Raʼno Yarasheva: Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan artisti

Yarasheva Raʼno Sayfullayevna (1961-yil 15-fevral, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.

Raʼno Yarasheva Sayfullayevna
Tavalludi 1961-yil 15-fevral
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi teatr va kino aktrisasi
Faoliyat yillari 1984—hozirgacha
Millati oʻzbek
Dini islom
Mukofotlari Raʼno Yarasheva: Biografiyasi, Tarjimai holi, Manbalar

Biografiyasi

Oʻz faoliyatini dastlab, teatr sahnasida pardozchi vazifasida boshlagan. Ikki nafar farzandning onasi. Turmush oʻrtogʻi vafot etgan. Komedik, tragedik va dramatik rollari bilan oʻzbek xalqiga yaxshi tanish. Aktrisa oilada 4 oʻgʻildan soʻng 5-farzand boʻlgan. Yoshligidan teatrda rol oʻynashni orzu qilgan ushbu isteʼdod egasi 23-yoshida Toshkent teatr va rassomchilik oliygohiga oʻqishga kiradi. Oʻqishni tamomlagach, dastavval, Oʻzbek milliy akademik dramma teatrida pardozchi-grimyor sifatida oʻz faoliyatini boshlaydi. Bir necha yil oʻtib u, ushbu teatrda „Yorqinoy“ nomli spektaklda oʻzining ilk rolini ijro etadi. Shundan keyin u, birin-ketin turli fimlarda qatnasha boshlaydi. Raʼno Yarasheva „Mehrobdan chayon“, „Sohibqiron“ va „Uvaysiy“ tarixiy fimlardagi rollari bilan oʻzbek xalqi orasida tanila boshlaydi. Bugungi kungacha aktrisa 20dan oshiq film va spektakllarda ishtirok etgan. Oʻzining aktrisalik faoliyati orqali 1999-yilda „O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist“ unvoni bilan taqdirlanadi. Hozirgi kunda, ijodkor, oʻz faoliyatini Yodgor Sagdiyev boshchiligidagi O'zbek milliy akademik drama teatrida davom ettirmoqda.

Tarjimai holi

Oʻz faoliyati 23-yoshida — 1984-yilda boshlagan aktrisa hozirda 20 dan ortiq turli xil janrlardagi sahna koʻrinishlari va kinofilmlarda rol ijro etgan. Oʻzbek xalqi uni asosan taʼsirchan aktrisa sifatida bilishadi. Uning „Mening akam boʻydoq[sayt ishlamaydi]“, „Endi dadam boʻydoq[sayt ishlamaydi]“, „Oʻzimdan Oʻzimgacha[sayt ishlamaydi]“, „Sevgi farishtasi 2[sayt ishlamaydi]“, „Ichkuyov[sayt ishlamaydi]“, „Telba[sayt ishlamaydi]“, „Shabnam[sayt ishlamaydi]“, „Kuzda gullagan daraxt[sayt ishlamaydi]“, „Poyma poy[sayt ishlamaydi]“, „Oqpadar[sayt ishlamaydi]“, „Ayriliq (Wayback Machine saytida 2022-05-25 sanasida arxivlangan)“, „Qorakoʻz[sayt ishlamaydi]“, „Vijdon[sayt ishlamaydi]“ hamda „Feride[sayt ishlamaydi]“ kinofilmlaridagi rollari ommaga mashhur aktrisa sifatida tanilishiga sabab boʻlib xizmat qilgan. Shuningdek, Raʼno Yarasheva aktrisalikdan tashqari sheʼr yozish bilan ham mashgʻul boʻlgan. „Samarqand sogʻinchi“ (1996 y.), „Seni tashlab ketolmayman“ (1998 y.), „Hajr“ (2000 y.) sheʼriy toʻplamlari, „Ilohiy ishq qissasi“ nasriy asarlari chop etilgan. Raʼno Yarasheva O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzosi hisoblanadi.

Manbalar

Havolalar

Tags:

Raʼno Yarasheva BiografiyasiRaʼno Yarasheva Tarjimai holiRaʼno Yarasheva ManbalarRaʼno Yarasheva HavolalarRaʼno Yarasheva15-fevral1961Kattaqoʻrgʻon tumaniOʻzbekiston SSRSSSRSamarqand viloyati

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Soʻz turkumlariShum bola (film)OkeanTebranishlarXufton namoziNogironlikKimyoviy elementlar davriy sistemasiUyushiq boʻlaklarOʻlmas UmarbekovYuridik shaxsDeputatOʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiInnovatsion faoliyatAdabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari roʻyxatiXronologiyaArablarning O‘rta Osiyo istilosiJangi loyKasrFan-texnika taraqqiyotiIzotermik jarayonUNESCOOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiVaqt oʻlchov birliklariDezinfeksiyaAbu Ali ibn SinoIshlab chiqarishDaryoKoinotDunyoqarashEmotsiyaOʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiElektron hukumatAmerika Qoʻshma ShtatlariNavroʻzOʻzgarmas tokKoʻchirma gapIbroyim YusupovDemokratiyaNafas olish tizimiTibbiyot deontologiyasiIrsiy kasalliklarTovush (tilshunoslik)AfgʻonistonArastuChigʻatoy ulusiKommunikatsiyaPoʻlatKorrupsiyaNutqHissiyotViruslarMineralKoʻzKuyishFalsafaRegiston maydoniGap boʻlaklariAbulfayzxonOʻzbekiston siyosiy partiyalariInvestitsiyaTabiatni muhofaza qilishBuyuk Britaniyaning taʼlim tizimiYurak-tomir sistemasi kasalliklariOrttirilgan immun tanqisligi sindromiMediasavodxonlikOʻzbekiston viloyatlariQadimgi MisrQoʻshilgan qiymat soligʻiKimyoElektr qarshilikGidrolizGlobal muammolarKompyuter tarmogʻiDavlat poytaxtlari roʻyxatiQutadgʻu biligAminokislotalarPedagogik psixologiyaMasturbatsiyaKondensator🡆 More