Fikus (Ficus) — tutdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi.
Doim yashil, baʼzan barg toʻkuvchi daraxtlar, butalar yoki lianalar. Tropik oʻrmonlarda baland usadi. Koʻpchilik F. hosil qilgan havo ildizlari xoʻjayin oʻsimlik tanasini oʻrab olib, uni nobud qilishi mumkin. F.lar sut shira ishlab chiqaradi. Gullari sikon tipidagi toʻpgulni hosil qiladi, dumaloq yoki noksimon shaklda, uchki qismida teshigi boʻlib, bir jinsli mayda gullar joylashgan. 1000 ga yaqin turi maʼlum, asosan, Janubiy Osiyoning nam tropik oʻrmonlarida tarqalgan. Pardaqanotli hasharotlar yordamida changlanadi. Ayrim turlari (anjir, sikemor) mevasi yeyiladi. Koʻpchilik F.larning yogʻochi ishlatiladi. Baʼzi turlari xushmanzara xona oʻsimliklari. Oʻzbekistonda 1 ta yovvoyi turi oʻsadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Fikus, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.