Ernst Happel

Ernst Franz Hermann Happel ( 1925-yil 29-noyabr - 1992-yil 14-noyabr) avstriyalik futbolchi va murabbiy .

Ernst Happel
Ernst Happel
Happel esdalik bannerida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ernst Franz Hermann Happel
Tavallud sanasi 29-noyabr 1925-yil
Tavallud joyi Vena, Avstriya
Vafot sanasi 14-noyabr 1992-yil(1992-11-14)
(66 yoshda)
Vafot joyi Innsbruck, Avstriya
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Himoyachi
Mukofotlari

1954-yil FIFA Jahon chempionati bronza medali

1978-yil FIFA Jahon chempionati kumush medali
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1938–1942 Rapid Wien
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1942–1954 Rapid Wien 177 (8)
1955–1956 RC Paris 42 (9)
1956–1959 Rapid Wien 63 (17)
Milliy terma jamoa
1947–1958 Avstriya 51 (5)
Boshqargan klublari
1962–1969 ADO Den Haag
1967 San Francisco Gales
1969–1973 Feijenoord
1973–1974 Sevilla
1974–1978 Club Brugge
1977–1978 Niderlandiya
1979 Harelbeke
1979–1981 Standard Liège
1981–1987 Hamburger SV
1987–1991 Swarovski Tirol
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
Ernst Happel
1958-yilda Avstriya jamoasi quyidagi oʻyinchilar bilan - chapdan oʻngga, tik turgan holda; Valter Xorak, Ernst Xappel, Karl Koller, Alfred Körner, Pol Halla, Valter Shleger ; choʻkkalab: Helmut Senekowitsch, Gerxard Hanappi, Rudolf Szanvald, Frans Svoboda va Iogann Buzek .

Happel barcha davrlarning eng buyuk murabbiylaridan biri sifatida qabul qilinadi . U Gollandiya, Belgiya, gʻarbiy Germaniya va Avstriya klublarini boshqarib ham ligada, ham ichki kubokda gʻolib chiqqan. Happel ikki marta, 1970-yilda “Feyenoord” va 1983-yilda “Gamburger SV” bilan Yevropa kubogini qo‘lga kiritadi, “Bryugge”ni 1978-yilda Yevropa kubogida ikkinchi o‘ringa olib chiqadi va Gollandiya bilan 1978-yilgi FIFA Jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu 1958-yilda Jorj Reynorning Shvetsiyada ikkinchi oʻrinni egallashi bilan birga jahon chempionatida mahalliy boʻlmagan murabbiy uchun eng yaxshi natijadir. U ikki klub bilan Yevropa kubogini yutgan besh murabbiylardan birinchisi bo‘ldi (Karlo Anchelotti, Ottmar Xitsfeld, Joze Mourino va Yupp Xaynkes). U, shuningdek, Anchelotti, Mourino, Jovanni Trapattoni, Tomislav Ivich va Erik Gerets singari kamida toʻrtta mamlakatda yuqori darajadagi ichki chempionatlarda gʻolib chiqqan olti nafar murabbiydan biridir.

Futbolchilik karyerasi

Klubdagi karyerasi

Happel oʻzining professional futbolchilik faoliyatini "Rapid Wien"da boshlagan, ushbu klubda u 17 yoshida debyut qilgan. Maks Merkel bilan mustahkam mudofaa hamkorligini yoʻlga qoʻyib, u "Rapid"da 1943-yildan 1954-yilgacha va 1956-yildan 1959-yilgacha umumiy 14 yil oʻynadi va olti marta Avstriya chempionligini qoʻlga kiritdi. U 1999-yilda Rapidning “Asr jamoasi” tarkibiga kiritiladi.

oʻrtadagi ikki yil davomida 1954-1956-yillarda Happel Fransiyaning Racing Club de Paris klubida oʻynagan.

Terma jamoadagi karyerasi

Happel Avstriya terma jamoasidagi ilk debyut oʻyinini 1947-yilning sentyabr oyida Vengriyaga qarshi oʻtkazadi. U1948-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Avstriya terma jamoasi safida oʻynagan. Happel 1954-yilda Shveytsariyada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Jahon chempionati ishtirokchisi boʻlib, u yerda jamoasiga uchinchi oʻrinni egallashga yordam beradi, shuningdek, 1958-yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etadi. Uning terma jamoa safidagi soʻngi oʻyini 1958-yil sentyabr oyida Yugoslaviyaga qarshi oʻyin boʻlgan. U terma jamoada 51 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan.

Murabbiylik karyerasi

Oʻyinchi sifatida faoliyatini tugatgandan soʻng, Happel barcha davrlarning eng buyuk murabbiylaridan biriga aylandi. U murabbiy sifatida toʻrtta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u Yevropa chempionlar kubogida (hozirgi UEFA Chempionlar ligasi) ikkita klubni oltin medalga olib chiqdi va Gollandiya bilan 1978-yilgi Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi. Uning birinchi klubi 1962-yilda ADO Den Xaag boʻlib, u bilan 1968-yilda Gollandiya kubogini qoʻlga kiritadi. Den Xaagdan soʻng u "Feyenoord" ni boshqargan, u bilan birga Yevropa kubogini (1970-yil finalda "Glazgo Seltik" ni magʻlub etgan) va 1970-yilda Qit'alararo kubokni, keyinchalik 1971-yilda Gollandiya chempionligini qoʻlga kiritgan.

1978-yilda Argentinada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Happel Gollandiya terma jamoasini boshqargan va Argentina terma jamoasiga qarshi finalga qadar yetib kelgan. Har doim kam gap odam boʻlgan Happelning oʻyin oldidan qilgan hayajonli nutqi bor-yoʻgʻi bitta jumladan iborat boʻlgani aytiladi: "Janoblar, ikki ochko". Biroq Gollandlar ikkinchi bor finalda qo‘shimcha bo‘limlarda 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lishadi.

Shaxsiy hayoti

Rapid Venaning barcha yosh futbolchilari 1938-yilda avtomatik ravishda Gitler Jugend a'zosi boʻlishadi. Ernstning aytishicha, u yigʻilishlaridan haydab chiqarilgunga qadar ularning qoʻshiqlariga qoʻshiq aytishdan bosh tortgan.

1943-yilda Happel harbiy xizmatga chaqirilib, Sharqiy frontga jo‘natiladi. U hech qachon urush harakatida qatnashmagan boʻlsa-da, 1945-yilda amerikaliklar tomonidan hibsga olinadi. U Myunxendagi vagondan sakrab qochib qutuldi va Venaga qaytish uchun bir necha oy kerak boʻladi. U “Rapid Vena” klubida yana o‘ynay boshlaganini bahona qilib, sovetlar ishg‘ol etgan hududda yashay boshlaydi.

Vafoti

Ernst Happel 
Venadagi Ernst-Happel-Stadionidagi lavha

Happel 1992-yilda 66 yoshida oʻpka saratonidan vafot etadi. Uning oʻlimidan soʻng, Avstriyadagi eng katta futbol stadioni, Venadagi Praterstadion, Ernst-Happel-Stadion deb oʻzgartirildi. Uning oʻlimidan toʻrt kun oʻtib, Avstriya Germaniyaga qarshi oʻynaydi va 0:0 hisobida durang natijasini qayd etadi. .

Yutuqlari

Oʻyinchi sifatida

Rapid Wien

  • Avstriya Futbol Bundesligasi : 1945–46, 1947–48, 1950–51, 1951–52, 1953–54, 1956–57
  • Avstriya kubogi : 1945–46
  • Zentropa kubogi : 1951-yil

Avstriya

Murabbiy sifatida

ADO Den Haag

  • Gollandiya kubogi : 1967–68

Feyenoord

Club Brugge

Standart Liej

  • Belgiya kubogi: 1980–81

Niderlandiya

Gamburger SV

Swarovski Tirol

  • Avstriya chempionati : 1988–89, 1989–90
  • Avstriya kubogi : 1988–89

Individual

  • Yilning Yevropa murabbiyi - Sepp Gerberger mukofoti : 1978, 1983
  • Yevropaning eng yaxshi mavsum murabbiyi : 1982–83
  • France Football barcha davrlarning 9-eng buyuk murabbiyi: 2019
  • Jahon futboli barcha davrlarning 9-eng buyuk menejeri: 2013-yil
  • ESPN barcha davrlarning 14-eng buyuk menejeri: 2013

Manbalar

Tags:

Ernst Happel Futbolchilik karyerasiErnst Happel Murabbiylik karyerasiErnst Happel Shaxsiy hayotiErnst Happel VafotiErnst Happel YutuqlariErnst Happel ManbalarErnst HappelFutbolFutbolchiMenejer (futbol)

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

SugʻurtaKuydirgiDoriBolalar va oʻsmirlar gigiyenasiVitaminlarNafasEpistemologiyaQon guruhlariQoraqalpogʻistonLimfa sistemasiMakkaTibbiyot deontologiyasiSayyoraSuyakIchki sekretsiya bezlariErkak jinsiy aʼzosiBaqara surasiMuskullarMinorai KalonAmper qonuniOʻtkan kunlarUmmon SultonligiYurak-oʻpka reanimatsiyasiBuyrak usti bezlariDinning funksiyalariXristianlikRavishTermodinamikaning birinchi qonuniPul-kredit siyosatiIshlab chiqarish harajatlariBrutsellyozDavlatTBC Bank (Oʻzbekiston)Turon (teatr)69 (jinsiy poza)MadaniyatYunon falsafasiZardushtiylikQoraxoniylar davlatiShizofreniyaOyMikroskopTib qonunlariEiffel minorasiGoogleDaun sindromiJamiyatLitosferaKistaHamza Hakimzoda NiyoziyOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiHuquqTuzlarIntegratsiyaQashqirlar makoniAntonimlarSaudiya ArabistoniHadisOng falsafasiSariq kasalligiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiYouTubeFargʻona viloyatiToshkent viloyatiRegiston maydoniDizenteriyaMercedes-BenzArastuOʻlmas UmarbekovKubik metrBiriktiruvchi toʻqimaSuvda suzishDiniy tashkilotChingizxonSpirtlarDezoksiribonuklein kislotaXiva xonligiRentabellik🡆 More