Boʻz

BOʻZ, karbos — boʻsh pishitilgan paxta ipidan sodda toʻqilgan mato; qalin, pishiq va tana haroratini bir xilda saqlaydigan mahalliy ipgazlama. Qadimdan qoʻl dastgohdarida toʻqilgan. Yozma manbalarda boshqa matolar qatori B. ham koʻp tilga olingan: "qali atlas keysang unutma boʻzung" (A. Yugnakiy, 11-asr). B.ning "etaklik B.", "sedrak B.", "qali B." navlari farqlangan; musulmon Sharqida qizil B. "alkirbos" nomi bilan mashhur. 17-asrda Turkistondan Moskvaga joʻnatilgan matolar orasida "byaz" nomi bilan tilga olingan, qizil B. esa "kumach" deb atalgan. 19-asr boshida buxorolik toʻqimachilar Astraxon, Vyatka, Qozon gubernyalarida qurgan ustaxonalarda B. toʻqib sotilgan.

B. Turkistonda qoʻlda toʻqilgan matolar orasida haridorbop mato boʻlgani uchun mahalliy aholi orasida keng tarqalgan. Buxoroda B. sotiladigan maxsus rasta — "Bozori karbos" boʻlgan. B.ning oq, malla, rangin (nil boʻyoqqa boʻyalgan) xillari bor. Chitgarlar risolasida (19-asr) B.ning qora, sariq, yashil, kulrang, binafsha, oq va boshqa xillari ishlanishi qayd etilgan. Oq B.ning baʼzi xillari oharlangan va yaltiratib pardozlangan, baʼzilari paxmoqqa oʻxshash tukli boʻlgan (tukli yuza oʻta qalin arqoq iplarga maxsus ishlov berilishi natijasida hosil qilinadi). B.dan ichki koʻylaklar va boshqa xil kiyimlar, kashta tikilgan buyumlar, gul bosib bezatilgan dasturxon, choyshablar tayyorlangan (yana qarang Boʻzchilik).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

TojikistonPsixologiyaParonimlarFalsafaOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiJinsiy aloqaIjtimoiy psixologiyaTarovih namoziUchburchakPiyelonefritDefektologiyaBoburnomaOptimizmFransiyada ta'limRezus-faktorTemur tuzuklariBachadonErkin VohidovQashqirlar makoniXorazmSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiSomoniylar davlatiQobusnomaOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiYosh psixologiyasiBosh miyaAmudaryoMagnit maydonGeometrik optikaKoordinatsion birikmalarOʻpkaIrsiy kasalliklarGidrostatikaOʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligiMaydoniga koʻra mamlakatlar roʻyxatiVoleybolKamoliddin BehzodSabzavot ekinlariOʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiZardushtiylikMetrologiyaOyDezoksiribonuklein kislotaAfrosiyobOgahiyEski oʻzbek yozuviYulduzli tunlarQutadgʻu biligShizofreniyaBoʻlinish alomatlariMaktabgacha taʼlimTurk xoqonligiIjtimoiy ishXalqaro terrorizmMetodologiyaHiqildoqMotivatsiyaTIMSSDifferensial tenglamaToshkent teleminorasiKonfutsiylikUrbanizatsiyaNerv sistemasiKompetensiyaQon ketishiOmmaviy madaniyatAnal jinsiy aloqaPul-kredit siyosatiTinch okeaniOrttirilgan immun tanqisligi sindromiQirgʻizistonZulfiyaLenta.ruIslom tarixiBolalar va oʻsmirlar gigiyenasiOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiMalakaAdabiy tilYulduz🡆 More