Birlashgan Millatlar Tashkiloti Pasporti

BMT pasporti (inglizcha: UNLP yoki inglizcha: United Nations Laissez-Passer) — 1946-yil 13-fevraldagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Imtiyozlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaning VII moddasiga muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Nyu-York va Jenevadagi va Xalqaro mehnat tashkiloti vakolatxonalarida rasmiy sayohat hujjati.

UNLP BMT va XMT xodimlariga, shuningdek boshqa tashkilotlar: JSST, MAGATE, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti, Jahon sayyohlik tashkiloti xodimlariga beriladi. Pasport ingliz va fransuz tillarida yozilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti pasporti
inglizcha: United Nations laissez-passer
fransuzcha: Laissez-passer de l’ONU
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Pasporti
Mashinada oʻqiladigan yozuv bilan koʻk BMT pasportining muqovasi.
Turi pasport (lasse-passe)
Kim tomonidan berilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Pasporti BMT va XMT
Maqsad shaxsni tasdiqlash
Muvofiqligi BMT va boshqa baʼzi xalqaro tashkilotlar rasmiylari
Birlashgan Millatlar Tashkiloti diplomatik pasporti
inglizcha: United Nations diplomatic laissez-passer
fransuzcha: Laissez-passer de l’ONU diplomatique
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Pasporti
Mashinada oʻqiladigan yozuv bilan qizil BMT pasportining muqovasi.
Turi diplomatik pasport (lasse-passe)
Kim tomonidan berilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Pasporti BMT
Maqsad shaxsni tasdiqlash
Muvofiqligi BMTning diplomatik xodimlari va boshqa baʼzi xalqaro tashkilotlar direktorlari (D-2 va undan yuqori darajali)

UNLP shaxsiy guvohnoma sifatida (milliy pasport kabi) ishlatilishi mumkin, lekin faqat Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy missiyalarida. Ayrim davlatning pasporti kabi, baʼzi mamlakatlarda BMT pasportiga ega boʻlinsa, viza olinishi shart emas, ammo baʼzi davlatlar (masalan, Turkmaniston, Keniya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Germaniya, Lyuksemburg, Livan va boshqalar)da u tezkor soʻrov boʻyicha ega boʻlish mumkin.

Xalqaro tashkilotlarning aksariyat xodimlari huquqiy maqomi boʻyicha xizmat pasportiga oʻxshash koʻk rangli UNLP (D-1 darajasiga qadar) ga ega. Yuqori mansabdor shaxslar qizil UNLP (D-2 va undan yuqori daraja)ga ega va ularning maqomiga qarab, ular maʼlum imtiyozlarga ega boʻlishi mumkin, shuning uchun qizil UNLP (huquqiy maqomda) diplomatik pasportga oʻxshaydi.

Tarkibi

Asosiy sahifada egasi haqidagi grafik maʼlumotlar va mashinada oʻqiladigan yozuv mavjud. Pasportda quyidagilar mavjud:

  • Surat
  • Hujjat turi
  • Hujjat raqami
  • Familiya
  • Ism
  • Kasb-hunar
  • Tugʻilgan sana
  • Jinsi
  • Berilgan sana
  • Muddati
  • Kim tomondan berigan (bergan shahar kodi, masalan, Jeneva uchun GVA)
  • Imzo (qarama-qarshi sahifa)

e-UNLP

2012 yildan boshlab, ICAO tomonidan oʻrnatilgan xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan elektron UNLPlar chiqarildi. Ular egasi haqidagi biometrik maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Barcha elektron UNLPlar besh yil muddatga va xodim shartnomasining amal qilish muddatidan qatʼi nazar, beriladi. E-UNLPning amal qilish muddati viza haqida qoʻshimcha maʼlumotni oʻz ichiga olmaydi va uzaytirilishi mumkin emas.

Manbalar

Tags:

Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikBirlashgan millatlar tashkilotiIngliz tiliJahon bankiJahon savdo tashkilotiJahon sogʻliqni saqlash tashkilotiJenevaNew York (shahar)Xalqaro mehnat tashkilotiXalqaro valyuta jamgʻarmasi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

QoraqalpogʻistonNutqOʻtkan kunlarMatematikaMateriyaShomahmudovlar oilasiIbroyim YusupovIntegratsiyaQadimgi YunonistonIqtisodiy oʻsishMushukOshqozon-ichak kasalligiRahmat FayziyKoʻchirma gapSaylov tizimiGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqChoʻyanYuklamaTushunchaToʻlepbergen QayipbergenovSuvchechakIndoneziyaQizil suvoʻtlarShavkat MirziyoyevAzotInformatikaBakteriyalarTeatrAtrof-muhitni muhofaza qilishOʻzbekiston yoʻl belgilariXurshid DavronOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariAllergiyaGenlarning oʻzaro taʼsiriKonsumentlarQalqonsimon bezOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiTrombotsitlarOyKoreya RespublikasiEmailKoʻk-yashil suvoʻtlarFizioterapiyaGazlarEnergiyaGipofizNigeriyaVoyaga yetmaganlar javobgarligiOt (soʻz turkumi)InstagramImmunitetBasketbolBuyuk Ipak yoʻliAlisher NavoiyMasturbatsiyaOdamYaxlitlashKompetensiyaMagnit induksiyaIjtimoiy ishYosin surasiGloballashuvUNESCOVirusli gepatitSanoatEksperimental psixologiyaTafakkurIrsiy kasalliklarLinzaXorazmshohlar davlatiDorivor oʻsimliklarShum bolaNitrat kislotasiMehnatni tashkil etishFotonFaoliyatGerontopsixologiyaIjro etuvchi hokimiyat🡆 More