Do You Love Me: The Contours guruhi qoʻshigʻi

„Do You Love Me“ (tarjimasi „Meni sevasanmi?“) — AQShda tuzilgan „The Contours“ guruhi ijro etgan qoʻshiq.

1962-yil yozib olingan va oʻsha yili eʼlon qilingan „Do You Love Me (Now That I Can Dance)“ nomli albomga kiritilgan. Qoʻshiqni „Motown Records“ leybli egasi Berry Gordy Jr. yozgan. „Do You Love Me“ qoʻshigʻi „Billboard Hot 100“ xit-paradiga ikki marta kirgan: 1962-yilda 3-pogʻonagacha, 1988-yilda esa 11-pogʻonagacha koʻtarilgan.

„Do You Love Me“
The Contours qoʻshigʻi
„Do You Love Me (Now That I Can Dance)“ albomidan
B tomon „Move, Mr. Man“
Chiqarilgan sanasi 29-uyun 1962-yil
Yozib olingan 1962
Studiya Hitsville USA (Studio A), Detroit, Michigan
Janr R&B
Davomiyligi 2:54
Leybl Gordy
Matn muallif(lar)i Berry Gordy Jr.
Prodyuser(lar) Berry Gordy Jr.
The Contours singllari xronologiyasi
„The Stretch“
(1961)
Do You Love Me
(1962)
„Shake Sherry“
(1962)
Klipi
„Do You Love Me“ YouTubeda

Gordy dastlab „Do You Love Me“ qoʻshigʻini „The Temptations“ guruhi uchun moʻljallab yozgan, chunki ularning birorta qoʻshigʻi xit-paradda eng yuqori 40 pogʻonasiga chiqa olmagan boʻlgan. Keyinchalik esa qoʻshiqni „The Contours“ guruhiga berishga qaror qilgan. Guruhning ikki oldingi singli („Whole Lottaʼ Woman“ hamda „The Stretch“) xit-paradlarga kira olmagani uchun leybldan chetlatilish xavfi ostida boʻlgan.

Qoʻshiq ritm-end-blyuz janrida boʻlib, uni yozib olishda „The Funk Brothers“ guruhi aʼzolari qatnashgan. Xususan, Joe Hunter pianino chalgan, James Jamerson bas chalgan, Benny Benjamin esa baraban chalgan.

„Do You Love Me“ qoʻshigʻi 1987-yil „Dirty Dancing“ filmida yangragan. Qoʻshiq film ortidan e'lon qilingan „More Dirty Dancing“ nomli ikkinchi saundtrek albomga kiritilishi ortidan yana xitga aylangan va 1988-yilning avgustida „Billboard Hot 100“ xit-paradida 11-pogʻonagacha koʻtarilgan.

„Do You Love Me“ qoʻshigʻini bir necha guruh kaver qilgan. „The Tremeloes“ guruhi 1963-yilda ijro etgan versiya Buyuk Britaniya singllar xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan. Yana bir ingliz guruh — „The Dave Clark Five“ ijro etgan kaver esa 1964-yil „Billboard Hot 100“ xit-paradida 11-pogʻonagacha koʻtarilgan.

Manbalar

Havolalar

Tags:

Billboard Hot 100

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Ot (hayvon)UglevodlarVoleybolKreditMorfemaQadimgi YunonistonMicrosoft WordGʻoʻzaOmonimlarSaida ZunnunovaPsixologiyaFan-texnika taraqqiyotiTransportChorvachilikTranzistorFonetikaBank va bank tizimining tarixi va rivojlanishiRevmatizmSaturnOʻzbek qiziJarohatOybekLolaMonosaxaridlarIchki sekretsiyaItaliyaMuqimiyIshlab chiqarish samaradorligiShaxsiy gigiyenaTremorBuxoro arkiBronxitKasrMineral oʻgʻitlarTeriOlmoshAholi daromadlariAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiTeri kasalliklariDasturlashOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiKesimRossiyadagi ta'limNutqHTMLLoyihaHavoning ifloslanishiSiyosiy partiyalarGipofizAxborot xavfsizligiYosin surasiHamza Hakimzoda NiyoziyAlbert EinsteinGermaniyaRim imperiyasiGʻaznaviylar davlatiRivojlanishGimnastikaMiokard infarktiTexnologiyaGenetikaEkologik omillarOilaSamarqand viloyatiAnemiyaPolimerlarForobiyYandexJinsiy aʼzolarNatural sonAxborot texnologiyalariKalsiyTilshunoslikQalqonsimon bezErtakSohibqiron (sheʼriy drama)Bozor iqtisodiyotiga oʻtishYuklamaTermodinamika🡆 More