Geologik kesim, geologik profil — joyning geologik tuzilishining vertikal tekislikdagi grafik tasviry.
Bunday kesim togʻ jinslarining yoʻnalishiga koʻndalang qilib, ayrim hollarda esa biror burchak ostida tuziladi. G. k. geologik haritalarni toʻldiradi va uni aniqlashtiradi. Yer yuzasida olib borilgan geologik kuzatishlar, burgʻilashdan olingan maʼlumotlar va turli geofizik usullarning natijalaridan G. k. tuzishda foydalaniladi. G. k.da togʻ jinslarining oʻzaro munosabati, yoshi, qatlamlarning qalinligi, fatsiyalarning bir-biriga oʻtishi tasvirlanadi. G. k.ga joyning relyefi va geologik tuzilishini koʻrsatuvchi geologik harita, topografik profil va marksheyderlik planlari asos qilib olinadi. Muxandislik G. k. antropogen jinslarning qalin gʻilofi bilan qoplangan rayonlar uchun juda muhim. G. k. turli masshtabda: 1:1000000 (regional kesim)dan 1:1000— 1:50 (mufassal kesim)gacha boʻladi. G. k.ning vertikal va gorizontal masshtabi bir xil boʻladi. Muhandislik geol. sila, temir yoʻl va suv omborlari kurishda ishlatiladigan G. k.ning vertikal masshtabi gorizontal masshtabga nisbatan 10 va hatto 100 baravar katta boʻlishi mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Geologik kesim, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.