Isbot — mulohaza, hukm, nazariyaning chinligini aniqlash (asoslash).
I.ning obyektiv metod orqali manti-qiy ishonchga olib boradigan turi va inson his-tuygʻulari, mayllariga asoslanib ruhiy ishonchga olib keladigan turi mavjud. Birinchi turi 2 xil usul: a) bevosita hayotdan olingan faktlar orqali; b) toʻgʻriligi aniqlangan fik-rlar orqali amalga oshadi. Biror fikrning chinligi (haqiqatligi)ni toʻgʻriligi aniqlangan boshqa fikrlar orqali asoslab berish mantiqiy I., fak-tlarga asoslangan I. esa real I. deb yuritiladi. Mantiqiy I. tuzilish jihatdan tezis (isbotlanishi kerak boʻlgan fikr), asos (tezisni isboti uchun keltirilgan dalillar), I.dan iborat. I. va uning qoidalarini birinchi boʻlib Aristotel ishlab chiqqan. Forobiy I.ning ayrim usullarini koʻrsatib bergan va I.ni mantiq ilmining asosi deb aytgan. I. fan va amaliyetda doim qoʻllanadigan fikrlash usulidir. Zamonaviy mat. va mantiq ilmida aksimatik, chizikli, chiziqsiz, bevosita va bilvosita analogiya asosidagi I., ekzistensial, muloxdza I.i kabi usul va turlari mavjud.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Isbot, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.