Ikromov Usmon (1875—Toshkent— 1960) — ganchkor usta; usta M.
Usmonovning otasi. Ganch oʻymakorligini usta Rasulhoji bilan birga ishlab oʻrgangan. I. ozgina naqsh boʻlaklarini maho-rat bilan qoʻllab, murakkab, rang-barang jozibali mujassamotlar yaratgan; ishlarida choka va loʻla pardozni koʻp qoʻllagan, guldastali us-tun, ravoklarni islimiy ruta, 5, 6, 8 j raxli girixlar bilan bezab, ganch oʻymakorligi ishlarini bajargan. Dastlab ‘’ xususiy binolarni bezagan. Hamza teatri (1929, qoz. Abror Hidoyatov nomidagi teatr), Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi (1939, hozirgi Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi), hozirgi Muqimiy teatri (1943-44), Navoiy teatri (1945-46) binolarini bezashda qatnashgan. Us t a Shirin Murodov, T. Arslonqulov, A. Boltayev, Sh. Gʻafurov va b. bilan birgalikda Polovsev uyi (hoz. Amaliy sanʼ-at muzeyi, 1941) ni taʼmirlashda ishtirok etgan. I. ishlaridan namunalar Oʻzbekiston sanʼat muzeyida saqlanadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Usmon Ikromov, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.