Guruh Marilyn Manson

Marilyn Manson (talaffuzi: Merilin Menson) — AQSHda tashkil topgan rok musiqa guruhi.

Guruhga 1989-yil Marilyn Manson va Daisy Berkowitz (asl ismi Scott Putesky) Florida shtatining Fort Lauderdale shahrida asos solishgan. Guruhning ilk nomi Marilyn Manson & the Spooky Kids boʻlgan. 1990-yillarning boshlarida faqat Amerikada tanilgan guruh keyinchalik butun dunyoda shuhrat qozondi.

Marilyn Manson
Guruh Marilyn Manson
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Fort Lauderdale, Florida
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Faoliyat yillari 1989-bugun
Janr Industrial-metal
Alternativ metal
Xevi-metal
Leybl
  • Hell, etc.
  • Loma Vista
  • Caroline
  • Concord
  • Cooking Vinyl
  • Interscope
  • Nothing
Tarkib
Sobiq aʼzolar
  • Zsa Zsa Speck
  • Olivia Newton Bundy
  • Gidget Gein
  • Sara Lee Lucas
  • Daisy Berkowitz
  • Zim Zum
  • John 5
  • Madonna Wayne Gacy
  • Tim Sköld
  • Ginger Fish
  • Chris Vrenna
  • Fred Sablan
  • Twiggy Ramirez
  • Tyler Bates
  • Gil Sharone
Vebsayt www.marilynmanson.com

Guruhga asos solinganidan beri uning aʼzolari koʻp marta oʻzgardi. Guruh nomi bilan bir xil ismli Manson musiqiy guruhning yagona oʻzgarmas aʼzosidir. 1996-yilgacha guruh aʼzolarining ismlari mashhur ayol seks-ramzlari ismi bilan serial qotillarning familiyasini birlashtirib tuzilgan. Masalan, Marilyn Manson Marilyn Monroe hamda Charles Manson ism-sharifining birlashtirilganidir.

1990-yillarda guruh aʼzolari gʻalati makiyaj va kostyumlar kiyib, sahnada ham, sahna tashqarisida ham atayin odamlarni hayratga soladigan xatti-harakatlarga qoʻl urib tanildilar. Guruh qoʻshiqlari matnlari koʻp holatlarda dinga qarshi mazmuni va jinsiy aloqa, zoʻravonlik va giyohvandlikka oid mavzularga bagʻishlangani uchun tanqidga uchrab keladi. Guruh konsertlari esa koʻp holatlarda haqoratli va odobsiz deb topilgan. Bir necha marotaba norozilik aksiyalari va shikoyat arizalari tufayli guruhning chiqishlari bekor qilingan. AQShning kamida uchta shtatida guruhga davlatga tegishli inshootlarda konsert berish taqiqlangan.

Guruhning toʻrt albomi bir necha marta platinum, ikki albomi gold sertifikatlarini olgan. VH1 musiqa telekanali Marilyn Manson guruhini oʻzining 100 Great Artists of Hard Rock roʻyxatida 78-eng yaxshi rok guruh deb topgan. Shu kungacha Marilyn Mansonning 50 milliondan oshiq audioyozuvi sotilgan. Marilyn Manson aksariyat oʻzbekistonlik gotlar uchun sanamdir.

Guruh tarixi

Tashkil topishi

Guruh ijod qilishni 1989-yil Marilyn Manson & the Spooky Kids nomi bilan boshladi. Guruhning ilk tarkibini Marilyn Manson (vokal) Daisy Berkowitz (gitara), Olivia Newton Bundy (bas gitara) va Zsa Zsa Speck (klavishli asboblar) tashkil qilgan. Keyinchalik guruhga Pogo laqabi ostida ijod qilgan klaviyachi Madonna Wayne Gacy va bas gitarachi Gidget Gein qoʻshildi. Bu tarkib bilan demo albom yozildi. 1991-yilda Sara Lee Lucas qoʻshildi. Odamlarni lol qoldirishni istagan guruh oʻz konsertlarida oʻzgacha kiyim va kostyumlar kiyib, olovli tomoshalarni uyushtirdi. Natijada guruh asta-asta eʼtibor qozona boshladi. Xususan, guruh Nine Inch Nails guruhining asoschisi Trent Reznor eʼtiborini qozondi. Oradan koʻp oʻtmay Reznorning Nothing Records leybli bilan shartnoma tuzildi.

Portrait of an American Family

Portrait of an American Family („Amerika oilasi portreti“) albomi 1993-yilda yozib bitirildi. Bu vaqtga kelib guruhga bas gitarachi Gidget Geinning oʻrniga Twiggy Ramirez qoʻshildi. Albomga kiritilgan birinchi singl „Get Your Gunn“ („Qurolingni ol“) yaxshi kutib olindi. Buning ortidan guruh oʻzini tanitish uchun turnega chiqdi.

Turne davomida Satan cherkovi asoschisi Anton LaVey Mansonga „muhtaram“ maʼnosini bildirgan va asosan rohiblarga beriladigan „Reverend“ unvonini berdi. Bu orada barabanchi Sara Lee Lucas oʻrnini Ginger Fish egalladi. 1995-yilda guruhning Smells Like Children nomli EP albomi chiqarildi. Albomga kiritilgan „Sweet Dreams (Are Made of This)“ („Shirin tushlar (Mana shundan iborat)“) ashulasi kaveri MTV kanalida muntazam ravishda taqdim etila boshladi, natijada guruh muxlislari soni koʻpaydi.

Antichrist Superstar

1990-yillarning oʻrtasida guruh ikkinchi studiyaviy albom ustida ish boshladi. Bu paytga kelib guruh aʼzolari oʻrtasida tanglik yuzaga kelgan edi. Guruh aʼzolar giyohvand moddalarni qabul qilishi tanglikni keskinlashtirdi. Guruh asoschilaridan biri, gitarachi Daisy Berkowitz albom yozib tugatilishidan oldin guruhni tark etdi. Shu sabab albomga kiritilgan ashulalarda gitarani asosan Twiggy Ramirez chaldi. Keyinchalik guruhga Zim Zum qoʻshildi.

1996-yilning oktabrida guruhning ikkinchi studiyaviy albomi — Antichrist Superstar („Isoga qarshi super yulduz“) albomini sotuvga chiqdi. Unga kiritilgan „The Beautiful People“ („Boyvachchalar“) singli guruhga katta shuhrat olib keldi. Guruhning oʻz konsertlari davomida qoʻshiqlar mazmuni va guruh aʼzolarining tashqi koʻrinishi tufayli qarshilikka yoʻliqdi.

Mechanical Animals

1998-yilning sentabrida Mechanical Animals („Mexanik hayvonlar“) yangi albomiga sotuvga chiqdi. Albomdagi qoʻshiqlarni yozishda Zim Zum qatnashdi, ammo guruhni tark etdi va uning oʻrniga John 5 keldi.

1999-yildagi turne davomida Columbine maktabidagi qirgʻin sodir boʻldi. AQSh matbuoti Marilyn Manson guruhini qotil oʻquvchilar Eric Harris va Dylan Kleboldga taʼsir koʻrsatishda ayblandi. Ammo keyinchalik na Harris, na Klebold Mansonning muxlisi boʻlgani aytildi. Guruh turnening qolgan konsertlari bekor qildi, ammo bir vaqtning oʻzida fojia uchun musiqa, kinolar, kitoblar yoki videooʻyinlarni ayblamaslikka chorladi.

Holy Wood

Uzoq vaqtga choʻzilgan tanaffusdan keyin 1999-yilda The Last Tour On Earth (Yerdagi soʻnggi turne) nomli konsert albomi chiqarildi. 2000-yilda Holy Wood (In The Shadow Of The Valley Of Death) (Muqaddas oʻrmon (Oʻlim Vodiysi soyasida)) albomi eʼlon qilindi. Manson bu albomda Columbine qirgʻinidan keyin his qilgan tuygʻularini bayon qildi va AQShning zoʻravonlikni olqishlovchi madaniyatini tanqid qildi. Albomni tanqidchilar yuqori baholagan boʻlsa-da, uning savdosi chaqqon boʻlmadi.

The Golden Age Of Grotesque

2000-yillar boshida bas gitarachi Twiggy Ramirez guruhni doʻstona ohangda tark etdi va uning oʻrniga Tim Skold keldi. Elektronika musiqa janri bilan yaxshi tanish boʻlgan Skold guruhning musiqiy ohangiga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. 2003-yil guruhning The Golden Age Of Grotesque (Groteskning oltin davri) albomi eʼlon qilindi. Albomni targʻib qilishga bagʻishlangan turne davomida guruh 1930-yillarga xos qiyofa va tomoshalarni namoyish qildi.

2004-yilda guruhning Lest We Forget (Esimizdan chiqmasligi uchun) nomli „best of“ (eng sara qoʻshiqlar toʻplami) chiqarildi. Albom eʼlon qilinishi ortidan John 5 guruhdan ketdi.

Eat Me Drink Me

Guruh Marilyn Manson 
Marilyn Manson 2007-yilda

2007-yilning 5-iyunida guruhning yangi albomi — Eat Me Drink Me (Ye meni, ich meni) sovutga chiqarildi. Bu paytga kelib Manson oʻsha paytdagi hamkori Dita Von Teesedan ajrashgan edi. Shu sababdan albomda sevgi mavzusi yoritildi.

2006-yil guruhning uzoq yillik klavishchisi Madonna Wayne Gacy guruhdan ketdi. Albomni yozish ishlari tugagandan keyin Chris Vrenna (klavishlar) va Rob Holliday (bas gitara) guruhga qoʻshildi.

The High End of Low

2009-yilning 25-mayida guruhning The High End of Low (Pastning yuqori qismi) albomi chiqarildi. Albom Billboard 200 roʻyxatida 4-oʻrinda debut qildi. Albomning rasmiy singllari — „Arma-Goddamn-Motherfuckin-Geddon“ („armageddon“, „goddamn“ va „motherfucker“ soʻzlaridan tuzilgan) va „Running to the Edge of the World“ („Dunyoning chekkasiga yugura“) qoʻshiqlaridir.

Born Villain

2012-yilning 1-mayida guruhning Born Villain (Yovuz boʻlib tugʻilgan) albomi chiqarildi. Guruh aʼzolari yangi albomni „ogʻirroq“ deb baholadilar. „No reflection“ („Hech qanaqa aks“) va „Slo-Mo-Tion“ („Sekinlashtirib suratga olish“) qoʻshiqlari singl sifatida chiqarildi. Albom Billboard 200 roʻyxatida 10-oʻrinda debut qildi.

The Pale Emperor

2015-yil 15-yanvarda The Pale Emperor (Rangi oʻchgan imperator) albomi sotuvga chiqdi. „Third Day of a Seven Day Binge“ (Yetti kunlik mayxoʻrlikning uchinchi kuni), „Deep Six“ („Chuqur olti“) hamda „Cupid Carries a Gun“ („Qurol koʻtargan sevgi tangrisi“) qoʻshiqlari singl sifatida chiqarildi. Albom Mansonning onasi xotirasiga bagʻishlangan. Uning onasi sakkiz yil davomida Alzheimer kasalligi hamda demensiyadan aziyat chekib, 2014-yilga vafot etgan edi.

Heaven Upside Down

2017-yil 6-okabrda Heaven Upside Down (Jannat ostin-ustun) albomi sotuvga chiqdi. „We Know Where You Fucking Live“ („Qayerda yashashingizni bilamiz“) hamda „Kill4Me“ („Men uchun oʻldir“) qoʻshiqlari singl oʻlaroq chiqarildi. 2017-yilning 22-oktabrida guruh asoschilaridan biri gitarachi Daisy Berkowitz 49 yoshida kolorektal rakdan vafot etdi. Oktabr oyida bas gitarachi Twiggy Ramirez guruhdan chetlatildi, chunki uni sobiq oʻrtogʻi Jessicka zoʻrlashda aybladi.

We Are Chaos

2020-yilning 11-sentabrda We Are Chaos (Biz — xaos) albomi eʼlon qilindi. „We Are Chaos“ hamda „Don't Chase the Dead“ („Oʻliklarni quvma“) qoʻshiqlari singl oʻlaroq chiqarildi. Albomning sotuvi chaqqon boʻldi va tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. 2021-yilning boshida Mansonning sobiq oʻrtogʻi Evan Rachel Wood va boshqalar qoʻshiqchini jinsiy va ruhiy zoʻravonlikda aybladi.

Guruh tarkibi

Xronologiya

Guruh Marilyn Manson

Tarixi

    Hozirgi aʼzolari
  • Marilyn Manson – vokal, gitara, klavishlar, tamburin, saksofon, Pan fleytasi (1989–hozirgacha)
  • Paul Wiley – ritm gitara, qoʻshimcha vokal, dasturlash (2014–hozirgacha)
  • Juan Alderete – bas gitara (2017–hozirgacha)
  • Brandon Pertzborn – barabanlar (2019–hozirgacha)
    Sobiq aʼzolar
  • Zsa Zsa Speck – klavishlar (1989–1990)
  • Olivia Newton Bundy – bas gitara (1989–1990)
  • Gidget Gein – bas gitara (1990–1993; died 2008)
  • Sara Lee Lucas – barabanlar (1990–1995)
  • Daisy Berkowitz – gitara (1989–1996; 2017-yil vafot etgan)
  • Zim Zum – gitara (1996–1998)
  • John 5 – gitaralar (1998–2004)
  • Madonna Wayne Gacy – klavishlar, dasturlash, dovul (1990–2007)
  • Tim Sköld – gitaralar, klavishlar (2006–2008), bas gitara, qoʻshimcha vokal (2002–2006)
  • Ginger Fish – barabanlar (1995–2011)
  • Chris Vrenna – klavishlar, dasturlash, dovul (2007–2011)
  • Fred Sablan – bas gitara (2010–2014)
  • Twiggy Ramirez – bas gitara (1993–2002; 2008–2009); gitara (2009–2013)
  • Tyler Bates – gitara, qoʻshimcha vokal (2014–2015, 2015–2018)
  • Gil Sharone – barabanlar (2014–2019)
    Sobiq turne aʼzolari
  • Mark Chaussee – gitara (2004–2005)
  • Rob Holliday – gitara (2008); bas, qoʻshimcha vokal (2007–2008)
  • Wes Borland – gitara (2008–2009)
  • Andy Gerold – bas gitara (2009)
  • Jason Sutter – barabanlar (2012–2013)
  • Spencer Rollins – klavishlar, gitara (2013)
  • Daniel Fox – klavishlar, barabanlar(2015–2017)

Guruh aʼzolarining ismlari

1996-yilgacha guruh aʼzolarining ismlari mashhur ayol seks-ramzlarning ismi va serial qotillarning familiyasini birlashtirib tuzilgan. Quyida guruh aʼzolari (avvalgi va hozirgi) ismlarining kelib chiqishi berilgan:

  • Marilyn Manson: Mashhur Aktrisa Marilyn Monroe va 1960-yillarning mashhur qotili Charles Manson
  • Madonna Wayne Gacy: Mashhur qoʻshiqchi Madonna va masxaraboz qiyofasidagi qotil John Wayne Gacy
  • Ginger Fish: Raqqosa Ginger Rogers va kichik qizlar qotili Albert Fish
  • Zsa Zsa Speck: Aktrisa Zsa Zsa Gabor va hamshira qotili Richard Speck
  • Olivia Newton Bundy: Qoʻshiqchi Olivia Newton John va kichik qizlar qotili Theodore Bundy
  • Gidget Gein: TV qahramoni Gidget va seriyali qotil Ed Gein
  • Sara Lee Lucas: Mashhur Magazinlar Sara Lee va 108 kishi qotili Henry Lee Lucas
  • Daisy Berkowitz: TV qahramoni Daisy Duke va „Samning oʻgʻli“ laqabli qotil David Berkowitz
  • Zim Zum: Kaballa diniga koʻra „yaratilish“
  • Twiggy Ramirez: Ingliz model Twiggy va oʻzi oʻldirgan kishilarni yegan qotil Richard Ramirez

Diskografiya

Studiyaviy albomlar:

1994 — Portrait of an American Family
1995 — Smells Like Children
1996 — Antichrist Superstar
1997 — Remix & Repent
1998 — Mechanical Animals
1999 — The Last Tour on Earth
2000 — Holy Wood (In the Shadow of the Valley of Death)
2003 — The Golden Age of Grotesque
2004 — Lest We Forget
2007 — Eat Me, Drink Me
2009 — The High End of Low
2012 — Born Villain
2015 — The Pale Emperor
2017 — Heaven Upside Down
2020 — We Are Chaos

Turnelar

  • Mustaqil turne (The Spooky Kids) (1990–93)
  • Portrait of an American Family (1994–95)
  • Smells Like Children Tour (1995–1996)
  • Dead to the World Tour (1996–97)
  • Mechanical Animals Tour (1998–99)
  • Beautiful Monsters Tour (1999)
  • Rock Is Dead Tour (1999)
  • Guns, God and Government Tour (2000–01)
  • Grotesk Burlesk Tour (2003–04)
  • Against All Gods Tour (2004–05)
  • Rape of the World Tour (2007–08)
  • The High End of Low Tour (2009)
  • Hey Cruel World... Tour/Twins of Evil Tour/Masters of Madness Tour (2012–13)
  • The Hell Not Hallelujah Tour/The End Times Tour (2015)
  • Heaven Upside Down Tour/Twins of Evil: The Second Coming Tour/Twins of Evil: Hell Never Dies Tour (2017–19)

Izohlar

Manbalar

Havolalar

Tags:

Guruh Marilyn Manson Guruh tarixiGuruh Marilyn Manson Guruh tarkibiGuruh Marilyn Manson Guruh aʼzolarining ismlariGuruh Marilyn Manson DiskografiyaGuruh Marilyn Manson TurnelarGuruh Marilyn Manson IzohlarGuruh Marilyn Manson ManbalarGuruh Marilyn Manson HavolalarGuruh Marilyn MansonAmerika Qoʻshma ShtatlariFloridaMarilyn MansonRok

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Gepatit CBooz Allen HamiltonRauf ParfiVenesuelaTranzistorErkin VohidovQizil kitobQonInternet tarixiInfeksion kasalliklarOvqat hazm qilish tizimiSanʼatArastuPolimerlarMehnat tarbiyasiBiomexanikaOsiyo mamlakatlari roʻyxatiKaʼbaDemokratiyaAvstriya Olimpiada oʻyinlaridaFutbolAtmosfera bosimiOʻsimliklarOzoda NursaidovaIslomMazhabOʻzbekistonda yillarAllergiyaVitaminlarMeʼdaKislorodShomahmudovlar oilasiFonetik oʻzgarishlarEkologik muvozanatTebranishlarTemuriylar imperiyasiOʻzbekiston Mustaqilligi kuniXitoyEsse (asar)Voqea surasiIqtisodiy islohotlarYengil atletikaOʻzbekiston milliy futbol terma jamoasiQogʻozAxloqUndosh tovushlarMeningitBezgakFotorezistorQrim-Kongo gemorragik isitmasiInnovatsiyaMunis XorazmiyQunut duosiDavlatlarning telefon kodlariOgahiyQargʻalarTaʼlimKislotaSarbast (sheʼriy tizim)LeksikografiyaYulduz UsmonovaJadidchilikStol tennisiIngliz tiliSarniProtsessorJarohatShavkat UmrzoqovRoʻzaOntogenezBronxitYerOvqatlanish gigiyenasiReklamaOng (psixologiya)Behzod MusayevOʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar (2022)🡆 More