Coldplay

Coldplay britan alternativ rok guruhi boʻlib, 1996-yili xonanda Chris Martin va gitarachi Jonny Buckland tomonidan London Universitet Kollejida tuzilgan.

Avvaliga nomi Pectoralz boʻlgan guruhga bas gitarachi Guy Berryman qoʻshilib, guruh nomi Starfish qilib oʻzgartirildi. Keyinchalik dovulchi va back-vokalchi Will Champion guruhga keldi. Baʼzan menejer Phil Harvey norasmiy beshinchi aʼzo sifatida koʻrsatiladi. Guruh 1998-yili Colplay deb atala boshlandi. Bundan keyin guruh uchta EP: Safety (1998), Brothers & Sisters (singl, 1999) va The Blue Room (1999) chiqardi. The Blue Room Coldplay Parlophone studiyasi bilan shartnoma imzolaganidan keyin chiqargan ilk albomdir.

Coldplay
Coldplay
Coldplay konsertda. Sentabr, 2005.
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi London
Mamlakat Angliya
Faoliyat yillari 1997 — bugun
Janr Alternativ rok
Leybl Parlophone, Capitol
Tarkib Chris Martin
Jonny Buckland
Guy Berryman
Will Champion
Vebsayt www.coldplay.com

2000-yili Coldplay "Yellow" nomli qoʻshiq va Parachutes albomini chiqarib, xalqaro shuhratga erishdi. Guruhning ikkinchi albomi A Rush of Blood to the Head (2002) tanqidchilar tomonidan maqtalib, bir necha mukofotlar, jumladan NME Yil Albomi sovriniga ega chiqdi. Keyingi albom, X&Y, 2005-yili jahonda eng koʻp sotilgan albom boʻldi. Toʻrtinchi, Viva la Vida or Death and All His Friends albomi (2008) Brian Eno produserligida chiqarildi va 51-chi Grammy Awards marosimida yutuqlarni qoʻlga kiritdi. 2011-yil 24-oktabrida Coldplay beshinchi, Mylo Xyloto nomli albom chiqardi, bu albom 34 mamlakat chartlarida birinchi pogʻonalarga koʻtarildi va 2011-yilning eng koʻp sotilgan rock albomlaridan boʻldi.

Guruh koʻplab mukofotlarga erishgan, bular qatoriga yettita Brit Award, beshta MTV Video Music Award va yettita Grammy Award kiradi. Coldplay jahon boʻylab 55 milliondan oshiq albom sotgan. 2009-yil dekabrida Rolling Stone jurnali oʻtkazgan soʻrovda Coldplay 2000-yillarning toʻrtinchi eng yaxshi guruhi, deb olqishlandi.

Coldplay musiqadan tashqari Make Trade Fair va Amnesty International kabi turli ijtimoiy va siyosiy kampaniyalarni dastaklab keladi. Guruh shuningdek Band Aid 20, Live 8, Sound Relief, Hope for Haiti Now: A Global Benefit for Earthquake Relief, The Secret Policeman's Ball va Teenage Cancer Trust kabi xayriya konsert va loyihalarida qatnashgan.

Tarkib

  • Chris Martin — bosh vokal, pianino/klavisha, gitara
  • Jon Buckland — gitara, garmonika, koʻmakdagi vokal
  • Guy Berryman — bass gitara, sintezator, garmonika, koʻmakdagi vokal
  • Will Champion — baraban/perkussia, pianino, koʻmakdagi vokal.

Diskografiya

  • Parachutes (10-iyul, 2000)
  • A Rush of Blood to the Head (26-avgust, 2002)
  • X&Y (6-iyun, 2005)
  • Mylo Xyloto (2011)
  • Ghost Stories (2014)
  • A Head Full of Dreams (2015)
  • Everyday Life (2019)

Turlar

  • Parachutes Turi (2000—2001)
  • A Rush of Blood to the Head Turi (2002—2003)
  • Twisted Logic Turi (2005—2006)

Adabiyot

Manbalar

Havolalar

Tags:

Coldplay TarkibColdplay DiskografiyaColdplay TurlarColdplay AdabiyotColdplay ManbalarColdplay HavolalarColdplayAlternativ rokBas gitaraBuyuk BritaniyaDovul (cholgʻu asbobi)GitaraMusiqiy albom

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Tabiat resurslariShavkat MirziyoyevMadaniyatXaritaOybekMetallarOqsaroy (Shahrisabz)AflotunKecha va kunduzSezgiMagnitFan-texnika taraqqiyotiTovarFunksiya (matematika)Bozor iqtisodiyotiga oʻtishDavlatUglevodlarKuntugʻmishMuzeyDramaGazlarAtmosferaAsosiy fondlarChoʻyanAnafilaktik shokFarhod va ShirinSaylov huquqiHomiladorlikIntegratsiyaLorents kuchiTovush (tilshunoslik)Oʻzbekiston tarixiRibonuklein kislotalarSherali JoʻrayevMinetStatistikaRadioaktiv parchalanishQutb yogʻdusiHinduiylikShaxsXotira va qadrlash maydoniVaqt oʻlchov birliklariDevonu lugʻotit turkBolalar adabiyotiReklamaKurashSaid AhmadIkkinchi jahon urushiAbdulla QahhorAfgʻonistonSport inshootlariIshlab chiqarish samaradorligiMassaErich Maria RemarqueFuqarolik jamiyatiDunyoning ishlariCristiano RonaldoRossiyadagi ta'limKlinik qon tahliliOʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiQonun (huquq)Muhammad Ali AhmedovDavlat poytaxtlari roʻyxatiOrol dengiziSuvGidrolizBoburnomaOrqa miyaMorfologiyaMehnat muhofazasiMaydoniga koʻra mamlakatlar roʻyxatiMoliya tizimiInfeksion kasalliklarMuhammad Sodiq Muhammad YusufXamsaAbulfayzxonMantiqChala tugʻilgan bola🡆 More