Diammofos

Diammofos, diammoniy fosfat (NH4)2HPO4 — konsentrlangan azotfosforli oʻgʻit.

Tarkibida 21% azot, 53% gacha fosfor bor. Suvda yaxshi erishi va oʻsimliklar yaxshi oʻzlashtirishi bilan ajralib turadi. D. apatit konsentratidan olingan ekstraksion fosfat kislotani neytrallab tayyorlanadi. Namlanmaydi, sochiluvchan. Tabiatan fiziologik nordan oʻgʻit. Uni hamma tuproklarda (ayniqsa sur tuproqlarda) asosiy oʻgʻit sifatida hamda oʻsimliklarni oʻsuv davrida oziqlantirishda qoʻllaniladi. Koʻpgina murakkab oʻgʻitlar tarkibiga kiradi. Gʻoʻza va b. ekinlarga samaradorligi jihatidan oddiy superfosfatdan ustun, ammofos va ammoniylashgan superfosfatga teng keladi. Oʻzbekistondagi kimyo sanoati korxonalarida ishlab chiqariladi.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

MetaverseSinonimlarQuyosh tizimiOʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligiUy hayvonlariQidiruv tizimiAndijon viloyatiQonAngliyaAdabiyotDezinfeksiyaRegiston maydoniMaqolaTelevizorAbdulla AvloniyYosin surasiKategoriyalarTelegramTaqvimMetodInson huquqlariYan Amos KomenskiyIspaniyaMuharrirSamarqand viloyatiOʻqituvchiQon kasalliklariTemirOltinSanoatArslonJarrohlikKitsimonlarTuron (teatr)ElektrokardiogrammaFransiyada ta'limBostonQadimgi turkiy tillarKimyoviy elementlar davriy sistemasiMisrDramaTafakkurShaxsQalqonsimon bezOʻpka emfizemasiTarovih namoziAxborot tizimiYaponiyada taʼlimKreditOsiyoIlonlarBoburnomaMantiqRahmat FayziyXulosa chiqarishSoʻmMarkaziy nerv sistemasiPedagogikaOʻzbekiston yoʻl belgilariOkeanYahudiylikXotiraOrqa miyaUrgʻuQitʼaNitrobirikmalarFuqarolik jamiyatiTrombotsitlarBrauzerOgʻriq qoldiruvchi dorilarQobusnomaKlinik qon tahliliTabiat resurslariMotivatsiyaRim raqamlariMetodistlarKonsepsiyaQoʻshilgan qiymat soligʻi🡆 More