Chimboy — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanidagi shahar (1974-yildan), tuman markazi.
Amudaryo deltasida, Kegeyli kanalining har ikkala sohilida, Nukus temir yoʻl stansiyasidan 56 km uzoqlikda joylashgan. Aholi soni 39 571 kishini tashkil qiladi (2009).
Chimboy | |
---|---|
shahar | |
42°56′09″N 59°46′31″E / 42.93583°N 59.77528°E G O 59°46′31″E / 42.93583°N 59.77528°E G O | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Mintaqa | Qoraqalpogʻiston |
Hukumat | |
Asos solingan | 1926 |
Aholisi (2009) | 39 571 |
Konfessiyaviy tarkib | Musulmonlar, Xristianlar v.h |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 61 |
|
Chimboy XVII asrda baliqchilar va chorvadorlar qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1976—1977-yillarda shahar hududida qoraqalpoq arxeologlari tomonidan oʻtkazilgan qazishma ishlari natijasida bu yerdan VII—VIII asrlarga oid ashyolar topilgan. Tarixiy manbalarda Chimboy dastlab Shoxtemir deb yuritilgan. Shoxtemir deb atalishining sababi, Shoxtemir degan kishi boʻlib, shu yerlarning podshohi boʻlgan. 1643-yilda bu qalʼa Xiva xonligining Orol dengizi sohilidagi hududlarining markazi boʻlgan. 1740-yilda Xivaga kelishda poruchik Gladishev Shoxtemirdan oʻtgan. 1741-yili geodezist Muravin tuzgan xaritada ham Shoxtemir koʻrsatilgan.
1890-yilda Chimboyda rus tuzem maktabi va tibbiy punkt ochilgan. XX asrning 1-choragida bu yerda 80 ta savdo doʻkoni boʻlgan. Chimboylik savdogarlar Orenburgdan matolar va boshqa mollarni olib kelishgan. 1907—1908-yillarda beda urugʻi va boshqa turli mahsulotlar Rossiya, AQSH, Germaniyaga eksport qilingan. 1913-yilda Chimboyda paxta tozalash, beda urugʻini tazolash zavodlari qurilgan. 1916-yili 29-iyulda Chimboy aholisi rus podshohligi hukumatining mahalliy aholini mardikorlikka olishga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. 1919-yilda Chimboyda yangi maktablar ochilgan. 1920-yilda Amudaryo viloyati tuzilib, u ikki uyezdga (Shoʻraxon va Chimboy) boʻlingan. Oʻsha yili Chimboyda bolalar internati faoliyat koʻrsata boshlagan. Chimboyga 1927-yilda shaharcha maqomi berilgan. 1935-yili pedtexnikum va oʻqituvchilar tayyorlaydigan kurs ochildi. 1980-yili temir yoʻl oʻtkazildi.
Chimboyda paxta tozalash, yogʻmoy, keramika, asfalt, beton zavodlari, mahalliy sanoat korxonalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti, umumiy taʼlim maktablari, pedtexnikum, kasb-hunar kolledji, kutubxonalar, klub muassasalari, madaniyat uylari, oʻquvchilar madaniyat saroyi mavjud. Kasalxona, tugʻruqxona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi.
Chimboy shahri Nukus shahridan 56 km uzoqlikda joylashgan. 1959-yildagi hisob boʻyicha Chimboyda 16 ming, 1965-yilda esa 18 ming kishini tashkil etadi.
Chimboydan taniqli shoir-yozuvchilar, madaniyat xodimlari, xudojnik va olimlar yetishib chiqqan. Ulardan Qasim awezov, Dauletbay Shamshetdinov, Shamurat Musaev, Abbaz Dabilov, Oʻmirbek laqqi, Qazi Maulik, Ibraim Yusupov, Bayniyaz Qayipnazarov, Yuldash Mamutov, Gulxan Sherazieva, Abdireyim Sultanov, Roman Sultanov, Seydqasim Baraqov, Qudaybergen Turdiqulov, Suluvxan Mambetova, Qauender Berdimuratov kabilar.
Chimboy iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 17 | 24 | 35 | 37 | 41 | 43 | 45 | 46 | 41 | 34 | 27 | 20 | 46 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 1 | 4 | 11 | 22 | 28 | 34 | 35 | 34 | 27 | 19 | 10 | 3 | 19 |
Oʻrtacha harorat, °C | −4 | −2 | 5 | 14 | 21 | 26 | 28 | 26 | 19 | 11 | 4 | −2 | 12 |
Oʻrtacha minimal, °C | −8 | −7 | −1 | 7 | 14 | 18 | 20 | 18 | 11 | 4 | −1 | −6 | 6 |
Mutlaq minimal, °C | −34 | −30 | −23 | −9 | −1 | 5 | 8 | 7 | −4 | −13 | −26 | −30 | −34 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 12 | 12 | 20 | 18 | 21 | 7 | 4 | 3 | 3 | 7 | 15 | 12 | 134 |
Manba: Погода и климат |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Chimboy, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.