Britaniya Birmasi (inglizcha: British Burma) — XIX asr oʻrtalaridan 1948-yilgacha Janubi-Sharqiy Osiyodagi Britaniya mustamlakachiligining tuzilmasi.
Bu maqola ayni damda DONABDU2003 (munozara) 12:37, 15-Mart 2024 (UTC) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 12:47, 15-Mart 2024 (UTC) (44 kun avval) da tahrir qilingan. |
1937-yilgacha koloniya Britaniya Hindistonining bir qismi edi.
1948-yilda Britaniya Birmasi mustaqillikka erishdi.
XIX asrdan ingliz mustamlakachiligi Myanmani bosib olishga kirishdilar. 1824-yil 5-martda Angliyaning Sharqiy Himdiston kompaniyasi Myanmaga qarshi urush boshladi. Arakan, Tensarim viloyatlarini bosib oldi. Pekin inglizlar kattik, qarshilikka duch kelib, urushni davom ettirolmadilar. 1852-yil mamlakatda mon, shan va karen xalqlari gʻalayon koʻtardi. Shu vaqtda Sharqiy Hindiston kompaniyasi Myanmaning Pegu viloyatini egalladi. 1885-yil inglizlar mustaqil Ava davlatini yengib, butun Myanmani oʻz mustamlakasiga aylantirdi va uni Britaniya Hindistoni tarkibiga qoʻshib oldi. Mustamlakachilar barcha hosildor yerlarni tortib olib, milliy boyliklarni taladi. Bunga javoban milliy ozodlik harakati avj oldi. 1920-yil talabalarning Yangondagi birinchi gʻalayoni myanmalarning milliy ozodlik qarakati rivojlanishiga turtki boʻldi. 1930—1932-yillarda mustamlakachilar va mahalliy hukmdorlarga qarshi katta gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Milliy ozodlik harakati 30-yillarning 2-yarmida butun mamlakatga yoyildi.
Mustamlakachilar xalq gʻalayonlarini toʻxtatish maqsadida Myanmani Britaniya Hindistoni tarkibidan ajratdilar (1937). Lekin bu tadbir milliy ozodlik harakatining rivojlanishiga toʻsqinlik qilolmadi. 1942-yilda Myanmani Yaponiya bosib oldi. Myanma xalqi yapon bosqinchilariga qarshi kurashdi. 1944-yilda Myanma xalqining milliy qaxramoni Aun San Xalq ozodligi antifashist ligasini tuzdi. Aun San va Ne Vin boshchiligidagi Milliy armiya va xalq lashkarlari bosqinchilarga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtardilar. Yaponlar mamlakatdan quvib chiqarildi (1945). Angliyalik mustamlakachilar Myanma hukumati rahbarlariga qarshi suiqasd uyushtirib, Aun San va uning bir necha safdoshini oʻldirdilar (1947). Shunga qaramay, vatanparvarlar ichki va tashqi reaksiyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirdilar. Nihoyat, Angliya Myanma milliy mustaqilligini tan olishga majbur boʻldi va taʼsis majlisi oʻtkazishga rozilik berdi (1947-yil yanvar). 12-fevralda Myanmadagi turli xalqlar vakillari Panlone konferensiyasida mustaqil davlat — Birma Ittifoqini tuzish toʻgʻrisida kelishib oldilar (1989-yilgacha mamlakat shu nom bilan ataldi). 1947-yil 24-sentabrda boʻlib oʻtgan taʼsis majlisi Myanma konstitutsiyasini qabul qildi. 17-oktabrda imzolangan shartnomaga binoan, Myanma Britaniya imperiyasidan chiqsi. 1948-yil 4-yanvarda rasmiy ravishda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi.
Vakillik muddati | Quyi Birma bosh vakillari |
---|---|
1862-yil 31-yanvar — 1867-yil 16-fevral | Artur Perves Fer |
1867-yil 16-fevral — 1871-yil 18-aprel | Albert Fitch |
1871-yil 18-aprel — 14 апреля 1875-yil 14-aprel | Eshli Iden |
1875-yil 14-aprel — 1878-yil 30-mart | Ogastes Tompson |
1878-yil 30-mart — 1880-yil 2-iyul | Charlz Etchinson |
1880-yil 2-iyul — 2 марта 1883-yil 2-mart | Charlz Edvard Bernard |
1883-yil 2-mart — 1886-yil 26-fevral | Charlz Todd |
Vakillik muddati | Birma bosh vakillari |
---|---|
1886-yil 26-fevral — 1886-yil 25-sentyabr | Charlz Todd |
1886-yil 25-sentyabr — 12 марта 1887-yil 12-mart | Charlz Edvard Bernard |
1887-yil 12-mart — 10 декабря 1890-yil 10-dekabr | Charlz Todd |
1890-yil 10-dekabr — 3 апреля 1895-yil 3-aprel | Aleksandr Makkenzi |
1895-yil 3-aprel — 1897-yil 1-may | Frederik Villiam Frayer |
Vakillik muddati | Birma General-gubernatorlari |
---|---|
1897-yil 1-may — 1903-yil 4-aprel | Frederik Villiam Frayer |
1903-yil 4-aprel — 1905-yil 9-may | Hyu Barns |
1905-yil 9-may — 1910-yil 19-may | Gerbert Vayt |
1910-yil 19-may — 1915-yil 28-oktyabr | Харви Адамсон Harvi Adamson |
1913-yil 15-may — 1913-yil 1-noyabr | Jorj Shou |
1915-yil 28-oktyabr — 1917-yil 22-sentyabr | Spenser Harkot Batler |
1917-yil 22-sentyabr — 1918-yil 15-fevral | Uolter Rays (vazifasini bajaruvchi) |
1918-yil 15-fevral — 1922-yil 21-dekabr | Rejinald Kreddok |
1922-yil 21-dekabr — 1923-yil 2-yanvar | Spenser Batler |
Vakillik muddati | Birma gubernatorlari |
---|---|
1923-yil 2-yanvar — 1927-yil 20-dekabr | Spenser Harkot Batler |
1927-yil 20-dekabr — 1932-yil 20-dekabr | Charlz Innes |
1932-yil 20-dekabr — 8 мая 1936-yil 8-may | Hyu Stefenson |
1936-yil 8-may — 1941-yil 6-may | Archibald Kokreyn |
1941-yil 6-may — 1946-yil 31-avgust | Rejinald Dorman-Smit |
Vakillik muddati | Yaponiya ishg‘ol qo‘mondonligi |
---|---|
1942-yil 20-aprel — 1943-yil 18-mart | Iida Syodziro |
1943-yil 18-mart — 1944-yil 30-avgust | Kavabe Masakadzu |
1944-yil 30-avgust — 1945-yil 14-avgust | Xeytaro Kimura |
Ba Mo — (1942-yil 1-avgust — 1943-yil 1-avgust)
Ba Mo — (1943-yil 1-avgust — 1945-yil 3-may)
Luis Mauntbatten — (1944-yil 1-avgust — 1945-yil oktyabr). Gubert Rans — (1945-yil oktyabr — 1946-yil 31-avgust)
Gubert Rans — (1946-yil 31-avgust — 1948-yil 4-yanvar)
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Britaniya Birmasi, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.