Dallas — AQSH janubidagi shahar, Texas shtatida.
Triniti daryosi boʻyida. Aholisi 1188 ming kishi (2000). AQSHning paxtachilik va chorvachilik rayonlari chegarasida joylashgan. Transport yoʻllarining muhim tuguni. AQSH janubidagi yirik savdo-moliya va neftgaz sanoati markazi. Dallasda neft sanoati va paxta tozalash korxonalari uchun uskunalar ishlab chiqariladi. Neftni qayta ishlovchi, kimyo (sovun, sintetik kir yuvish vositalari i. ch.), oziq-ovqat, paxta tozalash, ip gazlama, tikuvchilik korxonalari bor. Samolyotsozlik, avtomobilsozlik, radioelektronika, aviaraketa sanoati, dvigatellar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, sovitkichlar i. ch. rivojlangan. D.— yirik paxta bozori. Universitet (1911), xalqaro aeroport, muzey va teatrlar bor. D.ga 1841 yilda asos solingan. 1856 yildan shahar. Dallasda 1963 yil 22 noyabrda AQSH prezidenti Jon F. Kennediga suiqasd uyushtirilgan.
Dallas | |
---|---|
Shahar | |
32°46′58″N 96°48′14″W / 32.78278°N 96.80389°W G O 96°48′14″W / 32.78278°N 96.80389°W G O | |
Mamlakat | AQSh |
Shtat | Texas |
Hukumat | |
• Mer | Eric Johnson (D) |
Maydon | 9,993 km2 (3,858 mi²) |
Dengiz sathidan balandligi | 131 m |
Aholisi (2010) | 1,197,816(9thU.S.) |
Zichligi | 1358,2 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC-5, yozda UTC-4 |
Telefon kodi | 214, 469, 972 |
FIPS kodi | 48-19000 |
|
1,197,816 (9thU.S.) nafar aholi istiqomat qiladi (2010 ). Aholi zichligi – har kvadrat kilometrga 1358,2 nafar kishi.
Maydoni — 999,3 km2. Shundan 881,9 km2 quruqlik, 117,4 km2 esa suv maydonidir. Dengiz sathidan oʻrtacha 131 m balandlikda joylashgan.
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Dallas, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.