Buxoro Zindoni

Buxoro zindoni — Buxoro amirining qamoqxonasi.

U XVIII asr oxirida, mangʻitlar sulolasi davrida qurilgan, Buxoro amirligining eng yirik zindonlaridan biri edi. Buxoro inqilobi, monarxiya qulashi va Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topgandan keyin yopilgan. Hozirda u shaharning diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda bu yerda Buxoro huquq va qonunchilik tarixi muzeyi joylashgan.

Buxoro zindoni
Buxoro Zindoni
Koordinatalari 39/46/44/N/64/24/50/E
Material Pishgan g‘isht
Ochilish sanasi XVIII asr
Yopilish sanasi 1920—yil
Xarita
Koordinatalari 39°46′45.149″N 64°24′50.202″E / 39.77920806°N 64.41394500°E / 39.77920806; 64.41394500 G O 64°24′50.202″E / 39.77920806°N 64.41394500°E / 39.77920806; 64.41394500 G O
Buxoro Zindoni
Buxoro zindoni 1890-yilda

Tarixi

Zindon XVIII-asr 2-yarmida, mangʻitlar sulolasi davrida qurilgan boʻlib, qadimiy shahristonning shimoliy-gʻarbiy burchagida, oʻrta asrlarga oid Xoʻja Nizomiddin bolo guzari hududida, Ark qalʼasidan yuz metr shimoli-sharqda joylashgan.

Meʼmorchiligi

Zindonning atrofi pishiq gʻisht terib qurilgan va yuqorisi ham baland gashtin devor bilan oʻralgan tepalik ustidagi imoratlar majmuasidan iborat. Zindonga kichik peshtoqli va 2 tabaqali qadimiy yogʻoch eshigi boʻlgan darvozaxonadan kiriladi. Zindon ikki qismga boʻlinadi: zindoni bolo — yuqori zindon va zindoni poyon — quyi zindon. Birinchi qism mahkumlar uchun xonalari boʻlgan bir nechta hovlilardan iborat. Zindonning bu qismidagi asirlarni har oyda ikki marta maydondagi zanjir bilan bogʻlangan holda sayrga olib chieilgan. Mahbuslar ob-havodan qatʼi nazar, yalangoyoq yurishgan. Ikkinchi qism diametri 5 metr va chuqurligi 6,5 metr boʻlgan chuqur oʻradan iborat boʻlib, jinoyatchilar uning tubiga arqonlar bilan tushirilgan, shuningdek, ularga oziq-ovqat ham xuddi shu tarzda uzatilgan. Oʻsha davrdagi koʻplab musulmon mamlakatlarida mahbuslarni yoki ogʻir jinoyatlarda ayblanganlarni chuqur oʻraga qamab qoʻyish qoʻllanilgan. Bitta maxsus katta kamera siyosiy mahbuslar va u yoki bu sabablarga koʻra zindonga tushib qolgan xonlikning yuqori martabali amaldorlari uchun moʻljallangan edi. Koʻpincha qoʻzgʻolonchilar, qotillar, qaroqchilar, oʻgʻrilar, qarzdorlar, zoʻrlovchilar (agar ularga oʻlim jazosi qoʻllanilmagan boʻlsa), oʻlimga hukm qilinganlar (koʻpincha boshni kesish qoʻllanilgan) va hukm chiqarilgandan keyin darhol sodir etilmagan boʻlsa, ijro etilishini kutayotganlar, shuningdek, hukmni kutayotgan gumondorlar zindonga tashlangan. Hovlisida turli davrlarga oid pastak gʻishtin binolar bor. Bular zindonbon xonasi, soliq toʻlamaganlar, qarzdorlar va siyosiy mahbuslar hamda oʻlimga mahkum etilganlar uchun qurilgan xonalardir.

Buxoro zindoni Buxoroning boshqa meʼmoriy, arxeologik, diniy va madaniy yodgorliklari qatori UNESCOning O‘zbekistondagi Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

2020-yilda zindonda Behbudiy haqidagi filmning ayrim epizodlari suratga olingan.

Manbalar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Tags:

Buxoro Zindoni TarixiBuxoro Zindoni MeʼmorchiligiBuxoro Zindoni ManbalarBuxoro Zindoni AdabiyotlarBuxoro ZindoniAmirBuxoro Xalq Sovet RespublikasiBuxoro amirligiBuxoro huquq va qonunchilik tarixi muzeyiBuxoro inqilobiQamoqxona

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

DialektikaErkin VohidovLazerFurqatBozorMagnitHayzMicrosoft PowerPointAfrikaDeformatsiyaMurat GöğebakanQizil kitobMushukPunktuatsiyaShanxay hamkorlik tashkilotiSWOT tahliliAbortChatqol biosfera qoʻriqxonasiOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiKoreya RespublikasiOsiyoOʻzbekistondagi muzeylarElektr pechUchburchakBozor iqtisodiyotiga oʻtishUygʻonish davriHadisSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiMendel qonunlariSurxondaryo viloyatiAmudaryoJismoniy mashqlarBuxoro amirligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiTurk xoqonligiAxborot tizimiYahudiylikAlisher NavoiyQoʻriqxonaMuskullarNuklein kislotalarDarsMustaqillikDaryoWolfgang Amadeus MozartBankTojikistonAxborotIbroyim YusupovYaponiyaQorKimyoOʻzgaruvchan tokOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiIshlab chiqarishni tashkil etishKompyuterSoʻz birikmasiKasbAlpomishProtsessorMoliyaBiotexnologiyaXulqInsonparvarlikAflotunMinetOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiGormonlarJarohatMehnatStressIkki eshik orasiTogʻlarTinch okeaniOʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasiAhmad YassaviyChingiz AytmatovEmailFransiyada ta'lim🡆 More