Mutoyiba

Mutoyiba yoki yumor odamlar, obyektlar yoki vaziyatlarning kuzatuvchilarda kulgi hissini keltirib chiqara olish sifati yoki qobiliyatidir.

Mutoyibani ijtimoiy aloqaning bir koʻrinishi deb hisoblash mumkin.

Mutoyiba
Mutoyiba
Mutoyiba
Mutoyiba

Mutoyiba uni qoʻllovchi kishilarning yoshi, millati, joʻgʻrofiy joylashuvi, olgan taʼlimi kabi omillarga qarab, turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, yosh bolalar nisbatan sodda mutoyiba shaklarini qabul qilishsa, dunyoqarashi shakllangan va yaxshi taʼlim olgan shaxslar satira kabi murakkabroq janrlarni hazm qilishadi[manba kerak].

Mutoyiba – kulgi bilan xayrixohlikni oʻzida mujassam etgan komiklik turi. Badiiy adabiyotga mansub yumoristik asarda yozuvchi ijtimoiy hayotdagi, shaxsiy turmushdagi, xususan, ayrim kishilardagi baʼzi kamchiliknuqsonlardan kulib, uni tanqid qiladi. Bunda yozuvchi tanqid qilinayotgan obʼyektning yoʻqotilishiga tarafdor emas, unga achinadi, undagi mavjud kamchilikning tuzalishini istaydi. Yengil tanqid, hazil ruhi bilan mutoyiba satiradan farq qiladi. Satirik asarda ijtimoiy hayot hodisalari zaharxanda kulgi orqali fosh etilsa, xarakterdagi nuqsonlar hazilmutoyiba, kinoya bilan tanqid qilinadi. Satirada mutoyiba unsuri boʻlganidek, mutoyibada ham satira unsuri bor. Har qanday jiddiy asar (roman, qissa, hikoya, doston, sheʼr va boshqalar) da, xalq ijodi namunalarida ham mutoyiba boʻladi. Gʻarb adabiyotidagi asosiy namoyandalari – Miguel de Cervantes, Laurence Sterne, Charles Dickens, Nikolay Gogol, Mark Twain va boshqalar; oʻzbek adabiyotida esa Muqimiy, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Said Ahmad va boshqalardir.

Tasviriy sanʼatda mutoyiba voqea, narsa, jonivor, ayniqsa, kishilarning xatti-harakati kulgili tasvirlangan, yengil tanqid etilgan, umuman koʻrinishi, ishi hazil-mutoyiba tarzida koʻrsatilgan tasvir (koʻpincha grafika asari)dir.

Yana qarang

Adabiyotlar

Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Kimyoviy elementlar davriy sistemasiSamarqand viloyatiNuklein kislotalarQogʻozFermentlarTugʻruqShanxay hamkorlik tashkilotiOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiPaleolitFizikaShavkat MirziyoyevVatanBuxoro amirligiChingiz AytmatovBozor iqtisodiyotiga oʻtishProtsessorGandbolTishShum bola (film)OsiyoPsixologiya tarixiTeriSut emizuvchilarMirzo UlugʻbekJadidchilikYurak-qon tomir kasalliklariJaloliddin ManguberdiSomoniylar davlatiFuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariPulSon (tilshunoslik)YandexFransiyada ta'limHujayraYIM (nominal) ga koʻra davlatlar roʻyxatiBiznes rejaImom al-BuxoriyKonusIssiqlikOʻsmalarOilaJismoniy mashqlarCristiano RonaldoShum bolaLotin tiliKislota va asoslarTabiat resurslariQoraqalpoqlarJaloliddin RumiyQuvvatSoliqGerontopsixologiyaInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunDasturlashTeri kasalliklariXorazm Maʼmun akademiyasiFoydali qazilmalarAllergiyaOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiOʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2020-2025)Yosh psixologiyasiJahon savdo tashkilotiMotivatsiyaGenlarning oʻzaro taʼsiriOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiYulduzSuvchechakOʻzbek tilining izohli lugʻati (1981)HasharotlarRomanTalab va taklifUNESCOSilHissiyotDinAbu Rayhon BeruniyRevmatizm🡆 More