin bosh siyosat muhbiri etib tayinlandi.

Jeykobs 2016-yilgi prezidentlik saylovlaridan bir necha oy oldin Bloomberg axborot agentligining milliy siyosiy xabarlar bilan shugʻillanuvchi muxbiriga aylangan edi. U tez orada Oq uy boʻyicha muxbir etib tayinlandi va 2019 yil dekabr oyida Politico jurnali uni „matbuot xodimlari ichida Tramp va uning jamoasi bilan eng yaxshi munosabatga ega jurnalistlardan biri sifatida koʻrishini“ yozdi. Jeykobs PBS, CNN va MSNBC kanallarida ham paydo boʻldi.

Bloomberg Newsning egasi Maykl Blumberg prezidentlikka daʼvogarligini eʼlon qilgani va 2020 yilgi Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzodlar haqida hisobot bermasligini eʼlon qilganidan soʻng, Jennifer Jeykobs Trump-2020 prezidentlik kampaniyasining gʻazab nishoniga aylandi. 2020-yil fevral oyida Jeykobs Ayova shtatidagi Tramp saylovoldi tashviqoti matbuot anjumanidan olib ketildi.

2020-yil oktyabr oyida Jeykobs Oq uyning yuqori martabali amaldori va Donald Trampning ishonchli vakili boʻlmish Xop Xiksga koronavirus tashxisi qo‘yilgani haqidagi hikoyani eʼlon qildi. Koʻp oʻtmay, respublikachilar va Tramp maʼmuriyatining bir qancha yuqori martabali amaldorlari, shu jumladan Trampning oʻzi ham virus yuqtirganligi maʼlum boʻldi. Tramp maʼmuriyati ushbu maʼlumotlarning ommalashishiga yoʻl qoʻymaslik uchun harakat qilganligini taʼkidlab, Nyu-York jurnali Jeykobsning xabarlarisiz „dunyo hali ham Oq uydagi COVID-19 epidemiyasi haqida bexabar boʻlishi mumkinligini“ haqida yozilgan maqolani eʼlon qildi.

Manbalar:

Tashqi havolalar:

Tags:

Jennifer Jacobs Yoshlik davri va taʼlimJennifer Jacobs KaryeraJennifer Jacobs Manbalar:Jennifer Jacobs Tashqi havolalar:Jennifer Jacobs

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

ChekishOʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiBiologiyaArastuKonfessiyaAxloqMehrobdan chayonOʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiMisrDispers sistemalarAl-XorazmiySayyoraIjtimoiy himoyaDeformatsiyaQon bosimini o‘lchashIsroilNerv sistemasiAvtomobilYerGlukozaTurkiston muxtoriyatiGipertoniya kasalligiRahmat FayziyPaygʻambarQuyosh tizimiBrauzerXurshid DavronXorazmshohlar davlatiGrammatikaMantiqSut emizuvchilarInson va fuqaroning huquq va erkinliklariShartli reflekslarBurchOʻqituvchiQisqartma soʻzlarImom al-BuxoriyDinshunoslikIspaniyaPul-kredit siyosatiTabiat resurslariInsoniylikQoraqalpogʻistonDavlatMDHOqsaroy (Shahrisabz)XattotlikSuvda va quruqlikda yashovchilarJigarGolovin–Sivtsev jadvaliTishSuv resurslariOʻzbekiston bosh vaziriTurkiston general-gubernatorligiOʻsimliklarLinzaFargʻona viloyatiMotivatsiyaHujayraAromatik uglevodorodQarilikUglerodDiniy ekstremizmOʻzMEDasturiy taʼminotAlkogolizmMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliXalqaro tashkilotOlimpiada oʻyinlariStatistikaUfq (trilogiya)MasturbatsiyaKompyuter grafikasiZotiljamLoyihalashJahongir OtajonovSamarqand viloyati🡆 More