Dolmenlar (bretoncha tol — stol va men — tosh) — soʻnggi neolit va ilk jez davriga oid dafn inshootlari.
Marhumlarni "doimiy uy" bilan taʼminlash maqsadida har biri bir necha tonna ogʻirlikdagi katta tosh boʻlaklari va toshtaxtalar tik holda yerga oʻrnatilib, usti katta xajmdagi bir yoki bir necha massiv toshtaxtalar bilan yopilgan. D.ning ichiga alohida boʻlmalar yasab marhum oʻtirgan holda dafn etilgan. D.ning ichki devorlariga va shiplariga qabartirib naqshlar va boʻyoq bilan suratlar ishlangan. D.ning ichiga ulik koʻmish, dafn etilgan murdalarga "oziq-ovqat olib kirish" va qaytib chiqish uchun janub yoki sharq tomonlarida maxsus toshtaxtadan qilingan "eshik"lari boʻlgan. D.ning ichiga yuz yillar davomida oʻlik koʻmilgan. "Jon" va "ruh"larning kiribchiqib turishi uchun "eshik"lari teshib qoʻyilgan. D. Yevropa, Osiyo va Afrika qitalarida topilgan. D. Krim, Kavkazning Kora dengiz sohillarida, Oʻzbekistonda topildi. 1955 yilda Oʻzbekiston FA ning akad. Ya. F. Gʻulomov boshchiligidagi arxeologiya otryadi Jizzax sh. yaqinidagi Qulfsar degan qad. qabristonda D.ni topdi. Uning ikki tomoni ochiq, atrofi tosh terib oʻrab qoʻyilgan, tepasidagi toshtaxtada qurbonlik qilingan hayvon qoni izi bor. Qulfsar qabristonida topilgan D. jez davriga oid degan xulosaga kelindi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Dolmenlar, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.