Leon Goretzka

Leon Christoph Goretzka (1995-yil 6-fevralda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliga klubi Bavariya va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi .

Leon Goretzka
Leon Goretzka
2019-yil Goretzka Germaniya terma jamoasi safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Leon Christoph Goretzka
Tavallud sanasi 6-fevral 1995-yil (1995-02-06) (29 yosh)
Tavallud joyi Bochum, Germany
Boʻyi 1.89 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bayern Munich
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999-2001 Werner SV 06 Bochum
2001-2012 VfL Bochum
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012-2013 VfL Bochum 32 (4)
2013-2018 Schalke 04 116 (14)
2015 Schalke 04 II 1 (0)
2018- Bayern Munich 97 (22)
Milliy terma jamoa
2010-2011 Germaniya U16 10 (2)
2011-2012 Germaniya U17 17 (5)
2012-2014 Germaniya U19 3 (0)
2013-2015 Germaniya U21 10 (1)
2016 Germaniya olimpiya jamoasi 1 (0)
2014- Germaniya 44 (14)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-may uchun)

Klublardagi faoliyati

VfL Bochum

1999-yilda Goretzka oʻz faoliyatini SV 06 Bochum jamoasida boshlagan. U 2001-yilda VfL Bochumga oʻtishdan oldin WSVda ikki yil oʻynagan.

2012-yil 30-iyulda Goretzka 2012-yilgi 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida Fritz Valter medali bilan taqdirlandi. 2012-yil 4-avgustda u Bochum tarkibida professional faoliyatidagi debyutini oʻtkazdi.

Shalke 04

2013-yil 30-iyun kuni "Shalke-04" Goretzkaning „Bochum“dan ketganini tasdiqladi. U 2018-yilning 30-iyuniga qadar besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer narxi 3,2 million yevroni tashkil etdi.

2013-14-yilgi mavsum

Leon Goretzka 
Goretzka 2013-yilda "Shalke 04"safida

2013-14-yilgi mavsumda Goretzka barcha musobaqalarda 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urib, birinchi mavsumni sermahsul oʻtkazdi. U mavsumning ikkinchi yarmida muntazam boshlangʻich tarkib oʻyinchisiga aylandi va „Shalke“ga Bundesligada chempion „Bavariya“ va „Borussiya Dortmund“dan keyin uchinchi oʻrinni egallashida oʻz hissaini qoʻshdi. Mavsum oxirida Goretzka Germaniya terma jamoasining 2014-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun 30 nafar futbolchilardan iborat jamoasiga jalb etildi. U jahon chempionati oldidan Polshaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.

2014-15-yilgi mavsum

2014-15-yilgi mavsumda Goretzka son jarohati tufayli barcha musobaqalarda atigi 11 ta oʻyin bilan cheklandi. U 24-turida TSG 1899 „Hoffenheim“ga qarshi oʻyinda jarohatdan qaytdi. Goretzka mavsum davomida Bundesliganing atigi 10 ta uchrashuvida maydonga tushgan. „Shalke“ mavsumni omadsiz o‘tkazdi va Bundesligada oltinchi o‘rinni egalladi.

2015-16-yilgi mavsum

Leon Goretzka 
Goretzka 2015-yilda „Shalke 04“ safida

2015-16-yilgi mavsumda Goretzka barcha musobaqalarda 34 ta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urdi. U mavsum boshida toʻliq formaga qaytdi, biroq mavsum davomida bir nechta jarohat oldi.

2016-17-yilgi mavsum

2016-17-yilgi mavsumda Goretzka barcha musobaqalarda 41 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan. Bu Goretzkaning eng yaxshi mavsumi sifatida baholandi, chunki u koʻproq hujumchi sifatida oʻynaydi. 20-aprel kuni Goretzka Yevropa Ligasi doirasida „Ayaks“ga qarshi o‘yinda miyasi chayqalib, ikki jag‘i singan edi.

2017-18-yilgi mavsum

2017-18-yilgi mavsumda Goretzka barcha musobaqalarda 29 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. Goretzka „Shalke“ chempion „Bavariya“dan keyin ikkinchi oʻrinni egallashida oʻz hissasini qoʻshdi va 2014-15-yilgi mavsumdan beri ilk bor UEFA Chempionlar ligasiga yoʻllanma oldi. 2017-yil 25-noyabr kuni u Bundesligadagi 100-o‘yinida „Shalke“ning ashaddiy raqibi Dortmund Borussiyasiga qarshi o‘yinda maydonga tushdi.

Bavariya

2018-19-yilgi mavsum

Leon Goretzka 
Goretzka 2019-yil „Bavariya“ safida

2018-yilning 1-iyulida Goretzka 2022-yilning iyunigacha to‘rt yillik shartnoma imzolab, rasman „Bavariya“ga qo‘shildi. 2018-yil 12-avgust kuni DFL Superkubogi bahsida u 64-daqiqada Tomas Myuller oʻrniga maydonga tushdi. Bu Goretzkaning „Bavariya“ safidagi ilk uchrashuvi edi. Keyingi yili, 2019-yilning 19-yanvarida u Bundesligadagi ilk dublini qayd etdi.

2019-20-yilgi mavsum

2019-yil 26-noyabrda Goretzka Chempionlar ligasidagi ilk golini „Srvena Zvezda“ga mehmonda (6:0) kiritdi. U Hansi Flik qoʻl ostida "Bavariya"ning trebl gʻalabasida muhim rol oʻynadi.

2020-21-yilgi mavsum

2020-yilning 24-sentabrida Goretzka UEFA Superkubogi 2020 musobaqasida qo‘shimcha bo‘limlarda „Sevilya“ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. 2021-yilning aprel oyida u mushaklaridagi muammolar tufayli Chempionlar ligasi chorak finalida Paris Saint-Germainga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yubordi.

2021-22-yilgi mavsum

Mavsum oldidan Goretzka Xavi Martines tomonidan boʻsh qoldirilgan 8-raqamli futbolkaga ega boʻldi. 2021-yil 17-avgustda Goretzka „Bavariya“ bilan 2021-yilgi DFL Superkubogini zabt etdi. 16-sentyabr kuni „Bavariya“ Goretzka bilan yangi shartnoma imzolaganini va uni 2026-yilgacha klubda qoldirishini eʼlon qildi.

Terma jamoadagi faoliyat

2014-yilning 8-may kuni Goretzka Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov tomonidan 2014-yilgi Jahon chempionati uchun Germaniya terma jamoasining 30 kishilik dastlabki tarkibiga kiritildi. 2014-yilning 13-mayida u Polshaga qarshi o‘yinda (0:0) debyut qildi.

Olimpiya jamoasi

"Shalke"dagi jamoadoshi Maks Meyer bilan bir qatorda Goretzka 2016-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun qaydnomaga kiritildi. U Meksikaga qarshi birinchi oʻyinda Germaniya sardori boʻldi, ammo yelkasidan jarohat olib, Gelzenkirxenga qaytdi.

Shaxsiy hayot

Goretzka Shimoliy Reyn-Vestfaliyaning Bochum shahrida tugʻilgan. U Bochum shahridagi Elis-Salomon kasb-hunar maktabini tugatadi. Uning otasi Konrad Opel kompaniyasida avtomobil muhandisi va elektrotexnika muhandisi sifatida ishlaydi. Uning onasi Katarina Altenbochum Laer protestant cherkovida ishlardi va Bochumdagi koʻplab muassasalarda biznes menejeri boʻlib ishlagan.

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub safida, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum League National Cup Europe Boshqa Umumiy
Chempionat Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
VfL Bochum 2012-13 2. Bundesliga 32 4 4 0 36 4
Schalke 04 2013-14 Bundesliga 25 4 2 1 5 0 32 5
2014-15 Bundesliga 10 0 0 0 1 0 11 0
2015-16 Bundesliga 25 1 2 1 7 0 34 2
2016-17 Bundesliga 30 5 2 0 9 3 41 8
2017-18 Bundesliga 26 4 3 0 29 4
Jami 116 14 9 2 22 3 147 19
Schalke 04 II 2014-15 Regionalliga West 1 0 1 0
Bayern Munich 2018-19 Bundesliga 30 8 5 1 6 0 1 0 42 9
2019-20 Bundesliga 24 6 5 1 8 1 1 0 38 8
2020-21 Bundesliga 24 5 0 0 7 2 1 1 32 8
2021-22 Bundesliga 19 3 1 0 6 0 1 0 27 3
2022-23 Bundesliga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 97 22 11 2 27 3 4 1 139 28
Umumiy statistikasi 246 40 24 4 49 6 4 1 323 51

Terma jamoadagi faoliyat

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Germaniya 2014-yil 1 0
2016-yil 2 0
2017-yil 9 6
2018 7 0
2019 6 5
2020 4 1
2021-yil 12 2
2022 3 0
Jami 44 14

Yutuqlari

Bavariya

Germaniya U17

  • 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrin: 2012

Germaniya Olimpiya jamoasi

Germaniya

  • FIFA Konfederatsiyalar kubogi: 2017

Shaxsiy sovrinlar

  • Fritz Valterning oltin medali (U-17): 2012
  • FIFA Konfederatsiyalar kubogi kumush butsasi: 2017
  • FIFA Konfederatsiyalar kubogi bronza to‘pi: 2017
  • UEFA Chempionlar ligasining mavsum ramziy jamoa tarkibi aʼzosi: 2019-20
  • Bundesliganing mavsum oʻyinchisi: 2017-18, 2020-21
  • Bundesliganing mavsum oʻyinchisi: 2020-21
  • VDV Bundesliganing mavsum oʻyinchisi: 2020-21

Manbalar

Tags:

Leon Goretzka Klublardagi faoliyatiLeon Goretzka Terma jamoadagi faoliyatLeon Goretzka Shaxsiy hayotLeon Goretzka Faoliyat statistikasiLeon Goretzka YutuqlariLeon Goretzka ManbalarLeon GoretzkaFutbolGermaniya milliy futbol terma jamoasiYarimhimoyachi (futbol)

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Microsoft ExcelEmbriologiyaUyushiq boʻlaklarOʻzbek tilining izohli lugʻati (1981)Oʻzbek qiziQurʼonDezoksiribonuklein kislotaYupiterSpirtlarVitaminlarHamletMehnat muhofazasiMinetDunyoning ishlariGap boʻlaklariMuzeyOʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiYorugʻlik interferensiyasiVeb-saytGipertoniya kasalligiIshlab chiqarishni tashkil etishAbu Rayhon BeruniyAndijon (shahar)Koʻchirma gapShaxsRossiyaJismoniy tarbiyaOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiGuinness rekordlar kitobiUndosh tovushlarNerv sistemasiQunut duosiUchburchakToshkent tarixiQadimgi RimSirdaryo (viloyat)Asrga tatigulik kunErkak jinsiy aʼzosiUnli tovushlarGolovin–Sivtsev jadvaliMisrEmailIbroyim YusupovDiniy tashkilotAksiyaJanubiy Afrika RespublikasiKislota va asoslarChorrahaPedagogikaOʻlchash asboblariMuhammad Ali AhmedovAsosiy vositalarBotir QodirovRauf ParfiInstagramIvan PavlovJangi loyKonstantin UshinskiyTemur tuzuklariInnovatsion faoliyatAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiShialikMatnIslom mazhabchiligiPulsLugʻatFeʼlGʻafur GʻulomTerrorizmOzodbek NazarbekovSuv resurslariShokOrtopediyaDialektikaYuriy GagarinAuditYozAleksandr🡆 More