Hadis To’plamlari

Hadis toʻplamlari - hadislar to‘plangan kitoblar majmuasi.

Hadis ilmiga oid asarlar mavzusiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi:
1. Aqoidga doir hadis to‘plamlari «Ilmi tavhid va sifat» yoki «Tavhid ilmi»; Mazkur yo‘nalish bo‘yicha Imom Abu Bakr ibn Xuzaymaning «Kitob at-tavhid», Imom Bayhaqiyning «Kitob al-asmo va-s-sifot» kabi asarlari mavjud.
2. Hukmga oid hadis to‘plamlari - «Sunan». Bunda hadislar «Tahorat» bobidan «vasiyatlar» bobigacha fiqh tartibi bo‘yicha jamlanadi. Bu tartib bo‘yicha yozilgan asarlar ko‘p bo‘lib, ularning mashhurlari Imom Dorimiy, Imom Termiziy, Imom Abu Dovud va Imom Nasoiyning asarlaridir.
3. «Riqoq» («Nafosat») haqidagi hadis to‘plamlari - «Suluk va zuxd ilmi». Imom Ahmad va Abdulloh ibn Muborakning«Kitob az-zuxd» asarlari shular jumlasidan.
4. «Odob-axloq»qa oid hadislar to‘plangan asarlar - «Odob ilmi». Ushbu mavzuda Imom Buxoriyning «Al-adab al-mufrad» asari mavjud.
5. Tafsirga aloqador hadis toʻplamlari - «Tafsir ilmi». Bu yo‘nalishga «Ibn Mardavayh tafsiri», «Daylamiy tafsiri», «Ibn Jarir Tabariy tafsiri» misol bo‘la oladi. Mazkur tafsirlar asosan rivoyatlarga (hadis, osor) asoslangani uchun shunday atalgan.
6. Tarix va siyrat haqidagi hadislar to‘plamlari. Ular o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi:
a) osmon, yer, hayvonot olami, jin, shaytonlar, farishtalar, o‘tgan payg‘ambarlar va avvalgi ummatlarning yaratilishi haqidagi tarixga aloqador hadislar - «Bad’ al-xalq» - «yaratilishning boshi»;
b) Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning tug‘ilishlaridan to vafotlariga qadar bo‘lgan davr, sahobiylari, ahli oilalari haqidagi turkum hadislar - «Siyrat». Bunga «Ibn Ishoq siyrati», «Ibn Hishom siyrati».
7. Payg‘ambar (s.a.v.)dan so‘ng vujudga kelgan va kelajak fitnalarga doir «Ilm al-fitan» yoki «Fitnalar ilmi». Na’im ibn Hammodning «Fitnalar kitobi» bu bo‘yicha mukammal asar hisoblanadi.
8. Manoqib (fazilatlar) va masolib (nuqsonlar), ya’ni shaxslar, qabilalar, shaharlar va shu kabilarning fazilati va nuqsoniga doir hadislar - «Manoqib ilmi» deb nomlanadi. Payg‘ambarimiz axdi-oilasi, sahobiylari, jannat bashorati berilgan o‘n sahobiy, Quraysh qabilasi, ansorlar, xulafoi roshidin manoqiblari bo‘yicha kitoblar ta’lif etilgan. Bu boblarning barcha (8 ta)sini qamrab olgan kitoblar «Jome’» deb ataladi.

Manbalar

Adabiyotlar

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1. 

Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

DiqqatRegiston maydoniJarohatMicrosoft WordBadiiy gimnastikaUchburchakMoliyaOrttirilgan immun tanqisligi sindromiKoʻzTurkiston general-gubernatorligiTugʻruqTovushTemuriylar shajarasiAbdulla QodiriyNavoiy viloyatiLugʻatMusiqaNatriyProteinlarQadimgi YunonistonSharq falsafasiMikrobiologiyaOmmaviy madaniyatMatematikaDialektikaKimyoKoʻkyoʻtalSWOT tahliliGnoseologiyaVirusli gepatitOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiTabiatIndividuallikFransiyaLenta.ruElektr tokiMatnAfgʻonistonPoʻlatOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiIntegratsiyaHayzXamsaAnafilaktik shokGoogleCatch Me If You CanOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiMiokard infarktiRuxshona MatkarimovaZaburYalligʻlanishToʻldiruvchiAbdulhamid ChoʻlponOʻzMESoʻz birikmasiFizioterapiyaOltinTojikistonBuyuk Britaniyaning taʼlim tizimiUrgut tuman 1-sonli kasb-hunar maktabiQalqonsimon bezBankGeometrik optikaSubstansiyaLexUzSistitKubik metrSkeletTrombotsitlarKommunikatsiyaOsiyoSterilizatsiya (mikrobiologiya)Yurak-tomir sistemasi kasalliklariOʻzbekistonTelegramQashqadaryo viloyatiShom namoziKompyuter grafikasi🡆 More