Arda Güler: Turkiyalik professional futbolchi

Arda Güler (2005-yil 25-fevral, Anqara, Turkiyada tugʻilgan) — turkiyalik futbolchi, La Liga klubi „Real Madrid“ va Turkiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida toʻp tepadi.

Arda Güler
Arda Güler: Klublardagi faoliyati, Terma jamoadagi faoliyati, Statistika
Güler 2022- rasm
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Arda Güler
Tavallud sanasi Tug'ulgan sanasi 2005.02.25
Tavallud joyi Altındağ, Anqara, Turkiya
Boʻyi 1.76m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Madrid CF
Raqami 24
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2014—2019 Genchlerbirligi
2019—2021 Fenerbahçe Academy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021—2023 Fenerbahçe 32 (7)
2023— Real Madrid CF
Milliy terma jamoa
2021–2022 Turkey U17 10 (4)
2022– Turkey 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2023-yil 4-iyun uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2023-yil 28-mart uchun)

Klublardagi faoliyati

Dastlabki faoliyat

Güler yoshlik faoliyatini 2014-yilda Anqaraning Gençlerbirligi klubida boshlagan. U 2019-yilda Fenerbahche yoshlari safiga qoʻshiladi.

Fenerbahche

Güler 2021-yilning 13-yanvarida Fenerbahche bilan ikki yarim yillik professional shartnoma imzolaydi. U qobilyatli bola deb hisoblanadi va kelajak uchun katta istiqbol sifatida koʻriladi.

2021-22 mavsum

Güler 2021-22 yilgi UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichida Finlandiyaning HJK klubiga qarshi oʻyinda zaxira oʻyinchisi sifatida debyut qildi. 2021-yil 19-avgust kuni „Shukru Saracog‘lu“ stadionida bo‘lib o‘tgan bahs Fenerbaxchening 1:0 hisobida yakuniga etgan. 2021-yil 22-avgust kuni Superligadagi birinchi o‘yinida u golli uzatmani amalga oshiradi. Oʻyinning 89-daqiqasida Miha Zaycga 1:0 hisobida gol uradi.

2021-22 yilgi mavsumda u koʻproq oʻynay boshladi. Güler 17 yoshga toʻlganidan uch hafta oʻtib 2022-yilning mart oyida Superliga tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylanadi. 2022-yilning may oyigacha Güler 255 daqiqa maydonda top suradi. Bu vaqt mobaynida 3 ta gol uradi va 3 ta golli uzatmani amalga oshiradi. Faoliyatidagi ajoyib boshlangʻichdan soʻng, "Arsenal", "Liverpul", „Bavariya“, „Borussiya Dortmund“, "Barselona" va „PSJ“ kabi Yevropaning yirik klublari uni sotib olishga qiziqish bildirishgan.

2022-yilning 17-martida Fenerbahche Güler bilan 3 yillik shartnoma imzolashini eʼlon qiladi.

2022-23 yilgi mavsum

2022-23-yilgi mavsum boshida, Mesut Özil ketganidan soʻng, Gülerga Fenerbahche muxlislari uchun alohida maʼnoga ega boʻlgan 10 raqami berildi, bu klub afsonasi Aleks de Souzaning raqamidir. U mavsumdagi ilk oʻyinini Kasımpashaga qarshi oʻtkazdi va 21 daqiqalik oʻyinda 2 ta gol urdi.

11-iyun kuni Arda Turkiya kubogi-2023 finalida Istanbul Boshakshehirga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi .

2023-yilning 6-iyulida Güler Instagramda „Fenerbaxche“ni tark etishini eʼlon qildi va bu uning turk klubidagi faoliyati yakuniga etdi.

Real Madrid

2023-yilning 6-iyulida Ispaniyaning „Real Madrid“ klubi Güler bilan 2029-yilning iyunigacha davom etadigan olti yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Bitim uning ozodlik toʻlovini 20 million yevro miqdorida toʻlashi bilan imzolandi. „Fenerbahche“ bilan sobiq shartnomasidagi 17,5 million evrodan oshib ketdi. Guler „Real“dan sobiq jamoasi uchun mablagʻ olish uchun uning ozodlik moddasidan tashqari toʻlashni soʻradi. Shunday qilib, „Real Madrid“ uning tovon pulini ishga tushirdi va 20 million evro toʻladi, bu uning hozirgi tovon pulidan koʻproq.

Terma jamoadagi faoliyati

Güler Turkiya yoshlar terma jamoasi aʼzosi. U 2022-yil 19-noyabrda Turkiya terma jamoasi safida Chexiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (2:1) debyut qilgan.

Statistika

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy Kubok Yevropa Jami
Division Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Fenerbahche 2021-22 Superliga 12 3 0 0 4 0 16 3
2022-23 20 4 5 1 10 1 35 6
Career total 32 7 5 1 14 1 51 9

Xalqaro faoliyati

Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Turkiya 2022 1 0
2023 1 0
Jami 2 0

Yutuqlar

Fenerbahche

  • Turkiya kubogi : 2022-23

Manbalar

Havolalar

This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Arda Güler, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.

Tags:

Arda Güler Klublardagi faoliyatiArda Güler Terma jamoadagi faoliyatiArda Güler StatistikaArda Güler YutuqlarArda Güler ManbalarArda Güler HavolalarArda GülerAnqara

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Yevropa davlatlari roʻyxatiMatematikaIchki sekretsiya bezlariYurak-qon tomir kasalliklariTojikistonEmailNutqToshkent teleminorasiInsultKubik metrTibbiyot deontologiyasiHomilaZilzilaNogironlikSohibqiron (sheʼriy drama)EpistemologiyaDidaktikaQashqirlar makoniTarovih namoziOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiEtimologiyaBronxial astmaKalsiySoʻmOvqatdan zaharlanishMahalliy davlat hokimiyati organlariSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiShveysariyaGepatit ASayyoraIjtimoiy falsafaOʻzbekcha VikipediyaDispers sistemalarToshkent viloyatiKoʻkyoʻtalXitoyToʻldiruvchiVijdon erkinligiOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiUslubNutq madaniyatiOʻzbekistonning maʼmuriy-hududiy boʻlinishiMilliy dinlarVikipediyaOʻpka emfizemasiFransiyada ta'limUchburchakBadiiy gimnastikaBaliqlarTIMSSBozor iqtisodiyotiga oʻtishMoliya tizimiBolalar kasalliklariRim raqamlariSuyakAtmosferaMahmudxoʻja BehbudiyBirlashgan QirollikUltratovush tekshirish usuliTelegramOʻtkan kunlarQuyoshAvstraliyaAlisher NavoiyInson huquqlariFalastin DavlatiBuxoro viloyatiQon gruppalariKartoshkaOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiJinsiy aʼzolarShaxsYahudiylikBjangiAlgoritmBiriktiruvchi toʻqimaDin falsafasiRezus-faktor🡆 More