Ali Ar-Rizo, Ali ibn Muso (765 yoki 770-818) — shialarning sakkizinchi imomi.
Madinada yashagan. 816 yilda xalifa al-Maʼmun moʻʼtadil shialar bilan ittifoqlashish va ular yordamida oʻz hokimiyatini mustahkamlash maqsadida A. ar-R.ni taxt vorisi deb eʼlon qilgan. Lekin bu ittifoq uzoqqa choʻzilmagan. Sunniylar bunga qarshi harakat boshlagan. Xalifa shialar bilan munosabatini uzgandan keyin A. ar-R. Xurosonda Tus sh. yaqinidagi Nukan qishlogʻida zaharlab oʻldirilgan va Sanobad qishlogʻiga dafn qilingan, keyinchalik uning qabriga maqbara barpo etilgan va shialar uchun ziyoratgoh, asosiy muqaddas joylardan biriga aylangan. Qabr joylashgan qishloqqa A. ar-R. sharafiga Mashhadi Ali Rizo nomi qoʻyilib (A.ar-R. shahid boʻlgan joy), u yirik shahar (hozirgi Mashhad)ga aylangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Ali ar-Rizo, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.