Hanbaliylik — sunniylikaash diniy-huquq mazhablaridan biri.
Ibn Hanbal asos solgan. H. tizimi oʻta torligi, har qanday koʻrinishdagi "yangilik"ka, diniy masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat ahkomlariga rioya etishda qatiy turishligi bilan ajralib turadi. H. taraf-dorlari Qurʼon va hadislarni erkin talqin| etish yoʻlidagi har qanday urinishlarni qoralaganlar. Shuning uchun ham (eu mazhab keng tarqalmagan. Faqat 9-asrning 2-yarmida arab xalifali-gida muʼtaziliylarning va ilohiyot -yeohasidagi hurfikrlilikning taʼqib ostiga olinishi tufayli H. taʼsiri birmuncha kengaygan va 12-asrda mustaqil mazhabga aylangan. 10-asrda Eron-da, 11-asrdan 15-asrgacha Suriya va Fala-stinda H. izdoshlari koʻp boʻlgan. Undan keyingi asrlarda H. tarafdorlari yana kamayib ketgan. Hozirda H. Sau-diya Arabistonda rasman eʼtirof etilgan, boshqa mamlakatlarda kam uchraydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Hanbaliylik, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.