„Mashinasozlar“ – Toshkent metropoliteni Oʻzbekiston yoʻli bekatlaridan biri.
«Mashinasozlar» Mashinasozlar | |
---|---|
Ochilish sanasi | 7-noyabr 1987-yil |
Avvalgi nomlari | Сельмашская(1987-1992) |
Tuman | Yashnobod tumani |
Turi | Kolonnali |
Chuqurligi | 8 |
Koʻchalarga chiqish | Elbek koʻchasi Temiryoʻl shifoxonasi Toshkent mexanika zavodi Toshkent don mahsulotlari zavodi Ashxobod sayilgohi |
Yerusti transporti | А: 10, 28, 72, 148, 155; Мт: 43м, 137м |
Ochilish vaqti | 5:00 |
Yopilish vaqti | 0:00 |
1987-yil 7-noyabrda „Toshkent“ (oldingi „Chkalov“) Oʻzbekiston liniyasining ikkinchi qismida ochilgan.
„Toshkent“ va „Doʻstlik“ bekatlari oraligʻida joylashgan.
Bekat noqulay ekologik sharoit tufayli „Doʻstlik“ (oldingi „Chkalov“) stansiyasi bilan birgalikda ikki marta yopilgan.
1-marta 1989-yil 18-sentyabrda yopilib, 1989-yil 6-noyabrda Oʻzbekiston liniyasining uchinchi qismi „Alisher Navoiy“ va „Chorsu“ metro bekati bilan birga qayta ochilgan.
2-marta 1990-yil aprel oyida yopilgan. 1991-yil 30-aprelda Oʻzbekiston liniyasining toʻrtinchi qismi „Chorsu“ hamda „Beruniy“ bekati bilan birga ochilgan.
„Mashinasozlar“ bekati Yashnabod tumanida joylashgan.
1992-yil 1-maygacha stansiya „Tashselmash“ deb nomlangan. U sobiq Ittifoqda paxta terish mashinalari ishlab chiqaradigan yagona korxona – Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi „Tashselmash“ sharafiga nomlangan.
Stansiyaning meʼmoriy-badiiy dizayni ustunlar va yigʻma temirbeton konstruksiyalardan iborat.
Vestibyuldan yer osti oʻtish joyining devorlari shaffof marmar bilan bezatilgan.
Zalning ustunlari va shiftlari qizil-yashil rangdagi Sayon-Shusha marmarlari bilan bezatilgan.
Shisha elektr lampalari quyma yoʻl bilan tayyorlangan boʻlib, ular zalning markaziy qismidagi shiftlarga oʻrnatilgan. Lampalar zinapoyalar va platformalarning yon devorlarida ham davom etgan hamda vestibyulda badiiy kompozitsiya bilan yakunlangan (rassom: V. Gan).
Vestibyulning shiftida oʻrnatilgan elektr lampalar alyuminiy panjara bilan yopilgan boʻlib, yorugʻlikni tarqatishga yordam beradi.
Platforma poli, vestibyul va yer osti yoʻlaklarining pollari granit bilan qoplangan.
„Mashinasozlar“ metro bekatidan Elbek koʻchasiga, Temiryoʻl shifoxonasiga, Toshkent mexanika zavodiga, Toshkent don mahsulotlari zavodiga hamda Ashxobod sayilgohiga chiqish mumkin.
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Mashinasozlar (metro bekati), which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.