Sulola Yuan

Yuan, Da Yuan (Buyuk Yuan) — Moʻgʻuliston va Xitoyda hukm surgan moʻgʻul sulolasi (13—14-asrlar).

Xitoyni istilo etishni Chingizxon boshlab bergan, uning vorisi Oʻqtoyxon davrida 1234-yilga kelib Shimoliy Xitoy moʻgʻullar tomonidan boʻysundirilgan. 13-asrning 50-yillari oxirida Moʻgʻullar davlati amalda bir necha mustaqil davlatlarga parchalanib ketgan. Ulardan biri Xubilay davlati edi (xonlik taxtiga 1260-yil oʻtirgan). Bu davlat tarkibi dastlab Moʻgʻuliston va Shimoliy Xitoydan iborat edi. 1271-yil Xubilay oʻz sulolasiga xitoycha Yuan nomini bergan. 1279-yil Xubilay qoʻshinlari Janubiy Sun saltanatini tugatib Janubiy Xitoyni istilo etishni yakunlashgan. Vyetnam, Birma va Yaponiyaga qilingan yurishlar natija bermagan. Xubilayning birinchi vorisi Temur (1295— 1307)dan soʻng taxt uchun qattiq kurash boshlangan. 1308—32 yillarda 6 ta imperator oʻzgargan. Toʻgon Temur davrida (1333—68) Xitoyda xalq qoʻzgʻolonlari boshlangan. Ulardan eng yirigi "Qizil qoʻshinlar" nomi bilan mashhur boʻlgan. 1368-yil Yu. sulolasi agʻdarilib xitoyliklarning Min sulolasi hokimiyat tepasiga kelgan. Chingiziylarning Moʻgʻulistondagi hokimiyati ham tanazzulga uchrab bir qancha mayda mulklarga boʻlinib ketgan.



Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

ParlamentTushunchaTemirAutizmTafakkurMustaqil davlatlar hamdoʻstligiPsixologiya tarixiMasʼuliyati cheklangan jamiyatOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiAbu Ali ibn SinoRaqobatIshlab chiqarish harajatlariVoleybolXorazmshohlar davlatiTurizmAnafilaktik shokIkkinchi jahon urushiOʻlim jazosiSinfdan tashqari ishlarOʻzbekiston mobil telefon kodlariAnemiyaYurak-oʻpka reanimatsiyasiMahtumquliGlukozaOʻzgaruvchan tokJanubiy Koreyaning ommabop ismlari roʻyxatiGormonlarGepatit ADavlat byudjetiMercedes-BenzInnovatsion faoliyatJinsiy aloqaDifteriyaIjtimoiy falsafaHalqumOʻzbek lotin alifbosiYurak-tomir sistemasi kasalliklariIboraQirgʻizistonTibbiyotMaqolOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiXavfsizlik texnikasiShveysariyaOmmaviy madaniyatQon bosimini tushiruvchi moddalarBritaniya imperiyasiMahalliy davlat hokimiyati organlariTahajjud namoziAllergiyaHujayraTelegramMehnat gigiyenasiFalsafaFarhod va ShirinOt (hayvon)Toʻplam (matematika)Oshqozon-ichak kasalligiOila tarbiyasiMotivatsiyaGrafika (tilshunoslik)KistaOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiTezisElektr kuchlanishDaun sindromiMaktabgacha taʼlimYusuf Xos HojibBuxoro viloyatiBolalar va oʻsmirlar gigiyenasiArab alifbosiUyushiq boʻlaklarXorazm viloyatiDavlatlar pul birliklari roʻyxatiTojikistonBoʻlinish alomatlariAbdulla QodiriyKaʼbaAbdulla Oripov🡆 More