Ibrohim Yusupov

Ibrohim Yusupov (1935.5.3, Urganch) — balet artisti, baletmeyster, rejissor Oʻzbekiston xalq artisti (1983).

Toshkent xoreografiya bilim yurtini (1955), Moskva teatr sanʼati institutini (1964) tugatgan. Navoiy nomidagi opera va balet teatri pedagog va repetitor, 1977 — 78 yillar Varshava katta teatrida mumtoz raqs oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Alberto (A.Adan, "Jizel"), Zigfrid (P.Chaykovskiy, "Oqqush koʻli"), Garmodiy (A.Xachaturyan, "Spartak"), Bunyod (M.Ashrafiy, "Semurgʻ"), Shahriyor (N.RimskiyKorsakov, "Shahrizoda") va boshqalar Yu. sahnada yaratgan eng yaxshi obrazlaridir. "Toʻmaris", "Spartak", "Muhabbat va qilich", "Ming bir kecha", "Semurgʻ", "Medeya", "Chipollino", "Korsar", "Temur Malik", "Uch palma" kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Uning "Toʻmaris", "Temur Malik" spektakllari asosida filmbaletlar, shuningdek, "Tojikfilm"da "Sharq afsonasi" filmbaleti ishlangan. Yu. ijodi raqslardagi aniq chizgilari, muayyan uslubga mutanosibligi, mumtoz raqslarga alohida eʼtibori, oʻzbek milliy raqs harakatlarini balet raqslariga ustalik bilan uygʻunlashtira olishi bilan ajralib turadi. Misr, Suriya, Hindiston, Yaponiya, Singapur, Seylon, Gonkong, Livan, Vengriya, Vyetnam kabi mamlakatlarda gastrolda boʻlgan.





Tags:

Oʻzbekiston xalq artisti

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Microsoft AccessFotoeffektSWOT tahliliLeksikaAtmosferaXivaIslomFosforGazlarBuxgalteriya balansiViruslarMeʼmorlikMashrab KimsanovArab xalifaligiBayerische Motoren Werke AGInson yuragiDiniy ekstremizmHuquqYalpi ichki mahsulotLeksikografiyaOʻlmas UmarbekovAhmad al-FargʻoniyXalqaro terrorizmNanotexnologiyaMatnTurkiston general-gubernatorligiVergulAbdulhamid ChoʻlponMovarounnahrKreditFaoliyatYaponiyada taʼlimGʻaznaviylar davlatiOʻsimliklarQon aylanishiBankMedia madaniyatiSergey YeseninDunyoning ishlariInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunIjtimoiy himoyaToʻldiruvchiKaloriyalilikUnli tovushlarTizimDoʻstlikKamoliddin BehzodAvestoAzotHayzMoliyaMustaqillikJamiyat falsafasiPsixologiya tarixiUglevodlarSoʻroq belgisiOrttirilgan immun tanqisligi sindromiKosmonavtikaSaylovQadimgi YunonistonShum bola (film)GoogleBurchZotiljamKasallikJinsiy hayotMehnatKorrupsiyaQishloq xoʻjaligiAndijon viloyatiYurakPiyelonefritJanubiy AmerikaTez tibbiy yordamGenlarning oʻzaro taʼsiriTemur tuzuklariMagnit induksiyaDezoksiribonuklein kislota🡆 More