Lee Joon Gi

Lee Joon Gi (koreyscha: 이준기; 1982-yil 17-aprel, Pusan) — Janubiy Koreyalik aktyor, qoʻshiqchi va model.

U birinchi marta „Qirol va saroy masxarabozi“ („왕의 남자“) (2005) filmidagi roli uchun shuhrat qozongan.

Lee Joon Gi
Lee Joon Gi
Tavalludi 17-aprel 1982-yil
Fuqaroligi Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Kasbi Aktyor, qo`shiqchi, model
Faoliyat yillari 2001 - hozirgacha

Faoliyati

Lee Joon Gi oʻzining birinchi yirik aktyorlik rolida 2005-yilda „Qirol va saroy masxarabozi“ filmida suratga tushgan, filmda u Choson sulolasidan boʻlgan goʻzal masxaraboz Gong Gil obrazida rol ijro etgan. Ham tanqidiy, ham tijoriy muvaffaqiyatga erishgan film oʻsha paytda nomaʼlum boʻlgan aktyorni butun Osiyoda yulduzlikka olib chiqdi. U Korean Film Awards, Grand Bell Awards va Baeksang Art Awards taqdirlash marosimlarida „Eng yaxshi yangi boshlovchi“ sifatida mukofotlarni qoʻlga kiritgan.

Joon Gi Lee Da He va Lee Dong Wook bilan birga „Mening qiz doʻstim“ („내 여자“) dramasida ishtirok etgan. Romantik komediya seriali mamlakat ichida ham, butun Osiyoda ham xit boʻlib Lee Joon Koreya toʻlqinining bir qismiga aylangan.

2007-yilda Lee Joon Gi Aoi Miyadzaki bilan „Birinchi qor“ koreys-yapon filmida rol ijro etdi, filmda u koreys talaba rolini oʻynaydi. Film muvaffaqiyatli boʻlgan, Yaponiyada ishlab chiqarilgan koreys filmining chiptalar sotuvi yangi rekord oʻrnatgan. Lee 27-Gavayi xalqaro kinofestivalida „Koʻtarilayotgan yulduz“ mukofotini olgan . Oʻsha yili u 1980-yildagi Kvanju qoʻzgʻoloni bilan bogʻliq „18-may“ („화려한 휴가“) filmida ishtirok etgan. „18-may“ tijoriy jihatdan yaxshi natija ko‘rsatgan va keyinchalik 2007-yilda „Eng yaxshi badiiy film“ sifatida Oltin orxideya mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Lee Joon Gi
Lee Joon Gi 2009-yil

2009-yil 5-avgustda Lee Koreya turizm tashkilotining reklama elchisi etib tayinlandi. Xuddi shu yili u „Hero“ komediya dramasida muxbir rolida suratga tushdi.

2013-yilda u „Ikki hafta“ („2주“) filmida qotillikda ayblanib, qizini leykemiyadan qutqarishga urinayotgan ota rolini ijro etgan. U roli uchun 2-APAN Star mukofotiga sazovor boʻlgan.

Lee Joon Gi
Lee Joon Gee va IUMoon Lovers“ matbuot anjumanida

2016-yil yanvar oyida Lee „Scarlet Heart“ xitoy teleserialining koreyscha talqini bo‘lgan „Moon Lovers: Scarlet Heart Ryeo“ filmida bosh rolni ijro etgan. Byudjeti 13 million dollar boʻlgan 20-qismli drama premyerasi 2016-yil 29-avgustda boʻlib oʻtdi. Film Koreyada yaxshi qabul qilinmadi, lekin Xitoyda shuhrat qozondi. Drama Lee Joon Gining Xitoydagi mashhurligining oshishiga olib keldi. 1-noyabr kuni Lee „Mening sevgim Li Jun Gi“ (내사랑 이준기) nomli bepul muxlislar uchrashuvini o‘tkazdi, uchrashuvda muxlislar u bilan „Moon Lovers“ filmining so‘nggi qismini tomosha qilishlari mumkin boʻlgan.

2020-yilda u „Yovuzlik guli“ („악의 꽃“) triller-melodramasida rol ijro etgan.

Diskografiyasi

Yakkaxon

Yil Nomi
2006 My Jun, My Style
Nam Hyun-joon — One & Only
2009 J Style
2012 Deucer
2013 CBC / Case by Case
My Dear
2014 Exhale
2016 Thank You
2018 Delight

Video kliplarda

  • „Drunk In Melody“ Eun Ji Won (2004)
  • „Precious Story“ Kang Sung Hoon (2004)
  • „Sweety“ Clazziquai (2004)
  • „Grace“ (Grace I & II) Lee Soo Young (2006)
  • „Secret“ (Part III of the trilogy from Grace I & Grace II) Lee Soo Young (2006)
  • „Anystar“ Lee Hyori (2006)
  • „Pinky Finger“ Kim Sori (2009)
  • „J Style“ Lee Joon Gi (2009)
  • „Soliloquy“ Lee Joon Gi (2009)

Mukofotlar va nominatsiyalari

Yil Taqdirlash marosimi Kategoriya Ishi Natija Havl.
2006 27- Blue Dragon Film Awards Eng yaxshi yangi aktyor Qirol va saroy masxarabozi Nominatsiya
Mashhur yulduz Gʻolib
Ekrandagi eng yaxshi juftlik (Kam U Son bilan) Gʻolib
8- Mnet KM Music Festival Klipdagi eng yaxshi aktyor Grace (Lee Soo Yon) Gʻolib
5- Korean Film Awards Eng yaxshi yangi aktyor Qirol va saroy masxarabozi Gʻolib
43- Grand Bell Awards Eng yaxshi yangi aktyor Gʻolib
Mashhurlik mukofoti Gʻolib
Korean Wave Popularity Award Gʻolib
42- Baeksang Arts Awards Eng yaxshi yangi aktyor Gʻolib
InStyle Fashionista Award Gʻolib
11- Busan International Film Festival Koʻtarilayotgan yulduz Nominatsiya
6- Korea Youth Film Festival Eng yaxshi yangi aktyor Gʻolib
14- Chunsa Film Art Awards Eng yaxshi yangi aktyor Qirol va saroy masxarabozi Nominatsiya
29- Golden Cinema Film festival Eng yaxshi yangi aktyor Gʻolib
3- Max Movie Awards Eng yaxshi aktyor Gʻolib
2009 45-Baeksang Arts Awards Eng yaxshi aktyor (televideniye) Nominatsiya
Tourism Authority of Thailand Maxsus mashhurlik nishoni Gʻolib
Korean Martial Arts Federation Jang sanʼati aktyori Vremya psa i volka, Il Chji Me Gʻolib
2012 5- Skapa Awards Grand Prize Lee Joon-gi’s JG Style Gʻolib
31- MBC Drama Awards Koreyaning taniqli aktyori Aran i magistrat Nominatsiya
Eng yaxshi juftlik (Shin Min bilan) Gʻolib
2013 8- Seoul International Drama Awards Koreyaning taniqli aktyori Gʻolib
2-APAN Star Awards Koreyaning taniqli aktyori Dve nedeli Gʻolib
32-MBC Drama Awards Koreyaning taniqli aktyori Nominatsiya
2016 24-SBS Drama Awards Koreyaning taniqli aktyori Moon Lovers: Scarlet Heart Ryeo Nominatsiya
Hallyu yulduzi Gʻolib
Top 10 ta yulduz Gʻolib
Eng yaxshi juftlik (IU bilan) Gʻolib
2016 Taiwanʼs KKTV Awards Yilning eng yaxshi aktyori Gʻolib
2018 StarHub’s Night of Stars Awards Eng yaxshi Osiyo erkak yulduzi Outlaw lawyer Gʻolib
13-Soompi Annual Awards Yilning eng yaxshi aktyori Think like a criminal Gʻolib

Manbalar

Havolalar

Tags:

Lee Joon Gi FaoliyatiLee Joon Gi DiskografiyasiLee Joon Gi Video kliplardaLee Joon Gi Mukofotlar va nominatsiyalariLee Joon Gi ManbalarLee Joon Gi HavolalarLee Joon Gi17-aprel1982BusanKoreys tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

MeʼdaIjtimoiy falsafaMultimediaMenejmentDispers sistemalarYalpi talabLeykotsitlarXaritaLeykozNafas olish tizimiTurk xoqonligiTexnologiyaJinsiy aloqaPulTrombotsitlarKommunikatsiyaMehnatKonsepsiyaItaliyaTib qonunlariBuyraktosh kasalligiDaromadIchki sekretsiya bezlariMorfemaTibbiyot deontologiyasiAseptikaHomilaSpirtlarTinch okeaniAdsorbsiyaYouTubeInsultBuxoro viloyatiDunyoqarashDizenteriyaRezus-faktorEkologik omillarBuxoro amirligiDavlatlar roʻyxatiChala tugʻilgan bolaSterilizatsiya (mikrobiologiya)BorliqEritmalarBemorni parvarish qilishIqtisodiyot (fan)Masʼuliyati cheklangan jamiyatSayyoraHomiladorlikLeksikografiyaQurʼonAbdulla AvloniyAutizmGʻuslSoliqModdalar almashinuviEiffel minorasiBozor iqtisodiyotiga oʻtishMoʻgʻullar davlatiFizioterapiyaIslom tarixiQon bosimini tushiruvchi moddalarOksidlanish-qaytarilish reaksiyalariYorugʻlik interferensiyasiSaraton (kasallik)GerontopsixologiyaDinshunoslikOng69QuloqDaun sindromiQandli diabetSubstansiyaYurak-oʻpka reanimatsiyasiOʻsimliklarFiqhXulosa chiqarishNafas🡆 More