Imessage

iMessage – Apple kompanyasi tomonidan 2011-yilda ishlab chiqilgan tezkor xabar almashish xizmat turi hisoblanadi.

iMessage faqat Apple platformalarida ishlaydi. Bular: macOS, iOS, iPadOS va watchOS.

2011-yilda iOS’da ishga tushirilgan iMessage 2012-yilda macOS’ga (oʻsha paytdagi OS X) ham qoʻllana boshladi. 2020-yilda Apple macOS Messages ilovasining butunlay qayta ishlangan variantini eʼlon qildi. Ilgari Mac’da mavjud boʻlmagan baʼzi xususiyatlar, jumladan, joylashuv yuborish va xabar yuborishdagi effektlar qoʻshiladi.

Tarixi

iMessage Scott Forstall tomonidan 2011-yil 6-iyunda WWDC 2011 asosiy nutqida eʼlon qilindi. iOS uchun Messages ilovasining iMessageni qoʻllab-quvvatlaydigan versiyasi 2011-yil 12-oktabrda iOS 5 da qoʻllanila boshlandi. 2012-yil 16-fevralda Apple iChat oʻrnini bosuvchi yangi Messages ilovasi OS X Mountain Lionning bir qismi boʻlishini eʼlon qildi.

2012-yil 23-oktabrda Apple kompanyasi bosh direktori Tim Cook Apple qurilmasi foydalanuvchilari iMessage yordamida 300 milliard xabar joʻnatganini va Apple soniyasiga oʻrtacha 28 000 ta xabarni yetkazib berishi haqidagi statistikani eʼlon qildi. 2016-yilning fevralida Eddy Cue iMessages soniyasiga 200 000 tagacha xabar yuborganini aytib oʻtdi.

2014-yilning may oyida Apple foydalanuvchisi boʻlmagan shaxs iMessage orqali yetkazilayotgan xabarlar Apple qurilmasi boʻlmagan aloqa vositalari manziliga yetib bormasligi bilan bogʻliq muammo yuzasidan Appleʼga qarshi daʼvo qoʻzgʻagan edi. 2014-yil noyabr oyida Apple iMessageni qayta koʻrib chiqdi hamda kerakli choralarni koʻrdi. Federal sud Apple foydasiga daʼvoni rad etdi.

2016-yilning 21-martida Johns Hopkins universiteti tadqiqotchilari guruhi iMessage orqali yuborilgan maʼlumot, fotosuratlar, videolarning shifrlangan matnlarga ega ekanligi hamda bu maʼlumotlar tarqatilishi mumkinligini koʻrsatgan hisobotni chop etdi.

2020-yil 22-iyun kuni boʻlib oʻtgan WWDC 2020 anjumanida Apple oʻzining 2020-yil oxirida chiqarilishi rejalashtirilgan macOS operatsion tizimining navbatdagi versiyasini taqdim etdi. Bunda Big Sur xabar effektlari, eslatmalar, stikerlar va joylashuvni yuborish kabi avval faqat iOS qurilmalarida mavjud boʻlgan iMessages ilovasining qayta ishlab chiqilgan versiyasi koʻrish mumkin.

Xususiyatlari

Imessage 
iPhoneʼda iOS 15 da ishlaydigan iMessages ilovasi bilan yaratilgan boʻsh xabar. Yuboruvchi xabar yuborayotganda „Yuborish“ tugmasi koʻk rangda paydo boʻlib, yuborilayotgan xabar SMS oʻrniga iMessage ekanligini bildiradi.

iMessage foydalanuvchilarga Internet orqali boshqa iOS yoki macOS foydalanuvchilariga matnlardan tashqari hujjatlar, fotosuratlar, videolar, audio xabarlarini yuborish imkonini beradi. Xabarlar ostidagi „SMS sifatida yuborish“ sozlamasi, agar joʻnatuvchida faol Internet aloqasi boʻlmasa, xabar SMS orqali yuborilishi ham. Agar qabul qiluvchida Internet aloqasi boʻlmasa, ulanish tiklanmaguncha xabar serverda saqlanadi.

Platformalar

iMessage faqat iOS, iPadOS, macOS va watchOS kabi Apple operatsion tizimlarida mavjud. Boshqa baʼzi xabar almashish ilovalaridan farqli oʻlaroq, u Android yoki Microsoft Windows uchun ishlamaydi. iMessagening maxsus veb-sahifasi mavjud emas. Bu iMessagega faqatgina Apple operatsion tizimidan foydalanadigan qurilmadagi ilova yordamida kirish kerakligini anglatadi.

Manbalar

Tags:

Imessage TarixiImessage XususiyatlariImessage PlatformalarImessage ManbalarImessageApple Inc.IOSIPadOSMac OS XTezkor xabar almashish

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

PayvandlashBasketbolGalaktikaHomilaTremorTeri kasalliklariOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiTilAbdulla AvloniyUrgʻuHayvonlarBoborahim MashrabBuxoroDemokratiyaSinfdan tashqari ishlarMineral oʻgʻitlarOilaDavlatlar pul birliklari roʻyxatiBuxoro viloyatiUygʻonish davriNafas olish tizimiMasturbatsiyaFIFA futzal Jahon chempionati 2024Oʻzbekiston Respublikasining KonstitutsiyasiMicrosoft ExcelAtom yadrosiQunut duosiTilshunoslikInvestitsiyaOq akatsiyaTafakkurBuyrakKreditOʻzbekiston bosh vaziriIjro etuvchi hokimiyatOʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiDaun sindromiOsiyoHanafiylikAQSHda taʼlimKorrupsiyaOʻzbek qiziIbroyim YusupovXarajatlarQon bosimini o‘lchashAhmad al-FargʻoniyIchan qalʼaFonetikaErkin AʼzamQuyoshKoʻzVirtual dunyoBuyuk ozodlik xartiyasiJinsiy aloqaOʻzbekiston xalq shoiriQogʻozKombinatorikaIrsiy kasalliklarLipidlar69 (jinsiy poza)Oziq-ovqatDasturiy taʼminotDeputatKahf surasiMarkaziy nerv sistemasiToʻplam (matematika)ToʻldiruvchiOdamEkologiyaFaoliyatGipofizUNESCOFutbolIlhaqQadriyatBachadonFermentlarSakrash🡆 More