Edgar Davids

Edgar Steven Davids (1973-yil 13-martda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi va hozir kunda murabbiy.

Edgar Davids
Edgar Davids
Davids 2007-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Edgar Steven Davids
Tavallud sanasi 13-mart 1973-yil (1973-03-13) (51 yosh)
Tavallud joyi Paramaribo, Suriname
Boʻyi 1.69 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Netherlands (murabbiy yordamchisi)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1985-1991 Ajax
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991-1996 Ajax 106 (20)
1996-1998 Milan 19 (0)
1998-2004 Juventus 159 (8)
2004 → Barcelona (ijara) 18 (1)
2004-2005 Internazionale 14 (0)
2005-2007 Tottenham Hotspur 40 (1)
2007-2009 Ajax 25 (1)
2010 Crystal Palace 6 (0)
2012-2014 Barnet 36 (1)
Milliy terma jamoa
1992-1994 Netherlands U-21 8 (1)
1994-2005 Netherlands 74 (6)
Boshqargan klublari
2012-2014 Barnet
2020-2021 Telstar (yordamchi)
2021 Olhanense
2022- Netherlands (yordamchi)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyatini „Ajax“da boshlagan, bir qancha mahalliy va xalqaro chempionliklarni qo‘lga kiritganidan so‘ng, u Italiyaning „Milan“ safiga qoʻshiladi va keyinchalik "Yuventus" bilan muvaffaqiyatlarga erishadi. 2004-yilda "Barcelona" ga ijaraga beriladi. U „Ajax“ga qaytishdan oldin „Inter“ va „Tottenham“ da ham oʻynadi. Ikki yil davomida jarohatlar bilan kurashgan Davids 37 yoshida oʻz faoliyatini tugatishdan oldin „Crystal Palace“ bilan qisqa muddatga shartnoma imzolaydi. 2012-yilda u Angliya ligasining ikkinchi ligasi klubi Barnetga oʻynovchi-murabbiy etib tayinlanadi. U 2014-yil yanvar oyida oʻzaro kelishuvga koʻra murabbiy lavozimini tark etdi. U xalqaro miqyosda Gollandiya terma jamoasi safida 74 marta maydonga tushib, oltita gol urdi va oʻz mamlakati sharafini FIFA Jahon chempionati (bir marta) va UEFA Yevropa chempionatida (uch marta) himoya qilishga sazovar boʻldi.

Yoshlik

Davids Surinamda tugʻilgan. Onasi tomonidan kelib chiqishi qisman yahudiy. Davids goʻdakligida oila Gollandiyaga koʻchib oʻtdi. Uning amakivachchasi Lorenso ham futbolchi edi.

Edgar Davids 
2003-yil 28-mayda UEFA Chempionlar ligasi finalida "Yuventus" aʼzosi Davids va milanlik Jennaro Gattuzo oʻzaro to‘qnash keldi

Oʻyin uslubi

U tez, mehnatsevar, qatʼiyatli jamoa oʻyinchisi, kuch va tezlik, shuningdek, kichik boʻyiga qaramay, ajoyib jismoniy kuch va chidamlilik xususiyatiga ega kamyob futbolchi. Davids oʻzining dinamik va jangovar oʻyin uslubi bilan raqiblariga ancha qiyinchilik tugʻdirgan. Unga yoshligida „The Mayor of the Street“ (koʻcha hokimi) laqabini berilgan.

OAV

Davids Amerikaning Nike sport kiyimlari kompaniyasining reklama roliklarida suratga tushgan. 1996-yilda u Rim amfiteatrida oʻrnatilgan gladiatorlar oʻyinida „Yaxshi va yomon“ deb nomlangan Nike reklama roligida rol oʻynadi. Reklama rolikda Ronaldo, Paolo Maldini, Eric Cantona, Patrick Kluivert va Jorge Campos kabi dunyoning turli burchaklaridan kelgan futbolchilar bilan birga paydo boʻlib, ular iblis jangchilar jamoasiga qarshi „chiroyli oʻyin“ koʻrsatishadi va Cantonaning toʻpga zarba berishi va yovuzlikni yoʻq qilishi bilan yakunlanadi.

Murabbiylik faoliyati

Ajax

2011-yil iyun oyida Davids Johan Cruyff bilan birga „Ajax“ning yangi kuzatuv kengashiga saylandi.

Barnet

2010-yildan beri Davids sherigi bilan Shimoliy Londonda yashagan va koʻcha futbolida ishtirok etgan, shuningdek, Sundaya ligasi havaskorlar jamoasi Brixton United jamoasini boshqargan. 2012-yil 11-oktabrda Davids Mark Robson bilan birga oʻyinchi-menejer rolida Barnetning Ikkinchi liga jamoasiga qoʻshildi.

Telstar

2020-yilda Davids Gollandiyaning Eerste Divizion klubi Telstarga yordamchi murabbiy etib tayinlandi.

Olhanense

2021-yilning 4-yanvarida Davids Portugaliya jamoasi S.C.Olxanense bosh murabbiyi etib tayinlandi. U 2021-yil 19-iyulda ishdan boʻshatilgan.

Shaxsiy hayot

Davids dizayner Olcay Gulsen bilan unashtirilgan edi. 1999-yilda Davids Monta Street deb nomlangan oʻzining Street Soccer brendini yaratdi.

Faoliyatidagi statistikasi

Klub

Klub safida mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Kontinental Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Ajax 1991-92 Eredivisie 13 2 - - 3 0 - 16 2
1992-93 Eredivisie 28 4 5 5 - 8 3 - 41 12
1993-94 Eredivisie 15 2 1 0 - 5 2 - 21 4
1994-95 Eredivisie 22 5 2 0 - 7 0 - 31 5
1995-96 Eredivisie 28 7 6 0 - 11 1 - 45 8
Umumiy 106 20 14 5 0 0 34 6 0 0 154 31
Milan 1996-97 Serie A 15 0 - - 4 1 - 19 1
1997-98 Serie A 4 0 6 1 - - - 10 1
Umumiy 19 0 6 1 0 0 4 1 0 0 29 2
Juventus 1997-98 Serie A 20 1 9 1 - 5 0 - 34 2
1998-99 Serie A 27 2 6 1 - 9 0 - 42 3
1999-2000 Serie A 27 1 11 2 - 4 0 - 42 3
2000-01 Serie A 26 1 4 0 - 5 0 - 35 1
2001-02 Serie A 28 2 2 0 - 9 0 - 39 2
2002-03 Serie A 26 1 - - 15 1 - 41 2
2003-04 Serie A 5 0 - - 5 0 - 10 0
Umumiy 159 8 32 4 0 0 52 1 0 0 243 13
Barcelona 2003-04 La Liga 18 1 - - - - 18 1
Inter Milan 2004-05 Serie A 14 0 4 0 - 5 0 - 23 0
Tottenham Hotspur 2005-06 Premier League 31 1 - - - - 31 1
2006-07 Premier League 9 0 - 3 0 1 0 - 13 0
Umumiy 40 1 0 0 3 0 1 0 0 0 44 1
Ajax 2006-07 Eredivisie 11 1 3 0 - - 3 0 17 1
2007-08 Eredivisie 14 0 - - - 3 0 17 0
Umumiy 25 1 3 0 0 0 0 0 6 0 34 1
Crystal Palace 2010-11 Championship 6 0 - 1 0 - - 7 0
Barnet 2012-13 League Two 28 1 1 0 0 0 - - 29 1
2013-14 Conference Premier 8 0 1 0 0 0 - - 9 0
Umumiy 36 1 2 0 0 0 0 0 0 0 38 1
Umumiy 423 32 61 10 4 0 96 8 6 0 590 50

Xalqaro

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Gollandiya 1994 1 0
1995 4 0
1996 4 0
1997 0 0
1998 11 1
1999 6 3
2000 12 0
2001 6 0
2002 6 2
2003 9 0
2004 14 0
2005 1 0
Umumiy 74 6
    Hisob va natija birinchi boʻlib Gollandiya gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisob ustuni Davidsning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi.
Edgar Davids tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
No. Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 1998-yil 29-iyun Stadium Municipal, Toulouse, Fransiya Edgar Davids  FR Yugoslavia 2-1 2-1 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati
2 1999-yil 31-mart Amsterdam Arena, Amsterdam, Gollandiya Edgar Davids  Argentina 1-0 1-1 Oʻrtoqlik oʻyini
3 1999-yil 4-sentyabr De Kuip, Rotterdam, Gollandiya Edgar Davids  Belgiya 1-2 5-5 Oʻrtoqlik oʻyini
4 2-2
5 2002-yil 21-avgust Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya Edgar Davids  Norvegiya 1-0 1-0 Oʻrtoqlik oʻyini
6 2002-yil 7-sentyabr Philips Stadion, Eindhoven, Gollandiya Edgar Davids  Belarus 1-0 3-0 UEFA Yevro-2004 saralashi

Yutuqlari

Ajax

  • Eredivisie: 1993-94, 1994-95, 1995-96
  • KNVB Cup: 1992-93, 2006-07
  • Johan Cruyff Shield: 1995
  • UEFA Chempionlar ligasi: 1994-95
  • UEFA kubogi: 1991-92
  • UEFA Super kubogi: 1995
  • Qitʼalararo kubok: 1995

Juventus

  • Serie A: 1997-98, 2001-02, 2002-03
  • Supercoppa Italiana: 2002, 2003

Inter Milan

  • Coppa Italia: 2004-05

Gollandiya

  • FIFA Jahon chempionati 4-oʻrin: 1998

Shaxsiy

  • UEFA turnirning Yevropa chempionati ramziy jamoasi aʼzosi: 2000
  • FIFA Jahon chempionati All-Star jamoasi aʼzosi: 1998
  • FIFA 100

Manba

Havolalar

Tags:

Edgar Davids YoshlikEdgar Davids Oʻyin uslubiEdgar Davids Murabbiylik faoliyatiEdgar Davids Shaxsiy hayotEdgar Davids Faoliyatidagi statistikasiEdgar Davids YutuqlariEdgar Davids ManbaEdgar Davids HavolalarEdgar DavidsFutbol

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Arablarning O‘rta Osiyo istilosiKarbon kislotalarGandbolKoreya RespublikasiAl-XorazmiyLipidlarInvestitsiyaQozogʻistonFan-texnika taraqqiyotiOntogenezSergey YeseninNafas olish tizimiInsultQon ivishiTurkiston general-gubernatorligiPoʻlatjon NosirovOʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiGeografiyaSonlar roʻyxatiMineralAseptikaAntiseptikaMaktabRim imperiyasiRuxFacebookOltinIjtimoiy psixologiyaAnton ChexovKonstantin UshinskiyFundamentalizmFalsafiy antropologiyaTabiatShokVikipediyaEkzemaSuyakMikroorganizmlarAnemiyaAromatik uglevodorodBaqara surasiSilPopulyatsiyaIssiqlik almashinishJigar sirroziTremorSuvQuloq kasalliklariGipertoniya kasalligiEritrotsitlarIshsizlikDeputatGlobal muammolarKasb kasalliklariHarakatObligatsiyaTilshunoslikMutatsiyaQishloq xoʻjaligiMazhabQushlarModdalar almashinuviLudwig van BeethovenNavroʻzNitrat kislotasiFalsafaInformatikaJarohat4-mayAbulfayzxonAriza (huquq)MaʼnaviyatUyushiq boʻlaklarBuxoro xonligiYorugʻlik interferensiyasiDavlatQadriyatAlzheimer kasalligiGazlar🡆 More