Qoʻqon Yogʻ-Moy Aksiyadorlik Jamiyati

QOʻQON YOGʻ-MOY AKSIYADORLIK JAMIYATI - oziq-ovqat sanoatining yirik korxonasi.

"Yogʻ-moytamakisanoat" uyushmasi tarkibiga kiradi. Oqlangan paxta yogʻi. distillangan yogʻ kislotasi, kunjara, shulxa va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Oʻzbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi gidravlik pressli birinchi zavod boʻlgan korxona 1884-yilda ishga tushirilgan. 1910-yildan Vadʼyayevlar savdo uyi tarkibiga kirgan. 1917-yildagi Oktyabr toʻntarishiga qadar yiliga 6,5—7,5 ming t yogʻ ishlab chiqargan. 20-asrning 30-yillarida bir necha marta rekonstrukpiya qilinib, qayta qurildi. 1947-yildan sutkalik yogʻ ishlab chiqarish quvvati 55—60 t ga yetkazildi. 1955-yilda yogʻ ekstraksiya zavodining ishga tushirilishi bilan 1956-yildan Qoʻqon yogʻmoy kombinatiga aylantirildi. Kombinatning sutkalik yogʻ ishlab chiqarish quvvati esa 125—130 t ga yetdi. Kombinatda 1962-yilda soapstok yogʻ kislotalarini distillash, 1965-yilda donador kunjara ishlab chiqarish, 1968-yilda mitselladan gossipol ajratib olish, soʻng tozalash sexlari ishga tushirilgan. 1975-yilda kombinat qoshida oʻrik, shaf-toli danagidan, uzum, soya, anor, tarvuz, qovun. chakanda urugʻidan yogʻ ishlab chiqaruvchi zavod qurildi va 80-yillar oxiriga qadar meva-sabzavot danaklari va urugʻlaridan olinadigan keng assortimentdagi yogʻlar ishlab chiqardi. 1994-yildan ochiqturdagi akiiya-aorlik jamiyati va hozirgi nomda. 90-yillarning 2-yarmidan zamonaviy chet el texnologik liniyalari bilan jihozlandi, chet el investitsiyalari jalb qilindi. 2001-yilda korxona quvvati 850—950 t/sutka chigitni qayta ishlashga yetkazildi. Mahsulotlari ichki bozorda sotiladi, qoʻshni davlatlarga eksport qilinadi.





Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

ShialikArablarning O‘rta Osiyo istilosiUfq (trilogiya)KurashAndijon (shahar)QirgʻizistonMuhammad ShayboniyNobel mukofoti sohiblari roʻyxatiYerIrodaShum bolaAzot oksidlariTabiiy gazlarOʻrta OsiyoBogʻlovchiAQSh prezidentlari roʻyxatiTemuriylar shajarasiKasallikAxborot xavfsizligiFotiha surasiKirish soʻzlarAmmiakAminokislotalarErkin AʼzamOʻlmas UmarbekovOrqa miyaDialektikaNobel mukofotiMagnit maydonGermaniyaManbalarVatanIshsizlikLudwig van BeethovenDezoksiribonuklein kislotaSaturnGʻoʻzaTibbiyot deontologiyasiAnqara jangiUsmon AzimFransiyada ta'limInnovatsiyaAvstraliyaIqtisodiy oʻsishNutqKorrupsiyaOPECShaxsAuditIchan qalʼaTishIntegratsiyaXronologiyaOltinChatqol biosfera qoʻriqxonasiMicrosoft AccessOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariMuhammad FuzuliyKoʻp nuqtaBadiiy asar pafosiTemuriylar imperiyasiSpirtlarEmbriologiyaLoyihaNigeriyaTranzistorRossiyadagi ta'limRavishHuquqHajmHTMLDramaYoʻl belgilariTovarQon bosimini tushiruvchi moddalarMetallarKreditKuntugʻmishNATO🡆 More