Artem Pivovarov

Artem Volodimirovich Pivovarov (ukraincha: Артем Володимирович Пивоваров; 1991-yil 28-iyunda tugʻilgan) – ukrainalik zamonaviy yoʻnalishda ijod qiluvchi qoʻshiqchi va bastakor.

U 2021-yilning eng yaxshi qoʻshiq muallifi va 2022-yilning esa eng yaxshi qoʻshiq ijrochisi yoʻnalishda YUNA mukofotini qoʻlga kiritgan.

Artem Pivovarov
Artem Pivovarov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 28-iyun 1991
Kelib chiqishi Ukraina
Fuqaroligi Ukraina
Janr pop musiqa
Veb-sayt https://artempivovarov.com/

Biografiyasi

Pivovarov oʻn ikki yoshida uch oy gitara chalishni oʻrgangan va qoʻshiq yozishni boshlagan. Volchanskiy tibbiyot kollejida akusherlik diplomini olgan va anesteziolog yordamchisi boʻlib ishlagan. Shuningdek, Xarkov milliy shahar xoʻjaligi akademiyasida iqtidiyot fanini tamomlagan.

Musiqiy faoliyati „Dance! Dance!“ guruhi aʼzosi sifatida boshlangan va 2012-yilda akustik qoʻshiqlar tufayli YouTubeda mashhurlikka erishgan. Oʻshandan beri uning koʻplab yozuvlari beshta albomni oʻz ichiga oladi. 2015-yildan boshlab qoʻshiqnavis, ovoz yozishda va bir qator qisqa metrajli filmlar hamda vizualizatsiya rejissyori sifatida ham ishlagan.

2022–2023-yillarda Ukrainada xayriya tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Ukraina qurolli kuchlarini ragʻbatlantirish maqsadida konsertlar bergan. 2022-yil dekabr oyida Rossiyaning raketa zarbasi ortidan Cherkas shahridagi kontserti chogʻida elektr taʼminoti uzilib qolganiga qaramay, kontsertni davom ettirgan va tomoshabinlar u bilan birga qoʻshiq kuylashi bilan yakunlgan. Ukraina Mudofaa vazirligi konsert lavhalari bilan birga „Dux Ukraini ne zlamati“ deb yozgan.

2023-yil sentyabr oyida Pivovarov Golos Ukraini ga murabbiy boʻlgan. 29-oktabr kuni Pivovarov jamoasi ishtirokchisi Mixailo Panchishin musobaqasida gʻolib chiqqan.

Diskografiyasi

Albomlari

  • 2013-yil – Kosmos
  • 2015-yil – Okean
  • 2017-yil – Stixiya vodi
  • 2017-yil – Stixiya ognya
  • 2019-yil – Zemnoy

Pivovarov eng mashhur qoʻshiqlari

Uning eng mashhur hitlari:

  • Manifest
  • Dejavyu
  • Miraj
  • Randevu
  • Dom
  • Sobiray Menya
  • Kislorod
  • Moya Nich
  • № 1

Manbalar

Havolalar

Artem Pivovarov  Vikiomborda Artem Pyvovarov mavzusiga oid fayllar bor

Tags:

Artem Pivovarov BiografiyasiArtem Pivovarov DiskografiyasiArtem Pivovarov ManbalarArtem Pivovarov HavolalarArtem PivovarovUkrain tiliUkrainlar

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Temir yoʻl transportiTasavvufGidroelektr stansiyaBogʻlovchiEkzemaMahtumquliSuv resurslariKompyuterAhmad al-FargʻoniyYevropa davlatlari roʻyxatiIslom tarixiAsosiy fondlarAmerika Qoʻshma ShtatlariOntologiyaTenglamaMaʼlumotlar bazasiLeksikaNuqtali vergulQon aylanishiBrauzerTerrorizmOʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2020-2025)GoʻdakKreditJamiyatKalsiyLoyihaZilzilaQoraqalpoqlarPublitsistikaMagnit maydonPulsSinonimlarZardushtiylikBuxoro amirligiGʻaznaviylar davlatiHasharotlarVoleybolTransformatorMaktabApplikatsiyaQizil suvoʻtlarMarkaziy OsiyoXaritaDoʻstlikLudwig van BeethovenSut emizuvchilarMovarounnahrOʻzbekiston SSR Mustaqillik deklaratsiyasiUfq (trilogiya)Botir ZokirovHayotiy shaklAllohning 99 nomiIrsiy kasalliklarMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliKecha va kunduzKistaXristianlikIqbol MirzoAnal jinsiy aloqaKuntugʻmishBirlashgan Millatlar TashkilotiLolaParasimpatik nerv sistemasiEhtimollar nazariyasiParonimlarMaymunjonHindistonTaʼlimQazo namoziInsultIntegratsiyaOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiInson yuragiVodorodYupiter🡆 More