Yavan Rusa Keyiki

Yavan rusa yoki Sunda sambar (Rusa timorensis) – Indoneziya va Sharqiy Timorda tarqalgan yirik kiyik turi hisoblanadi .

Yer sharining janubiy yarim qismlarida yavan rusa populyatsiyasini uchratish mumkin.

Yavan rusa kiyiki
Yavan Rusa Keyiki
Urgʻochi va erkak kiyik, Baluran Milliy qoʻriqxonasi, Shimoliy Yava, Indonesia
Ilmiy klassifikatsiyalanishiEdit this classification
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Kiyiksimonlar
Oila: Quvushshoxlilar
Urugʻ: Rusa
Tur:
R. timorensis
Binar nomenklatura
Rusa timorensis

(Blainville, 1822-yil)

Taksonomiyasi

Yavan Rusa Keyiki 
Yavan rusa kiyigini 1988-yilda ishlab chiqarilgan Indoneziya rupiya valyutasida tasvirlangan

Yavan rusasining etti kenja turi bor :

  • R. t. timorensis (Timor rusa kiyik) – Timor .
  • R. t. Djonga – Muna va Butung orollari.
  • R. t. floresiensis (Flores rusa kiyik) – Flores va boshqa orollar.
  • R. t. macassaricus (Celebes rusa kiyiki) – Sulavesi .
  • R. t. moluccensis (Moluccan rusa kiyiki) – Maluku orollari .
  • R. t. renchi – Bali .
  • R. t. russa (Yavan rusa kiyik) – Java .

Xususiyatlari

Yavan rusasi kiyikining rangi toʻq qora jigarrang va peshonasi kulrang rangda bo'ladi. Uning orqa tomoni deyarli qora, pastki va ichki sonlari sargʻish jigarrang. Qorni och jigarrang, dumning uchi esa toʻq qora jigarrang. Koʻkrakidagi junlari qolgan tanasidagi junlarga qaraganda dagʻal va uzunroq. Quloqlari keng, boshidan bir oz qisqaroq. Shoxlari oʻrta uzunlikda va ancha keng, yuqori shoxlari oldinga qarab qayrilgan . Bugʻuchalar dogʻsiz tugʻiladi. Erkaklari urgʻochilariga qaraganda kattaroq boʻladi; boshidan tanagacha boʻlgan uzunligi 142 sm dan 185 sm gacha, dumi 20 sm gacha boʻladi. Erkaklarning vazni 152-160, urgʻochisi esa taxminan 74 kg boʻladi.

Tarqalishi va yashash joyi

Yavan Rusa Keyiki 
Baluran milliy bogʻidagi rus kiyiklari podasi

Yavan rusa kiyiki asli Indoneziyadagi Java, Bali va Timor orollarida tarqalgan. Shuningdek u Irian Jaya, Borneo, Kichik Sunda orollari, Maluku, Sulavesi, Pohnpei, Mavrikiy, Reunion, Fidji, Tonga, Samoa, Vanuatu, Solomon orollari, Rojdestvo orollari, Kokos orollari, Avstraliya, Main orollari, Yangi Kaledoniya, Yangi Zelandiya, Papua – Yangi Gvineya, Yangi Britaniya va Yangi Irlandiya olib kelinib koʻpaytirilgan. Yavan rusa kiyiki 1900-yillarning boshlarida gollandlar tomonidan Yangi Gvineyaga ham olib kelinib koʻpaytirilgan .

Gʻarbiy Papua pasttekisligiga olib kelinib, koʻpaytirila boshlagandan beri, bu tur keng tarqalib keta boshladi. Ammo, soʻnggi yigirma yil ichida uning mahalliy hududilardagi populyatsiyasi taxminan 10 000 bosh turi sezilarli darajada kamaydi va ehtimol yanada kamayishi mumkinligi aytilmoqda. Buning natijasida, u oʻzi yashaydigan tabiiy hududlarida himoyasiz turlar roʻyxatiga kiritildi va 2018-yilda Indoneziya qonunchiligi boʻyicha himoyalangan turlar deb eʼlon qilindi .

1980-1990-yillarda milliy bogʻlar kabi qoʻriqlana hududlaridagi yaylovlar brakonerlik faoliyatini cheklash va nazorat qilish uchun ishlatilgan. Shunga qaramay, Indoneziyadagi Baluran milliy bogʻida invaziv tikanli akatsiyalarning koʻpayishi natijasida yaylovlar yoʻqolganligi sababli koʻplab yavan rusla kiyiklari nobud boʻldi .

Ekologiyasi

Javan rusa tunda faol boʻlishadi, garchi ular kunduzi oʻtlasalar ham . Ular kamdan-kam hollarda ochiq joylarda koʻrish mumkin va ularning oʻtkir sezgi qobiliyati va ehtiyotkor instinktlari tufayli ularga yaqinlashish juda qiyin.

Rusa kiyiklari koʻpincha kichik guruhlar hosil qilib yoki juft boʻlib yashashadi, garchi erkaklar koʻpincha yolgʻiz koʻrinadi . Xavotirga tushganda, rusa kiyik juda baland ovozda signal beradi. Bu signal qoʻngʻirogʻi hisoblanadi va yaqin atrofdagi boshqa kiyiklarni ogohlantiradi.

Javan rusa kiyiklari boshqa kiyik turlarida boʻlgani kabi, Javan rusasi asosan oʻt, barglar va tushgan mevalar bilan oziqlanadi. Ularning suvga boʻlgan ehtiyojining asosiy qismi isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat orqali qondiriladi, shuning uchun ular deyarli suv ichishmaydi.

Yirtqichlar

Yavan rusa kiyigining asosiy yirtqich hayvonlari Yavan leopari, sunda bulutli leopard, yovoyi itlar, estuarin timsohi, toʻrsimon piton, Rinka, Komodo va Flores orollarida Komodo kaltakesagi hisoblanadi .

Koʻpayishi

Yava rusasi iyul va avgust oylarida juftlashadi, bu vaqtda kiyiklar baland ovoz chiqarishadi va shoxlari bilan jang qilishadi. Urgʻochi kiyiklarning homiladorlik davri 8 oyl davom etadi va bahorning boshida bir yoki ikkita buzoqni tugʻadi. Buzoqlar yashash sharoitiga qarab 6-8 oyligida sutdan ajratiladi, jinsiy etuklikka esa 3-5 yoshda yetshadi. Yavan ruslari kiyiki yovvoyi tabiatda ham, xonakilashtirilganda ham 15-20 yil yashaydi .

Maʼlumotnomalar

Qoʻshimcha havolalar

Tags:

Yavan Rusa Keyiki TaksonomiyasiYavan Rusa Keyiki XususiyatlariYavan Rusa Keyiki Tarqalishi va yashash joyiYavan Rusa Keyiki EkologiyasiYavan Rusa Keyiki MaʼlumotnomalarYavan Rusa Keyiki Qoʻshimcha havolalarYavan Rusa KeyikiBugʻusimonlarIndoneziyaJanubiy yarimsharSharqiy TimorTur (biologiya)

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Oʻrta OsiyoBosimTugʻruqAllergiyaTranzistorNamangan viloyatiRichagAsosiy fondlarSumalakIrsiyatRomanBakteriyalarLeykozYalligʻlanishAntibiotiklarMediaChingizxonOksidlanish-qaytarilish reaksiyalariAfrikaEritrotsitlarVikipediyaMuhammadMahmudxoʻja BehbudiyKirish soʻzlarTaʼlimFalastinDasturlashUygʻonish davriArvillersQoraxoniylar davlatiMustaqil davlatlar hamdoʻstligiInfeksiyaEnergetikaAxborotAbdulla AvloniyOlimpiada oʻyinlariTalab va taklifKapalaklarEnergiyaShaxsJamiyatSarniIndoneziyaQunut duosiIsitmaQadimgi YunonistonQutadgʻu biligBirinchi jahon urushiAxborot tizimiHayzEmailHans Christian AndersenQon bosimiHavoning ifloslanishiTarixSubʼyektAllohRadioaktivlikOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiArab tiliOrol dengiziQadimgi turkiy tillarOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiHukmShanxay hamkorlik tashkilotiDunyo davlatlari gerblariOʻsimliklar fiziologiyasiTurkmanistonMasha va ayiqYevropa IttifoqiGipofizDoriEyal BaumelOʻsmalarTafakkurKonsepsiyaBosh miya🡆 More