Andrey Nikolayevich Shevchenko (ukraincha: Андрі́й Микола́йович Шевче́нко; 29-sentyabr 1976, Kiev viloyati) — sobiq futbolchi, hujumchi.
Ukrainada eng koʻp natijalarga erishgan futbolchi, Ukraina terma jamoasining 48 ta urgan gollari bilan eng yaxshi bombardiri hisoblanadi. Terma jamoa sardori boʻlgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Андрі́й Микола́йович Шевче́нко | ||
Tavallud sanasi | 29-sentyabr 1976-yil | ||
Tavallud joyi | Kiyev viloyati, Ukraina | ||
Boʻyi | 183 sm | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Laqabi | Sheva | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1986-1993 | Dinamo Kiev | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1993-1999 1999 — 2006 2006 — 2009 2008 — 2009 2009 — 2012 | Dinamo Kiev Milan Chelsi → Milan Dinamo Kiev | (117 (60) 208 (127) 48 (26) 18 (0) 55 (23)) | |
Milliy terma jamoa | |||
1994 — 1995 1994 — 1995 1995-2012 | Ukraina U 18 Ukraina U 21 Ukraina | (8 (5) 7 (6) 111 (48)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
2004-yilda „Oltin toʻp“ sohibi boʻlgan. Chempionlar ligasida uch marta bombardir boʻlgan, Italiya chempionatida esa ikki marta bu nomga erishgan. Milan tarixidagi ikkinchi bombardir, milan derbisida tarixida esa eng yaxshi bombardir boʻlgan. Olti marta Ukrainaning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. Ukrainada xizmat koʻrsatgan sport ustasi.
2012-yil 27-iyulda sportdagi faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi va bundan keyin siyosat bilan shugʻullanmoqchiligini, 2012-yilda oʻtkaziladigan parlament saylovlarida qatnashish niyati borligini ham qayd etdi.
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Andriy Shevchenko, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.