Oq qoʻyunli, oq qoʻyunlilar, oq qoʻyli — 1) turk-oʻgʻuz qabilalarining Dajla daryosining yuqori oqimi boʻylarida 14—15-asrlarda tashkil topgan birlashmasi; 2) ushbu birlashmaga rahbarlik qilgan yetakchi qabila — boyondurlardan chiqqan sulola; 3) aynan shu birlashma tomonidan 15-asr boshida barpo etilgan davlat.
Uzun Hasan davrida (1453—78) Oq qoʻyunli oʻzlarining asosiy dushmanlari — Krra koʻyunlilar davlatini tor-mor etganlar (1468). Armaniston, Ozarbayjon, arab Iroqi va Gʻarbiy Eronni egallab, Tabriz shahrini poytaxt qilishgan. Uzun Hasan Usmonli turk saltanati bilan muvaffaqiyatsiz urushlar olib borgan. Shuningdek, Gruziya bilan ham urushgan (1477). 1489—97 yillarda soliq islohoti oʻtkazishga harakat qilingan, lekin u mulkdorlarning qarshiligiga uchragani sababli natijasiz tugagan. 16-asr boshida Oq qoʻyunli davlati Ismoil /Safaviy boshchiligidagi kizilboshlilar tomonidan tor-mor etilgan; 4) oʻzbeklar va qoraqalpoqlar tarkibiga kirgan urugʻ nomi. Oq qoʻyunli etnonimi 20-asr boshlarigacha oʻzbek-qoʻngʻirotlar (qarang Qoʻngʻirot), shuningdek, Zarafshon vodiysida yashovchi qoraqalpokutr tarkibida saqlanib qolgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Oq qoʻyunli, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.