Saariselkä

Saariselkä (Inari Sam tili: Suolluščielgi, Shimoliy Sam tilida: Suoločielgi, soʻzma-soʻz tarjima islandback — orolning orqasi) Finlandiya shimolidagi Laplandiyadagi tutashib ketgan hudud.

U Inari, Savukoski va Sodankilya munitsipalitetlarida joylashgan. Eng baland nuqtasi 718 meter (2,356 ft) balandlikka ega boʻlgan Sokusti togʻidir. Tog jinslari asosan 2 milliard yillik granulitdan tashkil topgan. Soʻnggi muzlik davri 9500 yil oldin Saariselka hududida nihoyasiga yetgan.

Saariselkä
Saariselkä
Saariselka togʻi
Joylashuvi Laplandiya, (Finlandiya)
Saariselkä
Joylashuv

Turizm

Saariselkä togʻining bir qismi Urho Kekkonen milliy bogʻida joylashgan. Tepalik hududi mashhur sayyohlik maskani boʻlib, u changʻi uchish, piyoda sayr qilish va dam olish spa salonlari kabi faoliyatni oʻz ichiga oladi. Saariselkä qishlogʻi ushbu hududda joylashgan va Inari munitsipalitetiga tegishli, qishloq dengiz sathidan taxminan 300 meter (980 ft) yuqorilikda joylashgan. Qishloq yonida koʻtarilgan Kaunispää choʻqqisining balandligi 438 meter (1,437 ft) ga yetadi. Koʻp juftliklar qishda hamma joyda qor boʻlgan Laplandiyada „oq toʻy“ qilishni xohlashadi. Er-xotin cherkovga haski itlari yoki bugʻulari tortadigan chanada kelishlari mumkin. Saariselkä shahridagi Kakslauttanen mehmonxona va iglular qishlogʻi yaqinidagi Pyhän Olavin Kappeli (Avliyo Olaf ibodatxonasi) va kichik yogʻoch Tievakappeli (Tieva ibodatxonasi) oq toʻylarni oʻtkazishi bilan mashhur boʻlgan. Qishloqchadagi boshqa mashxur joylarga bugʻu fermalari kiradi.

Magnit tepalik

Saariselkä shahridagi sobiq Finlandiya avtomagistrali 4 qismi bugungi kunda Magnit tepalik sifatida tanilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Rovaniemidan Petsamogacha boʻlgan yoʻl (Shimoliy Muz okeani shossesi) finlar uchun juda muhim yoʻllardan biri edi. Petsamo va uning porti okeanga chiqish mumkin boʻlgan yagona ochiq yoʻl edi. Kaunispää-fjeld yonidagi tepaliklar shunchalik tikkiki, 1940-yillarda ishlab chiqarilgan yuk mashinalari ularga osonlikcha chiqa olmasdi. Odamlar tepada qandaydir magnit kuch bor, deb oʻylashar edi, bu dvigatellarning barcha quvvatini siqib chiqaradi degan taxminlar ham boʻlgan. 4-magistral qayta tartibga solingandan soʻng, bu qisqa yoʻl kundalik foydalanishdan chiqarildi. U „Magnit tepalik yoʻllari muzeyi“ deb eʼlon qilindi.

Gallereya

Manbalar

Havolalar

Tags:

Saariselkä TurizmSaariselkä Magnit tepalikSaariselkä GallereyaSaariselkä ManbalarSaariselkä HavolalarSaariselkäFinlandiya

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

NurlanishKurashTishBirlashgan Millatlar TashkilotiNafasIchki sekretsiyaKompetensiyaJinsiy aʼzolarNerv sistemasiApple Inc.NutqPrinterKasbYurak-tomir sistemasi kasalliklariSiyosiy partiyalarMikroorganizmlarSoʻz birikmasiOʻzbeklarDezinfeksiyaSinfdan tashqari ishlarSumalakAbror Muxtor AliyIbtidoiy jamiyatQadimgi MisrTalab va taklifChumolilarNarxOʻzbekiston Mustaqilligi kuniOʻzbekiston shaharlariTransformatorAbdulla QahhorOʻzgaruvchan tokNamozGazlarXorazmKelishikYulduz UsmonovaDen SyaopinOʻzbekiston tarixiDiagnostikaSheʼr tuzilishiBirlashgan Arab AmirliklariEiffel minorasiLeykotsitlarOʻrxun-Enasoy obidalariXorazm viloyatiXalqaro tashkilotAbu Bakr SiddiqReflekslarIrsiy kasalliklarRetseptorlarJungkookTurk xoqonligiInsultQoraxoniylar davlatiXavfsizlik texnikasiQishloq xoʻjaligiLeksikologiyaElon MuskTemirKompyuterAndijon viloyatiOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006-2008)ViruslarMaslouning ehtiyojlar piramidasiInjilYIM boʻyicha davlatlar roʻyxatiShayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari roʻyxatiQalqonsimon bezEritrotsitlarQoʻshma soʻzlarMahmudxoʻja BehbudiyAppenditsitMuzahhibStandartJordan NworaOʻzbekiston viloyatlariBahor🡆 More