Joʻjixon: Chingizxonning birinchi oʻgʻli, Joʻji ulusining asoschisi

Joʻjixon, Joʻchi, Joʻji, Chjochi (taxminan 1184—1227) — moʻgʻullarning yirik sarkardasi, Chingizxonning katta oʻgʻli; uning harbiy rejalarini roʻyobga chiqargan.

Rivoyatlarga koʻra, Chingizxonning xotini Borte (Boʻrta fujin) homiladorlik paytida markit qabilasi tomonidan asirlikka olingan. Keyinchalik uni asirlikdan xalos etishgach, J. tugʻilgan. Abulgʻoziy Bahodirxonning yozishiga koʻra, "Joʻchi"ning maʼnosi "mehmon" boʻlgan ("Shajarayi turk", 47-6.). J. Xitoy (121115), Oʻrta Osiyo (121921), Dashti Qipchoqni bosib olishda faol ish-tirok etgan. J. boshchiligidagi 20 ming nafar moʻgʻul qoʻshini Irgʻiz daryosi boʻyidagi jangda Muhammad Xorazmshohning 60 minglik qoʻshini bilan jang qilgan, bu islom lashkarlarining moʻgʻullar bilan dastlabki toʻqnashuvi boʻlgan. Faqatgina Jaloliddin Manguberdinmng harbiy mahoratigina Xorazmshoh qoʻshinini magʻlubiyatdan saqlab qolgan. Chingizxon qoʻshini Oʻrta Osiyoga yurish qilganda otasi J.ni Sirdaryo boʻyidagi Jand, Oʻzgand, Sigʻnoq kabi shahar, qalʼalarni egallashga buyurgan. J. bu qalʼalarni olgach, ukalari Chigʻatoy va Oʻktoyxon bilan birgalikda Xorazm poytaxti Urganchnsh qamal qilgan, shaharni yetti oylik janglardan soʻnggina egallagan. Chingizxon moʻgʻullar zabt etgan yerlarni oʻgʻillariga taqsimlab berganida (1224) J.ga Irtishdan Uralgacha va undan Gʻarbga tomon choʻzilgan yerlar mulk qilib berilgan (qarang Joʻji ulusi). J. Sharqiy Yevropaga qilmoqchi boʻlgan harbiy yurishi boshlanmasidan oldin vafot etgan; baʼzi maʼlumotlarga koʻra, J.ni markaziy hokimiyatdan ajralib chiqmoqchi ekanlikda gumonsiragan Chingizxon maxfiy buyruq berib qatl ettirgan. J.ning qabri Jezqazgʻan sh. (Qozogʻiston)dan 45 km. shim.-sharqda, Qora-Kengir daryosining soʻl qirgʻogʻida joylashgan.

Faxriddin Hasanov.

Manbalar

Tags:

11841211121512191221122412277 (son)Abulgʻoziy BahodirxonBuyruqChigʻatoyChingizxonDashti QipchoqGʻarbHomiladorlikIrgʻiz daryosi boʻyidagi jangIrtishJaloliddin ManguberdiJandJangJezqazgʻanJoʻji ulusiKoʻhna UrganchLashkarMoʻgʻullarMuhammad XorazmshohMulkOy (vaqt birligi)Oʻrta OsiyoOʻzganPoytaxtQabilaQabrQalʼaQamalQirgʻoqQozogʻistonQoʻshinRejaRivoyatSarkardaShaharShajarayi turkSharqiy YevropaSigʻnoq (shahar)Sirdaryo (daryo)UralXitoyXorazm

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

TadbirkorlikXrom (kimyoviy element)Kvant fizikasiQutadgʻu biligAbu Ali ibn SinoTasavvufMemuarViruslarAyiqlarMerkantilizmQandli diabetMantiqSanʼatXorazm viloyatiZotiljamYerBoʻriOrttirilgan immun tanqisligi sindromiQizil kitobAQSHda taʼlimCristiano RonaldoInstagramYozBitcoinDarslikUfq (trilogiya)AqidaGenetikaAsosiy vositalarTerminKuchXiva xonligiNitrobirikmalarMuzlik davriAvstraliyaElektr tokiAdobe Spark VideoQarilikAl-XorazmiyDavlat poytaxtlari roʻyxatiRobotTarovih namoziAxborot xavfsizligiUmmon SultonligiHinduiylikNavoiy viloyatiOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiPublitsistikaFalsafiy antropologiyaIkki eshik orasiModdalar almashinuviSoʻz yasalishiMisrSintaksisDizaynInnovatsiyaAtomPolshaTushunchaHamza Hakimzoda NiyoziySinfdan tashqari ishlarKompyuter tarmogʻiArab tiliIchki sekretsiya bezlariAxborot tizimiAllergiyaJarohatMashinaSinonimlarMoliya bozoriYalpi ichki mahsulotMarketingInflatsiyaImmunitetJomiyParazitizmFarhod va ShirinEkosistema🡆 More