Sarrafon Hammomi

Sarrafon hammomi (Hammomi Sarrafon) (XVI asr) — Buxoro hammomi.

Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan hammom. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.


Tarixi

Ushbu hammom Toqi Sarrafon yonida joylashgan. Taxminlarga koʻra hammom Toqi Sarrafon bilan bir vaqtda 1534—1535-yillarda bunyod etilgan. Hammom qurilishi jihatidan Oʻrta Osiyo hammomlari ichida eng chiroylisidir. Hammom Buxoro shahrida jamoat markazi hisoblangan hamda jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Buxoro hukmdori Abdullaxon II (1556—1598) davrida qadimiy tazar qurilishi boshlangan. Hozirgi kunda hammom Arabon koʻchasida joylashgan.

Meʼmorchiligi

Hammomning yer usti qismi suvoq tomli va sinchli boʻlib, u yechinish va xordiq chiqarish uchun xizmat qilgan. Undan zina orqali chuqurlikda boʻlgan asosiy qismga tushiladi. Mazkur qism pishiq gʻishtdan bunyod etilgan va suvga chidamli materiallardan foydalanilgan boʻlib, yuqori qismi gumbaz bilan qoplangan. Bu yerdan moʻtadil haroratli xonadan besh tomonli, devorlari tokchali zal orqali markaziy xonaga oʻtilgan. Hammomda xodimxona va bugʻxona kabi xonalar boʻlgan. Hammom xonalari gumbaz choʻqqisidagi fonuslar yordamida yoritilgan. Hammom tarhi markaziy boʻlma bilan bogʻlangan, koʻp sonli mijozlar uchun qulay, taxmoni 5 va 6 burchakli boʻlmalardan iborat bir guldasta shaklida bunyod etilgan. Abu Ali ibn Sinoning „Tib qonunlari“ va Kaykovusning „Qobusnoma“ asarida hammomga borishni fazilatlari aytib oʻtilgan. Oʻrta asrlarda hammomlar jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etgan.


Sarrafon Hammomi

Sarrafon hammomi (Hammomi Sarrafon) (XVI asr) — Buxoro hammomi.

Tags:

Buxoro shahriBuxoro viloyatiOʻzbekistonOʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Oʻzgaruvchan tokBotir QodirovBiznes rejaUch fazali elektr tarmoqDavlat byudjeti daromadlariIshsizlikKasrXrom (kimyoviy element)DasturlashShayboniylar davlatiXivaYouTubeOmonimlarIshlab chiqarish samaradorligiQadimgi RimIslom KarimovDunyo aholisiMiokard infarktiQashqadaryo viloyatiTuproqMusiqaRibonuklein kislotalarJahongir OtajonovEhtimollar nazariyasiShum bola (film)Differensial tenglamaKalla suyagiSuyuqlikQandli diabetSoliqBosh miya nervlariXavfsizlik texnikasiToshkent tarixiTinch okeaniTemirParhez bilan davolashHayvonlarAQSHda taʼlimRaqobatMineralSiyosiy partiyalarFotonYan Amos KomenskiyPsixologiyaIslom tarixiJarohatQadriyatTabiatAxborot texnologiyalariMusiqa cholgʻu asboblariKompyuter grafikasiInformatikaBirlashgan QirollikTugʻruqKosmonavtikaXristianlikMarketingMinorai KalonKoʻp nuqtaFiqhSuyak sinishiKompetensiyaAlpomishOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiRuhlar isyoniAleksandrRevmatizmHamid OlimjonMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliIngliz tiliDevonu lugʻotit turkTovushGeometriyaSoʻz turkumlariFutbol maydoniJaloliddin RumiyManbalarUrgʻuToshkent viloyati🡆 More