Rosa Rugosa

Rosa rugosa — Rosales tartibli oʻsimliklarg mansub boʻlib (rugosa atirgul, plyaj atirguli, yapon atirguli, Ramanas atirguli yoki letchberry) atirgulning bir turi boʻlib, sharqiy Osiyoda, shimoli-sharqiy Xitoy, Yaponiya, Koreya va janubi-sharqiy Sibirda yetishtirilgan boʻlib, u yerda plyaj qirgʻoqlari, koʻpincha qumtepalarda oʻsadi.

Uni „Yapon guli“ deb ham ataladigan Rosa multiflora bilan adashtirib yubormaslik kerak. Lotincha „rugosa“ soʻzi „ajinlangan“ degan maʼnoni anglatadi, ajin soʻzi barglariga nisbatan ishora qiladi.

Rosa rugosa
Rosa Rugosa
Rosa rugosa guli
Scientific classification edit
Olam: Plantae
Kichik olam: Tracheophytes
Katta sinf: Angiosperms
Sinf: Eudicots
Kichik sinf: Rosids
Tartib: Rosales
Oila: Rosaceae
Turkum: Rosa
Tur:
R. rugosa
Binomial nomi
Rosa rugosa

Thunb.

Tavsifi

Rosa rugosa — soʻrgʻichsimon koʻrinishdagi buta boʻlib, u ildiz bachkilari hisobiga yangi oʻsimliklarni rivojlantiradi va 1-1,5 metrgacha qalin chakalakzorlarni hosil qiladi. Poyalari koʻp sonli, qisqa shaklli, toʻgʻridan-toʻgʻri 3–10 mm uzunlikda naychalar bilan zich qoplangan. Barglari 8-15 sm uzunlikdagi, 5-9 ta dona yaproqli murakkab tuzilgan, har bir yaproqcha 3-4 sm uzunlikda boʻlib koʻpincha 7 ta boʻlib joylashadi, aniq yuzasi bilan korirovka qilingan (, shuning uchun turning nomi qogʻoz maʼnosini anglatadi). Barg ellipssimon shaklga ega boʻlib, dumaloq asosli yoki keng enli boʻlib, tepa tomoni yashil rangga ega. Bargning orqa tomoni tomirlar boʻylab tukchalar bilan yashil-kulrang rangdan iborat. Barg chetlari bo‘ylab tishchalardan iborat bo‘lib, kuraksimon shaklda boʻladi. Gulning kengligi odatda 6-9 sm boʻlgan beshta gultojbarglari bor. Gulning har bir sm² qimida 200-250 ta ogʻizchalar mavjud boʻlib, boshqa turlardan uslubi jihatidan farq qiladi. Gullari yoqimli hid taratadi, toʻq pushtidan oq rangacha boʻladi (R. rugosa f. alba (Ware) Rehderda), gulkosachabarglari uzunligi 6-9 sm, gullash vaqti bahorda sodir boʻladi.

Rosa rugosa mevalari 2-3 sm boʻlib, gilos va olcha urugʻining diametridan qisqaroq, choʻziqroq shaklga ega. Mevalari yozning oxirida va kuzning boshida gullarni toʻkadi va koʻpchilik turlari bir vaqtning oʻzida meva beradi. Barglari odatda, kuzda toʻkilishdan oldin yorqin sariq rangga aylanadi. 

.

Tarixi

Bu atirgul turi Amerikaga 19-asr oʻrtalarida Yaponiyadan olib kelingan; u shoʻr suv muhitiiga chidamlik xususiyati sababli qadrlanadi.

Oʻstirilishi

Rosa rugosa manzarali oʻsimlik sifatida keng qoʻllaniladi. U Yevropa va Shimoliy Amerikaning koʻplab hududlarida ekiladi. Uning koʻplab umumiy nomlari mavjud. Ularning bir nechtasi mevasining shakli pomidorga oʻxshashligini bildiradi, jumladan, plyaj pomidori yoki dengiz pomidori; boshqalar tuzli atirgul, plyaj guli atirgul, kartoshka atirguli va Turkiston atirgulini oʻz ichiga oladi. AQShning baʼzi shtatlarida mevalarni vaqti-vaqti bilan plyaj olxoʻri deb ham atashadi, bu esa Prunus maritima nomini olgan oʻsimlik bilan adashlikka olib keladi.

Foydalanilishi

Shirin xushboʻy hidli gullari anʼanaviy ravishda Xitoyda gul murabbo va shirinlik tayyorlash uchun ishlatiladi. Ular Yaponiya va Xitoyda pot-purri tayyorlash uchun ham qoʻllaniladi. Ushbu oʻsimlik turlari anʼanaviy Xitoy tabobati olamida tartibsiz hayz ko'rish, surunkali gastrit va boshqa bir qancha kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi. Plyaj atirgullari, boshqa atirgul turlari kabi, qandolatchilikda qoʻllanilishi mumkin va murabbo, sirop, choy tayyorlash yoki xom holda isteʼmol qilish uchun ishlatilishi mumkin.

Bu tur boshqa koʻplab atirgullar bilan oson gibridlanadi va atirgul seleksionerlari tomonidan atirgul zang va atirgul qora dogʻi kasalliklariga sezilarli qarshilik koʻrsatishi uchun qoʻllaniladi. Bundan tashqari, u dengiz boʻyidagi tuz purkashlariga (dengiz suvi shoʻrligi sababli toʻlqinlar hisobiga) va boʻronlarga juda chidamli boʻlib, odatda qirgʻoqdan kelgan birinchi buta hisoblanadi. U obodonlashtirishda keng qoʻllaniladi, nisbatan qattiq va ob-havoga bardoshli. Koʻpkina kasalliklarga chidamli boʻlgani uchun ozgina parvarish kerak, uning koʻplab oʻstirilishiga asosiy sabab; tuzga chidamliligi uni har qanday ekologik muhitga, turli tarkibli tuproqlarda oʻsa olishi, manzarali boʻlganligi sababli yoʻllar chetiga ekish uchun foydalaniladi.

Bogʻdorchilikda foydalanish uchun koʻplab navlari yaratilngan, gul rangi oqdan toʻq qizil-binafsha ranggacha oʻzgarib turadi va yarim juftdan qoʻsh gullarga ega, bu yerda stamenslarning bir qismi yoki barchasi qoʻshimcha gulbarglar bilan almashtiriladi. Ommabop misollar: „Rubra Plena“ (yarim qoʻsh juftli, kuchli chinnigullari, xushboʻy hidli toʻq pushti gultojbarglari, toʻq yashil rangli gulkosachabarglari va katta dumaloq toʻq sariq-qizil mevasi), „Hansa“ (juda xushboʻy, qizil-binafsha rangli), „Fru Dagmar Hastrup“ (pushti rangli), „Pushti Grootendorst“ (pushti, yarim juft hosil qiladi), „Blanc Double de Coubert“ (oq, dumaloq shaklli guli) va keng tarqalgan „Roseraie de L’Haÿ“, double (pushti rangli) koʻpincha oʻzining juda baquvvati ildizpoyasi va uning manzarali guli uchun ishlatiladi.

Iqtisodiy taʼsirlari

Ushbu turning navlari asosan bolalar bogʻchalariga ekish uchun sotiladi. Ekishda ushbu tur boshqa atirgullar bilan chatishtirilishi mumkin. U oʻzining jozibali gullari uchun qadrlanadi va u koʻpincha devorli toʻsiqlar va maxsus chegara yaratish uchun ishlatiladi. U tuproq holatini nazorat qila oladi va Germaniya va Daniyadagi avtomobil yoʻllari boʻylab ekilgan.

Turlari

'White Grootendorst' yapon atirguli
'Schneekoppe' navli atirgul
'Roselina' atirguli
'Polareis' och pushti rangli gul
'Therese Bugnet' turi
'Pink Robusta' bog' atirguli
'Pink Grootendorst' madaniy navi
'Jens Munk' nomli atirgul
"Arne" oq atirgul turi
"Konrad Ferdinand Meyer" och pushti rangli atirgul
"Fimbriata" oq atirguli
'Hansa' turi

Invaziv turlari

Rosa rugosa Yevropaning koʻp hududlarida tabiiylashtirilgan va u baʼzi yashash joylarida, ayniqsa Shimoliy yevropaning dengiz qirgʻoqlarida invaziv tur hisoblanadi. Birinchi marta Angliyaga 1796-yilda Yaponiyadan, keyin esa 1845-yilda Germaniyaga kiritilgan. Bu Yevropa qitʼasida gulning birinchi mavjudligi hisoblangan. 1875-yilda Rosa rugosa Daniyada, keyin esa 1918-yilda Shvetsiyada roʻyxatga olingan. 2001-yilga kelib, gul turlari Yevropaning 61 mamlakatida yaxshi oʻrganildi. Garchi u Xitoyda yaratilgan boʻlsa-da, gul populyatsiyasining sezilarli darajada kamayishi tufayli u yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan tur sifatida muhofaza qilinadi. Bu turning mevalarini qushlar va hayvonlarning isteʼmol qilishi va odamlarning atirgulni sotib olib, chet elga olib ketishi tufayli dunyo boʻylab keng miqyosda tarqalishiga sharoit boʻldi. U mahalliy flora bilan raqobatlasha oladi va shu bilan biologik xilma-xillikka sabab boʻladi. Germaniyaning shimolidagi Sylt orolida „Sylt atirgul“ nomi bilan mashhur boʻlgan turlari yetarli darajada koʻp faunani hosil qiladi.

AQShning baʼzi shtatlarida mazkur turga kiruvchii atirgullarning baʼzi turlari zararli tur hisoblanadi. R. rugosa Shimoliy Amerikaga birinchi marta 1845-yilda kelitilgan. U ekilgan joydan uzoqda tabiiylashtirilganligi u haqidagi birinchi maʼlumot 1899-yilda Nantucketda paydo boʻlgan va 1911-yilga kelib tez vaqt ichida atrof-muhitga tarqaladi. 1920-yilga kelib, atirgul Nantucket va Konnektikutga yaxshi oʻrnatiladi. Oʻn yil oʻtgach, u „tezda yoʻqolib ketayotgan“ vakillar qatoridan ekanligi haqida maʼlumotlar tarqaldi va bugungi kunda u Buyuk britaniyaning butun dengiz qirgʻogʻida, shimoli-sharqiy va Tinch okeanining shimoli-gʻarbiy qismidagi tarqoq joylarda tabiiylashtirilgan.

Nojoʻya taʼsiri

Olimlarning aniqlashicha gulning xushboʻy hidi allergik reaktsiyalarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ushbu turdagi oʻsimliklar bilan ishlashda ehtiyot boʻlish lozim.

Xalqaro nomlari

  • Yapon tilida mazkur oʻsimlik hamanasu (yaponcha: 浜茄子?) „plyaj baqlajoni“ va hamanashi (yaponcha: 浜梨?) „plyaj noki“ yoki oddiygina "bara" (yaponcha: 玫瑰?) „atirgul“ deb ataladi.
  • Mandarin Xitoy tilida u méiguì huā (玫瑰花) „atirgul“ yoki cì méiguì (刺玫瑰) „tikanli atirgul“ deb nomlanadi.
  • Koreys tilida esa Hangul bu tur (haedanghwa, 海棠), maʼnoda „dengiz sohilidagi gullar“ deb nomlanadi.  

Manbalar

Havolalar

Tags:

Rosa Rugosa TavsifiRosa Rugosa TarixiRosa Rugosa OʻstirilishiRosa Rugosa FoydalanilishiRosa Rugosa Iqtisodiy taʼsirlariRosa Rugosa TurlariRosa Rugosa Invaziv turlariRosa Rugosa Nojoʻya taʼsiriRosa Rugosa Xalqaro nomlariRosa Rugosa ManbalarRosa Rugosa HavolalarRosa RugosaDyunaKoreyaNaʼmatakOsiyoRosa multifloraSibirXitoyYaponiya

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Anvar ObidjonDunyoning yetti moʻjizasiTinish belgilariToj MahalBarqaror rivojlanish maqsadlariDifferensial tenglamaBiologiyaNutq madaniyatiFargʻona viloyatiQobusnomaAnatomiyaYurak-qon tomir kasalliklariMotivatsiyaOʻzbekistonda taʼlimInstagramKonfutsiylikQon bosimini tushiruvchi moddalarDasturlashHindistonHadisTerrorizmYoʻl belgilariInflatsiyaTojikistonQon kasalliklariYotoq yaraKimyoSirdaryoSinonimlarSoʻz turkumlariGerontopsixologiyaEkologik omillarOt (hayvon)Inson huquqlariToʻlqinlarOʻzMELionel MessiSinfdan tashqari ishlarTabiatReklamaLorents kuchiInternet tarixiGoʻdakTurkiyaEksperimental psixologiyaBola huquqlari toʻgʻrisida konvensiyaIrsiy kasalliklarWilliam ShakespeareDostonFutbol toʻpiJamiyatBolalar va oʻsmirlar gigiyenasiFonetik oʻzgarishlarMoliya bozoriQoraxoniylar davlatiTizimOʻzbek urugʻlariQon ivishiAl-Asmo al-HusnoMiokard infarktiMediasavodxonlikTopishmoqMinetUyushiq boʻlaklarKodJadidlarBotir ZokirovHamza Hakimzoda NiyoziyLenta.ruRavshan NamozovHujayraOlmoshReleNavroʻzOzodbek NazarbekovQon bosimini o‘lchashInsultOʻzbekiston Qizil kitobiQulupnay🡆 More