Celso Borges

 

Celso Borges
Celso Borges
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Celso Borges Mora
Tavallud sanasi 27-may 1988-yil (1988-05-27) (35 yosh)
Tavallud joyi San José, Kosta-Rika
Boʻyi 1.87 m
Ampluasi Yarim Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Alajuelense
Raqami 32
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Saprissa
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2009 Saprissa 86 (7)
2009—2012 Fredrikstad FK 76 (29)
2012—2015 AIK 79 (22)
2015 → Deportivo La Coruña (Ijara) 17 (3)
2015—2018 Deportivo La Coruña 107 (15)
2018—2020 Göztepe 53 (2)
2020—2021 Deportivo La Coruña 20 (2)
2021- Alajuelense 10 (1)
Milliy terma jamoa
2005 Kosta-Rika U17 4 (1)
2007 Kosta-Rika U20 3 (0)
2008- Kosta-Rika 153 (27)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(26-yanvar uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 14-iyun uchun)

Celso Borges Mora (talaffuzi: Selso Borxes) (1988-yil 27-mayda tugʻilgan) — Kosta-Rikalik professional futbolchi, Liga FPD klubi "Alajuelense" va Kosta-Rika terma jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi

Dastlabki yillar

Uning otasi Aleksandr Gimaras asli braziliyalik, Kosta- Rikada taʼlim olgan sobiq futbolchi va murabbiy. U Kosta-Rikaning poytaxti San-Jose shahrida tugʻilgan va oʻrta maktab yillarida Sistema Educativo Saint Clare oʻrta maktabida oʻqigan, u yerda maktab jamoasida ishtirok etgan va Kosta-Rika futboli afsonasi don Juan Varela tomonidan futbol haqida hamma narsani oʻrgatilgan. Uning oʻqishi koʻpincha uning futbol mashgʻulotlari va mamlakat tashqarisida oʻynashi tufayli toʻxtatilgan.

Jamoalardagi faoliyati

Saprissa

18 yoshida Borges 2006-yilning 15-yanvarida Saprissa safida professional debyut qilgan. U Saprissa bilan beshta martta milliy chempionatda gʻolib chiqqan.

Fredrikstad FK

2009-yilning 18-yanvarida Fredrikstad FK sport direktori Tor-Kristian Karlsen Borges ular bilan shartnoma imzolaganini tasdiqlagan va 1-iyulda Borgesning Saprissa bilan shartnomasi tugagach, kelib qoʻshilgan. Keyinchalik Fredrikstad " Deportivo Saprissa "ga 1 million kron (125 000 evro) toʻlashga rozi boʻlgan, shunda Borges zudlik bilan jamoaga qoʻshilib, Fredrikstadda mavsum boshlanganida, 14-aprelda sobiq liga chempioni Stabekka qarshi oʻynay olgan. 2011-yilning mart oyida Borges 2011-yilgi mavsum davomida yoki undan keyin Fredrikstadni tark etishini aytgan.

AIK

2012-yil 1-yanvarda Borges erkin agent sifatida Fredrikstad FKni tark etishi va Shvetsiyaning AIK Stokgolm futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolashi tasdiqlagan.

U oxirgi marta Martin Kayongo-Mutumba kiygan boʻsh 10-raqamli libosni olgan.

2012-yil 1-aprelda Borges AIK uchun birinchi oʻyinini Mjällby AIFga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U klub uchun oʻzining birinchi golini keyingi oʻyinda kiritgan. Kalmar FFga qarshi oʻyinda gʻalaba keltirgan golni urgan. Mavsumning birinchi yarmida u murabbiy Andreas Alm tomonidan hujumchi sifatida foydalanilgan. Ammo yozgi taʼtildan soʻng u hujumni tashlab, markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynay boshlagan va keyinchalik markaziy yarim himoyada jamoaning birinchi raqamli oʻyinchisi boʻlgan. U mavsumni jamoaning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlagan.

Deportivo La Coruña

2015-yilning 14-yanvarida Borges " Deportivo La Coruña "ga qoʻshilgan va ular bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan, u ikki yilga uzaytirish huquqiga ega boʻlgan. U „Deportivo“ safidagi ilk rasmiy oʻyinida ikkita gol urgan. 30-yanvar kuni " Rayo Vallecano "ga qarshi safarda 1:2 hisobida gʻalaba qozonib, La Ligadagi debyutini ham nishonlgan.

Xalqaro faoliyati

Celso Borges 
Borges braziliyalik Gabriel Jezusga qarshi

Borges ayni damda Kosta-Rika milliy futbol jamoasi safida 153 ta oʻyin oʻtkazib, 27 ta gol urgan holda rekordchi hisoblanadi. U oʻz mamlakatini FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi 50 dan ortiq oʻyinda va 2014 va 2018 FIFA Jahon chempionati finallarida himoya qilgan. U 2011 va 2013-yilgi Copa Centroamericana hamda 2009, 2011, 2013 2015, 2019 va 2021 KONKAKAF Oltin Kubogi va Copa Amerika musobaqalarida oʻynagan.

U Kosta-Rika terma jamoasi uchun debyutini 2008-yil iyun oyida FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida Grenadaga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va oʻsha yilning sentabr oyida Surinam darvozasiga birinchi xalqaro golini urgan.

Jamoaning 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi omadsiz ishtirokida koʻzga koʻringanidan soʻng, Borges jamoaga 2011-yilgi Amerika Kubogida ikkinchi oʻrinni egallashga yordam bergan, shuningdek, oʻsha yilning oxirida KONKAKAF Oltin kubogining chorak finalida ham qaatnashgan.

2014-yil iyun oyida Borges Kosta-Rika terma jamoasining 2014-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatiga chaqiruviga kiritilgan. 1/8 finalda Borges Gretsiya ustidan penaltilar seriyasida gol urgan beshta Kosta-Rika oʻyinchisidan birinchisi boʻlgan.

2018-yilning may oyida u Kosta-Rikaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan.


Faoliyat statistikasi

Klub

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami
Division Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Saprissa 2005—2006 Kota-Rika premier Divizioni 2 0 2 0
2006—2007 35 2 35 2
2007—2008 25 0 6 1 31 1
2008—2009 24 5 5 1 29 6
Jami 86 7 11 2 97 9
Fredrikstad FK 2009 Tippeligaen 22 7 2 1 1 1 25 9
2010 Adeccoligaen 29 14 2 1 31 15
2011 Tippeligaen 25 8 5 7 30 15
Jami 76 29 9 9 1 1 86 39
AIK 2012 Allsvenskan 29 8 12 1 41 9
2013 24 8 3 0 27 8
2014 26 6 3 0 29 6
Jami 79 22 3 0 15 1 97 23
Deportivo La Coruña 2014—2015 La Liga 17 3 17 3
2015—2016 24 3 24 3
2016—2017 34 6 4 0 38 6
2017—2018 32 3 32 3
Jami 107 15 4 0 111 15
Göztepe 2018—2019 Süper Lig 32 1 3 1 35 2
2019—2020 21 1 6 0 27 1
Jami 53 2 9 1 62 3
Deportivo La Coruña 2020—2021 Segunda División B 20 2 2 0 22 2
Deportivo jami 127 17 6 0 133 17
Karyerada jami 421 77 27 10 27 4 475 91

Xalqaro

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gollar
Kosta-Rika 2008 7 2
2009 15 5
2010 3 0
2011 10 1
2012 5 1
2013 20 5
2014 13 5
2015 14 0
2016 11 2
2017 10 0
2018 10 0
2019 12 2
2020 1 0
2021 15 3
2022 7 1
Jami 153 27

Yutuqlari

Deportivo Saprissa

  • Primera División de Kosta Rica : Apertura 2005, Clausura 2006, Apertura 2006, Clausura 2007, Apertura 2007, Clausura 2008, Apertura 2008

Kosta-Rika

Shahsiy yutuqlar

  • KONKAKAF Oltin kubogi barcha turnirlar jamoasi: 2009-yil
  • KONKAKAF Oltin kubogi eng yaxshi 11lik: 2021

Manbalar

Tags:

Celso Borges Dastlabki yillarCelso Borges Jamoalardagi faoliyatiCelso Borges Xalqaro faoliyatiCelso Borges Faoliyat statistikasiCelso Borges YutuqlariCelso Borges ManbalarCelso Borges

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

BachadonJomiyOʻlatMemuarTabiiy fanlarMahmudxoʻja BehbudiyEstetikaHijriy yil hisobiGigiyenaDinning funksiyalariGoʻdakSaid AhmadQazo namoziLaylatul-qadrAtmosferaReklamaMetodOntogenezTabiat resurslariSirt taranglikMuhammad YusufJinsiy aloqaKalsiyQissaSut emizuvchilarYuridik shaxsBuxoroKislorodMineral oʻgʻitlarVodorodDasturiy taʼminotVaqtFotorezistorMarsUrgut tuman 1-sonli kasb-hunar maktabiUfq (trilogiya)Oʻzbekiston daryolariQattiq jismOrol dengiziKushon podsholigiSanoq sistemasiTaqlid soʻzlarMoliyaOngQoʻshma soʻzlarImom al-BuxoriyTibbiyot deontologiyasiTransformatorMarketingAdobe Spark VideoAbdulla QahhorLitosferaMaktabOʻyinXalqaro huquqMetodologiyaAseptikaYusuf Xos HojibOzarbayjonBozor iqtisodiyotiga oʻtishDaosizmMagnetik rezonans tomografiyaEritrotsitlarBronxial astmaSaudiya ArabistoniXitoyAfgʻonistonAbdulhamid ChoʻlponKartoshkaTemuriylar imperiyasiZotiljamRaqobatInfeksion kasalliklarArab tiliYugurishShartnomaSinfdan tashqari ishlarKompyuter tarmogʻi🡆 More