Boylam

Boylam, boylamlar — suyaklarni bir-biriga biriktirib yoki ichki aʼzolar (jigar, taloq, bachadon)ni ushlab turadigan pishiq biriktiruvchi toʻqimadan iborat tuzilma.

B. boʻgʻimlarda yaxshi rivojlangan boʻlib, turli harakatlar qilishga imkon beradi. Ular bukiluvchan, choʻziluvchan, taranglanuvchan boʻladi. B. joylashgan oʻrni va bajaradigan vazifasiga koʻra tasmasimon, yumaloq, plastinkasimon va pardasimon boʻlishi mumkin. B.lar gʻaltaksimon boʻgʻimlarda pishiqroq boʻlib, suyaklarning faqat bukilish va yozilishiga imkon beradi, sharsimon boʻgʻimlarni esa boʻgʻim yuzasidan chiqmasligini taʼminlaydi. Bolalarda B. nihoyatda elastik; yosh ulgʻaygan sari B.ning bu xossasi kamayib boradi, baʼzan B.ga ohak yigʻilishi va hatto qotib qolishi mumkin. B.ning choʻzilishi yoki uzilishi kabi shikastlanishlar uchrab turadi, bunda zudlik bilan vrachga murojaat qilish zarur; vrach kelguncha shikastlangan B.ni qattiq qilib bintlash va qimirlatmaslik lozim.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Tags:

BachadonBoʻgʻimIchki aʼzolarJigarOhakSuyakTaloqToʻqimaVrach

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

ZulfiyaDiniy ekstremizmUrgut tuman 1-sonli kasb-hunar maktabiWilliam ShakespeareMeningitShialikOʻsimliklarAlisher NavoiyYevropaMagnetik rezonans tomografiyaMotivatsiyaGidrosferaToshkent viloyatiParhez bilan davolashSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiRahmat FayziyItaliyaMaktabgacha taʼlimTemuriylar shajarasiDavlat poytaxtlari roʻyxatiVaboShizofreniyaIjtimoiy falsafaHissiyotBosh miya nervlariTarixAl-XorazmiyQonun (huquq)Vitr namoziMicrosoft WordBaliqlarKimyoviy elementlar davriy sistemasiMalakaHikoyaAbbosbek FayzullayevAbu Rayhon BeruniyAhmad al-FargʻoniyAfgʻonistonJismoniy mashqlarGoʻdakRim raqamlariDavlat byudjetiHanafiylikUnli tovushlarZaharlanishJanubiy Koreyaning ommabop ismlari roʻyxatiOʻzbekiston milliy futbol terma jamoasiDiniy tashkilotOvqat hazm qilish tizimiSamarqandKompyuter virusiAxborot xavfsizligiSistitAlbert EinsteinAxborotMercedes-BenzBronxial astmaAlgoritmIslom tarixiErkin VohidovOgʻriq qoldiruvchi dorilarSayyoraQirgʻizistonMaʼlumotlar bazasiSoʻzning leksik maʼnosiDramaJizzax viloyatiMirzo UlugʻbekAmudaryoAmir TemurKonstitutsiyaSanoq sistemasiModdalar almashinuviAmper qonuniSogʻliqni saqlashOntologiyaAluminiyObraz🡆 More